Alifbe bayrami
Musiqa sadosi ostida o‘quvchilar sahnaga kirib keladi.
1-Madhiya aytiladi
Ustoz: Bolalikni sharofi
Do’stlik yulduzi bilan
A’lo o‘qiyniz degan
Muqaddas so’zi bilan
Baxtiyor bolalikdan qizg’in salom
Ey aziz ustozlarim
O‘quvchilar: Sizga salom assalom.
Go’zal Chirchiq shahridan
Birinchi “G”- sinf nomidan
Yo’llaydigan qizg’in salom
O‘quvchilar: Mehmonjonlar assalom.
Salom aziz bolalar
Ochilgan gul lolalar
Sizlar mening do’stimsiz,
Sho’x quvnoq shalolalar
Savodxonlik muborak,
Bayram shodlik muborak.
Hamma: Raxmat senga Alifbe.
O‘quvchi: Chindan qadrdon bo‘lding
Sen Alifbe kitobim,
Ko’zga go‘yo nur berding
Charaqlagan oftobim.
O‘quvchi: O‘qituvchim erkalab, barch harfni tanitdi.
Bilimimga sen sabab, o‘qiy olaman endi.
Alifbe: Bolajonlar shu qisqa davrda nimalarni o‘rgandingiz?
Hamma: Chiziqchlar chizishni, o‘qishni va yozishni.
O‘quvchi: Alifbeni endi men hech qiynalmay o‘qiyman,
Harflarni so‘zlardan ma’noli so’z to’qiyman.
O‘quvchi: Dangasalik qilmayman,
Ertalab yuz yuvaman
Maktabga shoshilaman,
Endi koptok tepishib,
Ko’chalarga yurmayman
Kitobimni varaqlab,
Har xil she’rlar o‘qiyman.
Alifbe: Balli ey dili oqlar
Fan bilimiga chanqoqlar
Minnatdorman sizlardan
Baxtli o‘g’il-qizlardan.
Yana savolga qalaysiz?
Qay tovushlar bilasiz?
Hamma: Tovushlar unli undosh, biri ko’z-u, biri qosh.Unlilari 6 harf, undoshlari qolganlari.
Alifbe: Zehringizga ofarin. Yana nimalarni o‘rgandingiz?
Hamma: O‘rgandik qadringizni va barcha harfingizni.
Alifbe: Yasha zehnli bola. Nima o‘rganding yana?
O‘quvchi: O‘zbekistonni bepoyon kengligini, xalqlar tinchligi-yu, do’stligini.
“Vatan” she’ri
Raqs.
1-boshlovchi: Har biri jimjimador.
Qani safga tursinlar.
O‘z sirin aylab bayon
Harflar tilga kirsinlar!
“A” harfi
Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!
“B” harfi
Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!
“D” harfi
Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!
“E” harfi
Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.
“F” harfi
Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.
“G” harfi
Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!
“H” harfi
Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt
“I” harfi
Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.
“J” harfi
Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.
“K” harfi
Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.
“L» harfi
Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.
“M” harfi
Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.
“N” harfi
Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.
“O” harfi
Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.
“Y” harfi
Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.
“P” harfi
Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!
“Q” harfi
Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.
“R” harfi
Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston
“S” harfi
Salom sevimligim, serquyosh diyor
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor
“T” harfi
To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.
“U” harfi
Unutmang, ustozim har bir so’zingiz
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.
“V” harfi
Vatanim, volidam vatanda jonim
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.
“X” harfi
Xalqimning ovozi baland har onda
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.
“Z” harfi
Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.
“O' " harfi
O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.
“G’ "harfi
Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.
“Ch” harfi
Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim!
Duru-gavhar har bir so’zingiz.
“Sh” harfi
Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.
“Ng” harfi
Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.
“ ’ “ tutuq belgisi
Kimning kelsa belgisi,
Menman tutuq belgisi.
Alifbe: Rahmat sizga ofarin,
Meni doim toza tutgin
Shirin-shakar bolalar
Aqli raso donolar
Xayrlashar siz bilan,
“O‘qish ” kitobi keldi.
Toza tuting xuddi menday,
Bilim bo‘lsin mustahkam.
Hamma: Raxmat senga Alifbe.
Alifbe: Xayr endi bolajonlar
Meni unutmangizlar.
Hamma: Xayr endi Alifbe, unitmaymiz hech qachon
Boshlovchi: Kutib oling davramizga kirib keldi “ O‘qish ” kitobi
O‘qish: Assalomu alaykum hurmatli bolalar. Men sizlarning do‘ stingiz o‘qish kitobi bo’laman. Sizlarga qiziq hikoyalar, ertak, she’rlar o‘rgataman. Do‘stlarim meni toza tutinglar.
Dog’ tushirma yuzimga,
Sen dog’lardan saqlagin.
Esda tut, men sening
Juda yaxshi do‘stingman.
Do'stlaringiz bilan baham: |