Algoritmlash p65. p65


Ko‘ rsatm a Chap q irg ‘oq



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/223
Sana09.12.2021
Hajmi2,81 Mb.
#190361
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   223
Bog'liq
2 5226458987112694377

Ko‘ rsatm a
Chap q irg ‘oq
O ‘ ng q irg ‘oq
ikkita  bola, 
askar,  qayiq
ikkita  bola
askar
ikkita  bola,  qayiq
bola
bola,  askar,  qayiq
bola
askar
bola
bola, askar,  qayiq
bola
ikkita  bola,  qayiq
askar
Endi bitta  askar  uchun  yechim  topilgach,  bizning  asosiy  ma- 
salamiz uchun yechim topish qiyin emas — xuddi shu ko‘rsatmalar 
ketma-ketligini yana 59 marta takrorlash kifoya. Yozishni hozirdan 
boshlayverishingiz mumkin, bir soat, balki ishni tugatishingiz uchun 
yetib qolar.  Ishni tugatib bo‘lganingizdan so‘ng  (agar daftaringizda 
bo‘sh joy qolgan bo‘lsa),  shu masala yechimini 600 ta askar uchun 
yozing.  Albatta,  bu  hazil!
Yangi  tuzilma
Kompyuterlarning afzallik tomonlaridan biri shundan iboratki, 
ular millionlab va milliardlab  hisoblash  amallarini juda  qisqa vaqt 
ichida bajarishi, xususan, birgina amallar ketma-ketligini millionlab 
marta takrorlashi  mumkin.  Agar dasturchi birgina amallar ketma- 
ketligini dasturda millionlab marta takroriy yozishga majbur bo‘lsa, 
bu juda  dahshat  bo ‘lardi.
Haqiqatda esa barcha dasturlash tillarida qaysidir ko‘rsatmalar 
ketma-ketligi  bir  necha  marta  bajarilishini  ko‘rsatishga  imkon 
berivchi  vositalar  bor.  Biz  o ‘zimiz  uchun  buni  yangitdan  kashf 
etamiz,  shuning  uchun yangi  tuzilma  kiritamiz:
TAKRORLANSIN   MARTA
 
TAMOM
57


Undagi   o‘rniga biror-bir aniq son kiritamiz,  masalan, 
30  yoki  77  yoki  189.  Tuzilmaning  mazmuni  shundan  iboratki, 
TAKRORLANSIN  30  MARTA  va  TAMOM  so‘zlari  orasiga 
yozilgan  b arch a  k o ‘rsatm alar  sanoq  1  dan  boshlab  to  30 
b o ‘lguncha  takrorlanishi  shart.  M ana  shunday!  Bu  tuzilmada 
ko ‘rsatm alar  b ittad an   ortiq  takroriy  bajarilm oqda,  bu  kabi 
tuzilmalar  sikl  deb  ataladi.
Buni  qarangki,  blok-sxemada bu tuzilma ham  ko‘zda tutilgan 
ekan:
4.1-rasm.
Endi 60 ta askar haqidagi masalaning yechimini yozish uchun 
avvalgisiga  qaraganda ancha kam vaqt va  qog‘oz  kerak b o ‘ladi: 
TAKRORLANSIN 60  MARTA 
ikkita bola 
bola 
askar 
bola 
TAMOM
4.1-m ashq
Bu  algoritmni  blok-sxema  ko‘rinishida  yozing.
Agar biror  hazilkash  xayoliga  sizdan  60  ta  emas,  600  ta  askar 
uchun algoritm yozib berishni so‘rash kelib  qolsa,  endi sizni qo‘r- 
qita  olmaydi.  Siz  faqat  TAKRORLANSIN  60  MARTA  satrini 
TAKRORLANSIN  600  MARTA  satriga  almashtirasiz,  xolos, 
tamomvassalom!
TAKRORLANSIN tuzilmasi oxirida TAMOM so‘zi nima uchun
kerak
Quyidagi  tuzilmaga  e’tibor  beramiz.
58


TAKRORLANSIN   MARTA

TAMOM
Sizga oxirgi satrda yozilgan TAMOM so‘zining keragi yo‘qdek 
tuyulishi  mumkin.  Lekin  bunday  emas.  Murakkab  algoritmlarda 
ba’zi  ko‘rsatmalar  ketma-ketligini takrorlash  kerak bo ‘ladi,  bosh- 
qalarini  esa  yo‘q.  Ularni  qanday farqlash  mumkin?
Mana,  masalan,  bizning  ro‘yxatda  yuqorida  keltirilgan  uch 
ko‘rsatmaga qo‘shimcha ravishda to ‘rtinchi ko‘rsatma ham bo‘lsin: 
g‘alaba raqsi
Qiyin ishlari tugagandan so‘ng bolalar g‘alaba raqsiga tushgilari 
kelib qolishi mumkin.  Keling,  oddiygina qilib yozib qo‘ya qolamiz: 
TAKRORLANSIN 60  MARTA 
ikkita bola 
bola 
askar 
bola
g‘alaba raqsi
Endi  tushunib  b o ‘lmay  qoldi,  bolalar  necha  marta  raqsga 
tushishlari  kerak  —  1  martami  yoki  60  marta  (ya’ni  har  qayiqni 
qaytarib  olishganidan  keyin).  Agar boshqacha yozsak-chi: 
TAKRORLANSIN 60  MARTA 
ikkita bola 
bola 
askar 
bola 
TAMOM 
g‘alaba raqsi
Bu  holda  hamma  narsa joyiga  tushdi.  TAKRORLANSIN  60 
MARTA va TAMOM so‘zlari orasiga yozilgan barcha ko‘rsatmalar 
60  marta  takrorlanadi,  boshqalari  esa  yo‘q,  ya’ni  g‘alaba  raqsi 
ko‘rsatmasi  faqat  bir  marta bajariladi.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish