Alijonova Dilobarxonning Mustaqil ishi



Download 361,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana09.07.2021
Hajmi361,34 Kb.
#113530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Alijonova Dilobarxon

Assotsiativ tajriba – K.G. YUng, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir 

vaqtda  taklif  etilgan  va  shaxs  motivatsiyasini  tadqiq  etishga  mo‘ljallangan 

loyihalash  metodi.  Bu  metodda  sinaluvchiga  rag‘bat  so‘zlar  to‘plamiga  javoban 

miyaga kelgan so‘zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan 

tasavvurlar rag‘bat-so‘z va sinaluvchining javobi o‘rtasidagi bir xil tasavvurlarning 

turi, qaytarilishi, vaqtiga ko‘ra qayd etiladi.

2

[3] 


S.L.  Rubinshteyn  tajribaning  to‘rt  xil  o‘ziga  xos  xususiyatiga  ta’rif  bergan 

edi.  Birinchidan,  tajribada  kuzatuvchi  vaziyatga  faol  aralasha  olmaydigan 

kuzatishdan  farqli  ravishda  tadqiqotchining  o‘zi  o‘rganayotgan  hodisani  yuzaga 

keltiradi.  Ikkinchidan,  tadqiqotchi  o‘rganilayotgan  jarayonning  kechishi  va 

ifodalanishi  sharoitlarini  o‘zgartirishi  mumkin.  Uchinchidan,  tajribada 

o‘rganilayotgan  jarayonni  aniqlash  uchun  qonuniyatli  aloqalarni  o‘rnatish 

maqsadida, alohida sharoitlarni o‘zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, 

nihoyat,  to‘rtinchidan,  tadqiqotchi  olingan  ma’lumotlarning  matematik  qayta 

ishlanishini qo‘llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o‘zgartirishi 

mumkin. 


Tajriba  metodining  muhim  afzalligi  shundan  iboratki,  bunda  tadqiqotchi 

sustkashlikka  yo‘l  qo‘ymay,  uni  qiziqtiruvchi  psixik  hodisaning  yuzaga  kelishini 

kutib o‘tirmasligi lozim. Tajribada tadqiqotchi sharoitlarni o‘zi yaratganligi uchun 

bu  sharoitlarni,  hamda,  ularning  sinaluvchiga  ko‘rsatadigan  ta’sirini  ham 

to‘laligicha  hisobga  olish  imkoniyati  tug‘iladi.  SHaroitlarning  tadqiqotchi 

tomonidan  yaratilishi  ularni  bir  necha  marta  takrorlash  imkonini  beradi.  Bunday 

takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning ob’ektiv tasdiqlanishi bo‘lib xizmat 

qilsa,  ikkinchi  tomondan,  ma’lumotlar  to‘planishi  va  ularni  miqdoriy  baholash 

imkoniyatlarini ochib beradi. 

SHu  bilan  birga,  tajriba  metodining  salbiy  tomoni  uni  qo‘llashdagi  maxsus 

yaratilgan  sharoitlar  o‘rganilayotgan  psixik  holatning  tabiiy    kechishini  izdan 

chiqarishi  mumkinligidan      iborat  (tajriba  sharoitlari  hayajon,  qo‘rquv,  o‘zining 

ijobiy  tomonlarini  ko‘rsatishga  intilishni  keltirib  chiqarishi  mumkin),  bu  esa  o‘z 

navbatida olingan ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishiga olib keladi. 

Keyingi  yillarda  psixologik  tashhislash  metodlari,  test  sinovlari  keng 

ko‘lamda olib borilmoqda.[2] 

Psixologiyaning  ob’ektiv  metodlariga,  shuningdek,  psixologik  tashhislash, 

aniq  shaxs,  odamlar  guruhi,  u  yoki  bu  psixik  vazifaning  holatlari,  xususiyatlarini 

baholash yoki aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan test sinovlari ham kiradi. 

Test  deb,  bir  xil  shaklda  tuzilgan,  qisqa,  vaqt  bo‘yicha  chegaralangan, 

miqdoriy  kattalik  bilan  ifodalangan  individual  tafovutlarni  o‘rnatish  uchun 

mo‘ljallangan  psixologik  tashhislash  sinoviga  aytiladi.  Testlar  yordamida 

odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va 

hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi 

qat’iy  qoida  bo‘yicha  sinaluvchilar  bajarishi  zarur  bo‘lgan  vazifalar  to‘rlamidan 

                                                           

 

 




iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. 

To‘g‘ri  bajarilgan  vazifalar  uchun  ballar  belgilab  qo‘yilgan.  Testning  rag‘bat 

materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. 

Testlarga  berilgan  javoblarni  ishlab  chiqishning  ma’nosi  shundan  iboratki, 

olingan  ma’lumotlar  kalit  yordamida  baholashning  ma’lum  ko‘rsatkichlari, 

masalan,  shaxsning  xususiyatlari  bilan  solishtiriladi.  Aniqlashning  so‘nggi  

natijalari  test  ko‘rsatkichlarida  o‘z  ifodasini  topadi.  Ularning  tashhislashdagi 

ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan 

ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. 

Testlar  bir  necha  mezonlarga  ko‘ra  tasniflanadi.  Maqsadga  ko‘ra,  tanlash, 

ajratish,  tasniflash  teslariga  bo‘linadi.  Mazmuniga  ko‘ra,:  a)  umumiy  qobiliyatlar 

uchun    (intellektual  va  kreativ);  b)  maxsus  qobiliyatlar:  shaxs  testlari,  yutuqlarga 

erishish  testlari,  mezonli-yo‘naltirilgan  testlarga  ajratiladi.  SHakliga  ko‘ra  testlar 

individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi: 

- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra); 

- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga 

ko‘ra; 

- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida); 

- kompyuter testlari. 

Texnika  usullari  nuqtai  nazaridan  testlar  to‘rt  turga  bo‘linadi:  1)  ob’ektiv

ko‘pchilik  hollarda  asbobli,  psixofiziologik  sinovlar,  masalan,  emotsional  holatni 

belgilab  beruvchi  teri-galvanik  refleksini  o‘lchash;  2)  so‘rov  metodikalari  yoki 

sub’ektiv  testlar,  masalan,  G.  Ayzenk  va  R.  Kettelning  umumshaxsiy  testlari;  3) 

«qalam  va  qog‘ozli»  testlar,  masalan,  diqqatni  tashhislash  uchun  –  matndagi 

ma’lum  harflarni  o‘chirish  yoki  labirintdan  eng  yaqin  chiqish  yo‘lini  chizish  va 

boshqalar;      4)  sinaluvchilar  hulq-atvori  ifodalanishini  baholashga  asoslangan 

testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB). 

Psixologiyada  testlar  bilish  jarayonlari,  hissiy-irodaviy  soha,  shaxsning 

psixologik  xossalari,  shaxslararo  munosabatlarni  tadqiq  etish  uchun  qo‘llaniladi. 

Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa 

xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. 


Download 361,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish