ALGORITMLASH VA DASTURLASH TILLARI FANINI O’QITISHDA
INTERAKTIV TESTLARDAN FOYDALANISH
Tangirov X.E. - o’qituvchi, Dustqulov J.M., Abduhakimov R.F. - talabalar
Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax
Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat'iy nazar, o’z vazifasini
zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va
ularni ishlatish uslubiyatini bilish va ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi zarur. Shu
sababli, bugungi kunda mustaqil Rеspublikamizda ta’lim sohasida amalga
oshirilayotgan tub islohotlar, jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da
“Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat еhtiyojlaridan, fan, madaniyat, tеxnika va
tеxnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kеlib chiqqan holda qayta qurish
nazarda tutiladi”, dеb ta’kidlangan.
Kompyuter texnologiyalari imkoniyatlarining asosiy negizi foydali dasturlar
yaratish va ulardan to’g’ri va unumli foydalanishdir. Bunday dasturlarni yaratish
texnologiyasini o’rganish umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim
tizimlarida ham joriy etilgan. Hozirda dunyo bo’yicha keng tarqalgan, hisoblash,
muhandis-tеxnik, iqtisodiy, turli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni
yеchish uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari sifatida Basic, Pascal, Delphi, C,
C++, C#, Java, PHP kabilarni misol keltirishimiz mumkin.
Biz bilamizki, bunday barcha dasturlash tillarining asosini algoritm tashkil
etadi. Biror bir dastur yaratish uchun dastavval uning algoritmini tuzish va shundan
so’ng ixtiyoriy dasturlash tili orqali kompyuterdan natija olishimiz mumkin.
Dasturlash biror bir algoritmning kompyuter tushunadigan tilda ifodalanishi, ya’ni
algoritmning kompyuterga tushuntirish usulidir.
Algoritmlash jarayoni murakkab jarayon hisoblanib, o’quvchidan, albatta
kuchli bilim va ko’plab mashq qilishni talab etadi. Kompyuter dasturlarini
algoritmlashni o’rganish uchun avval sodda va tushunarli jarayonlardan boshlash,
sekin asta qiyinlik darajasini oshirib borish lozim. Respublikamizning ko’plab
ta’lim muassasalarida biror fandan test o’tkazish uchun maxsus Easy Quizzy
dasturidan keng foydalaniladi. Ammo, biz bu dasturdan nafaqat o’quvchilar
bilimini nazorat qilish va baholashda, balki ular bilimlarni mustahkamlashda ham
foydalanishimiz mumkin. Ushbu dasturni “Algoritmlash va dasturlash tillari”
fanida qanday qo’llash mumkin?
Easy Quizzy dasturida test o’tkazishning qarama-qarshi tanlovli, bir tanlovli,
ko’p tanlovli, to’g’ri ketma-ketlikni o’rnatish (ya’ni o’sish yoki kamayish tartibida
javoblarni joylashtirish), to’g’ri moslikni o’rnatish, erkin javob yozish kabi turlari
mavjud. Masalan, to’g’ri ketma-ketlikni o’rnatish turida savol o’rnida biror masala
algoritmi ta’rifi keltiriladi va javob variantlariga algoritm bosqichlari ketma-ket
kiritiladi. Test ishga tushirilganda quyidagi ko’rinishda beriladi:
Xuddi shunday usulda testning boshqa turlaridan ham foydalanishimiz
mumkin. Shunindek, biror bir dasturlash tilini o’rganishda blok-sxema o’rnida
dastur kodini ham berish mumkin. Bunday mashqlar tez, oson, qiziqarli bo’ladi va
qisqa vaqtda ko’plab, turli xil algoritmlar, dasturlar bilan tanishish imkonini
beradi. Test yakunida natijalarni ko’rish, xatolarni tahlil qilish mumkin.
Bunday ko’rinishdagi mashqlarni bajarish o’quvchilarda bilim va ko’nikmalar
hosil qiladi. O’qituvchini esa fanni qiziqarli o’tishida o’z ustida ishlashga undaydi.
Ilova: e-mail: xurram_t@mail.ru,
tel: +99893-650-25-80