Paskal tilida uchraydigan standart funktsiyalar jadvali
Funktsiya ni Paskal
ifodasi
|
funktsiyaning matematik ifodasi
|
Argumentning turi
|
Funktsiyaning turi
|
ABS(X)
|
X
|
REAL, INTEGER
|
REAL, INTEGER
|
SQR(X)
|
X2
|
REAL, INTEGER
|
REAL, INTEGER
|
SQRT(X)
|
x
|
REAL, INTEGER
|
REAL, INTEGER
|
EXP(X)
|
ex
|
REAL, INTEGER
|
REAL REAL
|
LN(X)
|
ln x
|
REAL, INTEGER
|
REAL, REAL
|
SIN(X)
|
sin x
|
REAL, INTEGER
|
REAL, REAL
|
COS(X)
|
cos x
|
REAL, INTEGER
|
REAL, REAL
|
ARCTAN
|
arctg x
|
REAL, INTEGER
|
REAL, REAL
|
ROUND(X)
|
X ni yaxlitlash
|
REAL
|
INTEGER
|
TRUNC(X)
|
Х ni butun qismini olish
|
REAL
|
INTEGER
|
PRED(X)
|
Х dan oldingi qiymatni olish
|
INTEGER, CHAR
BOOLEAN
|
INTEGER, CHAR
BOOLEAN
|
SUCC(X)
|
Х dan keyingi qiymatni olish
|
INTEGER, CHAR
BOOLEAN
|
INTEGER, CHAR
BOOLEAN
|
A DIV B
|
Аni Вga bo’lib butun qismini olish
|
INTEGER, NTEGER
|
INTEGER
|
A MOD B
|
Аni Вga bo’lib qoldig’ni olish
|
INTEGER,INTEGER
|
INTEGER
|
CHR(X)
|
Хni tartib nomeriga ko’ra simvolini аniqlash
|
INTEGER
|
CHAR
|
ORD(X)
|
Хni tartib nomeriini аniqlash
|
CHAR
|
INTEGER
|
ODD(X)
|
Хning toq yoki juftligini аniqlash
|
INTEGER
Х-toq, Х-juft
|
BOOLEAN
TRUE, FALSE
|
Arifmetik ifodalar.
Arifmetik ifodalar o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar, arifmetik amal belgilari va standart funktsiyalardan tashkil topadi. Arifmetik ifodada qatnashayotgan amallar ustuvorligiga karab bajariladi. Amallar quyidagi ustuvorlikka ega.
Qavs ichidagi amallar va standart funktsiyalarni hisoblash.
Ko’paytirish, bo’lish, DIV, MOD amallari.
Qo’shish va ayirish amali.
Arifmetik ifodada bir xil ustuvorlikka ega amallar ketma-ket kelsa, ular chapdan ungga karab bajariladi.
MISOL:
Y=esin(x)+cos(x)+tg(x+3)
Y=EXP(SIN(SQRT(X))+COS(SQR(X)))+SIN(X+SQRT(3))/COS(X+SQRT(X)).
Mantiqiy ifodalar.
Mantiqiy ifodalar uz ichiga mantiqiy o’zgarmaslarni, mantiqiy o’zgaruvchilarni, mantiqiy amal belgilarini, mantiqiy natija beradigan standart funktsiyalarni hamda DIV va MOD funktsiyalarini kamrab oladi. Mantiqiy ifodaga ham amallar ustivorligiga ko’ra bajariladi.
2.EKRAN BILAN ISHLOVCHI PROTSEDURA VA FUNKSIYALAR.
Modullar tashkili va moxiyati. Crt va Dos modullari bilan ishlash.
Matinli rejimlar, grafika rejimlar.
Shaxsiy kompyuterning ekranidagi tasvirlar displey adapteri yordamida paydo bo’ladi. Adapterning o’rnatilishiga qarab, displey matn yoki grafika rejimida ishlashi mumkin. Matn rejimi CRT, moduli orqali grafika rejimi esa GRAPH. moduli orqali amalga oshiriladi.
CRT moduli Turbo-Pascal integrallashgan sistemasining asosiy qismlaridan biri xisoblanadi. U displey adapterining ish rejimini, ekran buferiga to’g’ridan- to’g’ri kiritish, belgilarni ekranda aniq ko’rsatish va kompyuterni normal ishlashi uchun zarur bo’lgan boshqa vazifalarni bajaradi.
CRT ni foydalanuvchi dasturiga ulash standart qator ko’rinishida amalga oshiriladi.
USES Crt;
CRT moduli ulanishi bilan foydalanuvchi undagi xamma standart vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Matnli rejimni o’rnatish
Belgi, piksel, matnli rejimlarni o’rnatish, matnli shrift.
Matnli rejimlar shaxsiy kompyuterning kodli tablitsa belgilarini yaratish uchun xizmat qiladi. U ekrandagi belgilar soni va belgilar qatori bilan xarakterlanadi. Boshqarishning eng kichik o’lchov birligi sifatida belgi qabul qilinadi. Belgi bir nechta Nuqtalardan (piksel) tuziladi. Adapterlarning xamma tiplari matnli rejimni ushlab turadi.
Matnli rejimni o’rnatish TextMode(Mode: integer) standart protsedurasida amalga oshiriladi.
Mode rejimining imkoniyatlari 12.1. tablitsada ko’rsatilgan. Qiymatlar (BW40,CO40,...) nomli konstantalar yeki (0,1,...) rejim tartib nomerlari orqali beriladi.
Misol.
TextMode(CO80);
TextMode(2);
Personal kompyuterning standart matnli rejimlari;
Monitor
|
Ekran
|
Rang
|
Adapter
|
Segment
|
Konstanta
|
Rejim tartib nomeri
|
Ch/B
|
40x25
|
16/8
|
CGA
EGA
|
B800
|
BW40
|
0
|
Sv
|
40x25
|
16/8
|
CGA
EGA
|
B800
|
CO40
|
1
|
Ch/B
|
80x25
|
16/8
|
CGA
EGA
|
B800
|
BW80
|
2
|
Sv
|
80x25
|
16/8
|
CGA
EGA
|
B800
|
CO80
|
3
|
Ch/B
|
80x25
|
3
|
MA
EGA
|
B800
|
Mono
|
7
|
CRT modulining ichida Word ulchovli, adapter displeyining matn rejimiga tegishli bulgan LastMode o’zgaruvchisi bo’ladi. U matn tartib no’merini, tekshiruvchi oxirgi o’rnatgan matn rejimining tartib nomerini o’z ichiga oladi:
Write('Mainli rejim', LastMode)
grafika rejimidan matn rejimiga qaytish uchun esa,
TextMode(LastMode) dan foydalaniladi.
CRT modulida maxsus Font8x8 = 256 konstantasi bo’lib,u kengaytirilgan matnli rejimlarni initsalizatsiyalash (nomerlash) uchun xizmat kiladi. Bu EGA (Enhanced Graphics Adapter) va VGA (Virtual Graphics Array) adapterli displeylarga tegishlidir.
Bu adapterlar 43- va 50- katorli tekstli rejimlarda ishlaydi.
Adapterlarning turli modifikatsiyalari ekran katorini 120 ta begigacha kenegaytirish imkoniyatini beradi. 8x8 ulchovli matnli shriftlarni yuklashda , matnli rejimning 80x43 va 80x50. kengaytmalari o’rnatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |