Ass. Bobonazarov A.A. Dasturiy injiniring kafedrasi 1-MAVZU: ALGORITMNI LOYIHALASH FANIGA KIRISH. ALGORITMLARNI VAQT VA HAJM BO’YICHA BAHOLASH. KO’PHADLAR QIYMATLARINI HISOBLASHDA GORNER SXEMASI
2-kurslar uchun, 2021-2022 o’quv yili 3-semester
30 soat ma’ruza + 60 soat laboratoriya
90 soat mustaqil ish
Jami 6 kredit
Kursning asosiy o’quv materiallari va mustaqil ish topshiriqlari uchun elektron manbalar:
Dars rejasi “Алгоритм” тушунчасининг пайдо бўлиш - «Algoritm» atamasi xorazmlik buyuk olim Muhammad al-Xorazmiy (825 y.) nomi bilan bog’liq.
- Algoritm tushunchasi XX asrning boshlarida yashab ijod qilgan D.Gilbert, K.Gyodel, S.Klini, A.Chyorch, E.Post, A.Tyuring, N.Viner, A.A.Markov kabi olimlarning ishlari orqali fanga kirib kelgan.
- Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo’yicha algoritm bu qo’yilgan masalani yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning chekli ketma-ketligidir.
Algoritmning ta’rifi - Algoritm – bu qat’iy belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladigan muayyan sondagi qadamlardan keyin masalaning yechimiga olib keluvchi hisoblash tizimidir. (A.Kolmogorov).
- Algoritm – bu ma’lum kiruvchi ma’lumotlardan izlanayotgan yechimga olib keluvchi hisoblash jarayoni to’g’risidagi ko’rsatma (A.Markov).
- Algoritm — bu bir turdagi masalalarni yechishga olib keladigan aniq operatsiya (amal)lar tizimini muayyan tartibda bajarish to’g’risidagi ko’rsatma (M.M.Rozental tahriri ostida chop etilgan falsafa lug’ati)
- Algoritm – bu aniq masalalar to’plamini yechish uchun amallar ketma-ketligini aniqlovchi tugallangan qoidalar majmuasi bo’lib, u 5 ta muhim xossalarga ega bo’ladi: tugallanganlik, aniqlik, kirish, chiqish, samaradorlik. (D.E.Knut).
Algoritmning xossalari Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi: - Diskretlilik – hal qilinayotgan jarayonni qadamma-qadam ko’rinish tasvirlanishi.
- Ommaviylik – o’xshash masalalarga qo’llash mumkinligi.
- Tushunarlilik –berilgan ko’rsatmalar ijrochiga tushunarli bo’lishi va uning talablariga to’liq javob berishi kerak.
- Aniqlilik – aniq sondagi amallarni bajarish nazarda tutilib, ijrochiga joriy qadam tugatilishi bilan keyin bajariladigan qadam aniq ko’rsatilishi kerak.
- Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham bari-bir natijaga olib kelishi kerak.
Algoritmni to’liq qurish bosqichlari - Masalaning qo’yilishi
- Modelni qurish
- Algoritmni ishlab chiqish
- Algoritm to’g’riligini tekshirish
- Kodlashtirish
- Dasturni tekshirish
- Hujjatlashtirish
Demak, algoritmlarni baholash uchun ikkita asosiy kretiriya mavjud ekan. - Algoritmni ishlash vaqti bo’yicha baholash - Algoritmni bajarish uchun xotiradan egallagan hajmi bo’yicha baholash - Algoritmlarni asimptotik (O()) baholash – algoritmda kiruvchi ma’lumotlarning bajariladigan amallar soniga ma’lum bir qonuniyatlar asosida mos qo’yilishidir. Bu qonuniyatlar kvadratik, factorial, logarifmik bo’lishi mumkin.
- Agar kiruvchi ma'lumotlarning o'lchamlari oshsa, algoritmning bajarilish vaqti f(N) funksiyasi bilan bir xil tezlikda oshsa, algoritmda O(f(n)) murakkablik bor.
- Agar kiruvchi ma'lumotlarning o'lchamlari oshsa, algoritmning bajarilish vaqti f(N) funksiyasi kvadratik tezlikda oshsa, algoritmda O(f(n^2)) murakkablik bor.
Keyingi jadval 1 sekundda, 1 minutda, 1 soatda 5 ta algoritmlarni har birining yordamida yechiladigan masalaning kattaligi keltirilgan. Samaradorlikni baholashga misollar Masala, Qalam va qog’oz yordamida, quyidagi 16 ta kvadratdan iborat shaklni yasash kerak.
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
| Algoritm bahosi O(n)
Bu jarayon 4 ta qadamda bajarildi. Demak algoritm bahosi O(logN)
Do'stlaringiz bilan baham: |