Algoritmning so'zlar yordamida ifodalanishi
Avval keltirilgan bir qator misollar inson og'zaki nutqida qo'llaniladigan so'zlar orqali ifodalangan edi (masalan, ko'chadan o'tish algoritmi, g'ishtlar sonini hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko'rsatma jumlalar orqali ko'rsatma shaklida beriladi. Qo'llanmada, asosan, shu usuldan foydalanamiz.
Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi
Bu usul matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlarda ko'plab qo'llanilaniladi. Yodingizda bo'lsa, so'zlar yordamida ifodalangan g'ishtlar sonini hisoblash algoritmini formula orqali ifodalagan edik. Formuladagi “+” , “-” , “:” , “*” , kabi arifmetik amallarning tartibiga rioya qilgan holda bajarilishi ham algoritmga misol bo'ladi. Avval berilgan ««ax2+ bx+c =0 (a 0) ko'rinishidagi kvadrat tenglamani yechish» algoritmining quyidagi formula orqali ifodasi bilan tanishsiz: Bilasiz, formuladagi amallar ma'lum bir tartib bilan bajarilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |