e’tibor berishimiz lozim bo ‘ladi. Yozish uchun lotin harflari va
o‘nlik sanoq sistemasidagi raqamlardan foydalanamiz. Ko‘rsatmalar
so‘zlar bo‘lib, ularni yozish uchun jumlalarga buyruq mazmunini
beramiz. Bunda ularni qisqa va m a’noli bo‘lishiga e ’tibor beramiz.
Misol uchun bir xil ma’noli quyidagi ko‘rinishdagi jumlalarni qarab
chiqaylik:
o‘ng tomonga yuring
o‘ngga yuring
o‘ngga yur
Bularning barchasini ko‘rsatma sifatida qabul qilish mumkin.
Lekin biz faqat o ‘ngga yur jumlasini tanlaymiz, ham qisqa, ham
m a’noga ega, ham aniq amalni ifodalaydi.
Qisqa yozish chog‘ida juda ham berilib ketish kerak emas.
Juda qisqa belgilashlar tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Masalan, o ‘ty
yoki o‘y qanday m a’no anglatishini bilish qiyin. Doimo aql bilan
murosali ish yuritish kerak.
Kompyuter uchun tushunarlilik talabi b a ‘zan o ‘ta g ‘alati
natijalarga olib keladi. Ba’zi kompyuter sistemalari probellar
orasidagi har bir so‘zni alohida tahlil qiladi. Ular uchun ko‘rsatma
ikkita so‘zdan iborat bo‘lishi
mumkin emas, buni kompyuter ikkita
alohida ko‘rsatma deb hisoblashi mumkin. Bu kabi sistemalarda
o‘nggayur yoki O ‘nggaYur yoki o‘ngga_yur ko‘rinishidagi belgilash-
larni uchratish mumkin.
E ’tibor qiling — biz barcha hollarda ham ko‘rsatma ichiga
probel qo‘ymaslikka harakat qildik! Ya’ni, agar siz biror joyda
shunday belgilashlarni uchratsangiz, hayron bo‘lmang. Bilingki,
bularning hammasi texnik sabablarga asosandir. Kompyuter uchun
shunisi qulay ekan.
Ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar mutlaqo ravshan bo‘lishi
kerak. Ular ikki xil m a’noli bo‘lmasligi kerak. Oddiy inson tili
juda m a’nodor, lekin ko‘pincha bir m a’noli emas. Ba’zan bir
so‘zni o‘zi ikki xil mazmunga ega bo‘lishi mumkin, ba‘zan esa
ikki m a’nolilik jumlaning o‘zida yashiringan bo‘ladi. Masalan,
quyidagi masala-hazilni ko‘raylik.
Shoxda 7 ta qush o ‘tirgan edi. Ovchi 3 ta qushni otib tushirdi.
Shoxda nechta qush qoldi?
Undagi «qoldi» so‘ziga ikki xil mazm un berish mumkin.
Birinchisi — tabiiyki, «tirik qoldi». Ikkinchisi — hazil — «joyida
qoldi» (qolganlari uchib ketdi). Birinchi holda javob 4, ikkinchi
holda javob 3. Masalani hazil ekanligini hisobga olsak, ikkinchi
javob to ‘g‘ri b o ‘ladi. Lekin kompyuter hazilni tushunmaydi-
22
(buni ustiga uni ko‘rmayotgani uchun) yo‘ldan adashadi va
samolyotni halokatga uchratadi. Bu hol uchun odamlar quyidagicha
yechimni topishdi. Ular avvaldan juda sodda, hattoki jo ‘n iboralar
ro‘yxatini tuzishdi va har bir ibora qanday m a’no anglatishini
to ‘liq va aniq kelishib olishdi hamda biror-bir rasmiyatchiliksiz
faqat shu iboralar yordamida gaplashishadi. Bu esa Ijrochining
ko‘rsatmalariga juda o‘xshash, shunday emasmi? Chetdan qaraganda
ular qandaydir o ‘zlarining tushunarsiz tilida gaplashayotgandek
tuyuladi.
Kompyuterni yasaganlar ham shu kabi yo‘ldan borishgan. Ular
kompyuter bilan m uloqot qilish uchun dasturlash tillari deb
ataluvchi maxsus tillarni ishlab chiqishgan.
Siz dasturlash tillarini qanday qilib va nima uchun shundayligini
tushunib olishingiz kerak. Shuning uchun qo‘llanmada tilni hosil
qilish yo‘lini siz bilan birga yangitdan bosib o‘tamiz. Ish davomida
qabul qilingan qarorlar sababini tushuntirib boramiz.
Quyida biz kelgusida rioya qiladigan dastlabki qoidalarni sanab
o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: