Takomillashtirilgan Kamaytiruvchi
Eslatib o‘tishimiz kerakki, Kamaytiruvchining ikkitagina ko‘rsat-
masi bor:
1 ni ayir
2 ga bo‘l
O ‘tgan bobda Kamaytiruvchi uchun samarador algoritm tuzish
uchun ekrandagi har bir sonni tekshirgan edik — son juftmi yoki
toqmi. Tekshirish natijasiga ko‘ra tegishli ko‘rsatmani qo‘llaganmiz
— juft sonni 2 ga bo ‘lganmiz, toq sondan 1 ni ayirganmiz. Bu
tekshirishlarni barchasini o ‘zimiz bajarganmiz, lekin bu ishni
algoritmga topshirishni xohlar edik.
Juft degan shart kiritamiz. Bu shartni tekshirish — «Ekrandagi
son juft, to ‘g‘rimi» degan savol berish bilan bir xil. Bu savolga
javoblar soni ikkita: ROST va YOLG‘ON. ROST javobi shart
bajarilganini, ya’ni ekrandagi son juftligini bildiradi. YOLG‘ON
ekrandagi son toqligini bildiradi.
80
Q o‘llanmada shartli tuzilmaning 3 ta shaklini qo‘llaymiz.
Birinchisi va ulardan eng soddasi quyidagi ko‘rinishga ega:
AGAR
U HOLDA
TAMOM
M asalan, nam una sifatida quyidagicha tuzilm ani yozish
mumkin:
AGAR juft
U HOLDA
2 ga bo‘l
TAMOM
Agar juft degan shart rost bo‘lsa, u holda ekrandagi son 2 ga
bo‘linadi. Agar yolg‘on bo‘lsa, hech qanday ko‘rsatma bajarilmaydi.
Yana e’tibor qildingizmi, AGAR, U HOLDA, TAMOM, ROST
va YOLG‘ON so‘zlarini bosh harflarda yozayapmiz? Ha, siz to ‘g‘ri
tushundingiz: bizga yana Ijrochiga bog‘liq b o ‘lmagan universal
tu s h u n c h a la r u c h ra d i. K am ay tiru v ch i ayirish va b o ‘lish
ko‘rsatmalarini bajara oladi. Lekin AGAR — U HOLDA tuzilmalari
esa ixtiyoriy Ijrochi uchun o ‘rinli va ularning barchasi uchun bir
xil m a’noga ega. ROST va YOLG‘ON — shartning universal rostlik
qiymati b o ‘lib, barcha Ijrochilar uchun umumiy va ularning
s h a rtla rig a b o g ‘liq em as, le k in ju ftlik s h a rti esa fa q a t
Kamaytiruvchiga xosdir.
AGAR tuzilmasining ikkinchi ko‘rinishi quyidagicha:
AGAR
U HOLDA
AKS HOLDA
TAMOM
Bu holda Ijrochi, agar shart qiymati rost bo‘lsa, u holda (U
HOLDA va AKS HOLDA so‘zlari orasidagi) birinchi guruh
ko‘rsatmalarni bajaradi, agar shart qiymati yolg‘on b o ‘lsa, u holda
(AKS HOLDA va TAMOM so‘zlari orasidagi) ikkinchi guruh
ko‘rsatmalarni bajaradi.
Tuzilmaning ikkinchi shakli birinchisiga qaraganda, umu-
miyroqdir. Agar shart qiymati yolg‘on b o ‘lganda hech narsa
qilmoqchi b o ‘lmasak, AKS HOLDA dan keyingi guruhni bo ‘sh
qoldirishimiz mumkin.
Bu holda yuqoridagi namuna quyidagicha yoziladi:
6 — Azamatov, A.R.
81
AGAR juft
U HOLDA
2 ga bo‘l
AKS HOLDA
TAMOM
Endi Kamaytiruvchi uchun samarador harakatlar juda sodda
yoziladi:
AGAR juft
U HOLDA
2 ga bo‘l
AKS HOLDA
1 ni ayir
TAMOM
Do'stlaringiz bilan baham: |