Dastur matni 1.2 da kiritilgan kilogrammni necha funt ekanligini ko’rsatuvchi dastur ko’rsatilgan. Unda biror buyumning og’irligi foydalanuvchi tomonidan kilogrammda kiritiladi. Natija esa kompyuter tomonidan funtda ekranga chop etiladi.
{$APPTYPE CONSOLE}
Program Project2;
Var k,f:Real;
Begin Writeln(‘Buyum ogirlugini kilogrammda kiriting’);
Writeln(‘va tugmasini bosing’);
Write(‘’); Readln(k);
f:=k*0.4095; Writeln(k:10:4,’ kilogramm=’, f:10:4,’ funt’);
Readln; End.
Yuqoridagi dasturda {$APPTYPE CONSOLE} qatori mavjud bo’lib, u izox ko’rinishida yozilgan. Lekin u, dasturning konsolli ilova ekanligini bildiradi. Bunday dasturni tuzishda albatta {$APPTYPE CONSOLE} qatori yozilishi shart.
Dasturni ishga tushirish uchun Run menyusidan Run buyrug’i tanlanadi yoki F9 klavishi bosiladi.
MA’LUMOTLAR TIPI
O‘zgaruvchilar – o‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. O‘zgaruvchining qiymatlari dastur davomida o‘zgarib turishi mumkin. Doimiy (o‘zgarmas) – faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiylar o‘zgaruvchilar kabi o‘z qiymati va turiga ega. Identifikatorlar – o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi.
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish qoidalari:
o‘zgaruvchi nomida ixtiyoriy harf yoki raqamdan foydalanish mumkin;
katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi. belgi5, Belgi5, BELGI5 nomli o‘zgaruvchilar
har xil o‘zgaruvchi nomlaridir, shu sababli kichik harflardan foydalangan ma’qul;
o‘zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkin emas, uning o‘rniga so‘zlar (‘_’)
tagchiziq belgisi yordamida bir-biriga bog‘lanadi;
o‘zgaruvchining nomi raqamdan boshlanishi mumkin emas;
–, /, # yoki @ belgilarni ishlatish mumkin emas;
maxsus buyruq nomlarini ishlatish mumkin emas;
and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, finally, for, from, global,
if, import, in, is, lambda, nonlocal, not, or, pass, print, raise, return, try, while, with, yield
kabi xizmatchi so‘zlarni o‘zgaruvchi nomi sifatida ishlatish mumkin emas.
bool(x)- rostlikka tekshirishni standart usulidan foydalanuvchi bool tipiga o`zgartirish. Agar x yolg`on bo`lsa yoki tushirib qoldirilgan bo`lsa, False qiymatini qaytaradi, aksincha esa True qaytaradi.
bytearray([manba, [kodlash[xatolar]]])- bytearray ga o`zgartirish. Bytearray- 0<=x<256 diapazondagi butun sonlarni o`zgarmas ketma-ketligi. Konstruktor argumentlari bytearray() ga mos ko`rinishga ega bo`ladi.
complex([real],[image])- kompleks songa o`zgartirish. dict(object)- lug`atga o`zg artirish.
float([x])-haqiqiy songa o`zgartirish. Agar argument ko`rsatilmagan bo`lsa, 0.0 qaytaradi. frozenset([ketma-ketlik]) int([object],[asosiy sanoq sistemasi])- butun sonni berilgan sanoq sistemasidan o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazish.
list([object])-ro`yxat tuzadi. memoryview(object)- memoryview obyektini tuzadi.
object()-hamma obyektlarga asos bo`lgan bosh obyektni qaytaradi.
range([start=0], stop,[step=1])- step qadamli start dan stop gacha bo`lgan arifmetik progressiya.
set(object)-to`plamni yaratadi.
O‘zgaruvchini e’lon qilish.
O‘zgaruvchi “=” belgisi yordamida satr yoki sonni o‘zlashtirishi mumkin va bu o‘zgaruvchining qiymati deb ataladi. O‘zgaruvchiga sonli qiymat berish uchun “=” belgisidan so‘ng son yoziladi. Satrli qiymat berilganda esa “=” belgisidan so‘ng bittalik (' '), ikkitalik (“ ”) qo‘shtirnoq
ichida satr yoziladi.
O‘zgaruvchi qiymatini o‘zgartirish.
O‘zgaruvchi qiymatini o‘zgartirish uchun unga yangi qiymat berish kifoya.
Doimiylar. Doimiy (konstanta)larni ifodalash uchun faqat bosh harflardan foydalaniladi.
Маsalan,
PI = 3.1415
256>
Do'stlaringiz bilan baham: |