Algebra va analiz asoslari



Download 59,5 Kb.
Sana02.02.2017
Hajmi59,5 Kb.
#1635
ALGEBRA VA ANALIZ ASOSLARI

To`plamlar haqida dastlabki tushunchalarga ega bo`lish; to`plamlarning berilish usullarini, bo`sh to`plam, qism to`plam, to`p-lamlar birlashmasi, kesishmasi, ayirmasi, chekli, cheksiz to`plamlarni bilish; ixtiyoriy va mavjudlik kvantorlarini bilish va ularni matematik fikrlarni yozishda qollay olish; chekli o`nli, cheksiz o`nli davriy, davrsiz kasrlar, ratsional, irratsi-onal, haqiqiy sonlar haqida bilimlarga ega bo`lish; asosiy sonli to`plamlar( natural, butun, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar )ni bilish; sonli kesmalar, ochiq, yopiq intervallar haqida tushunchalarga ega bo`lish, haqiqiy sonlar ustida amallar bajarishni, haqiqiy sonning moduli, uning asosiy xossalarini bilish; kompleks sonning ta`rifi, mavhum birlik, kompleks sonlarning tenglii, kompleks sonlar ustida amallar bajarishni, kompleks sonning geometrik ma`nosini, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarishni bilish; butun ratsional ifodalarning kanonik ko`rinishini, Bezo teoremasi, ko`phadni ikki hadga bo`lishni (Gorner sxemasi), ratsional algebraik ifodalarni aynan almashtirishni bir o`zgaruvchili ratsional tenglama va tengsizliklarni yechishni, tenglama va tengsizliklarni yechishning asosiy usullarini bilish; Al Xorazmiyning “Al-jabr va Al-muqobalar hisobi haqida“gi kitobining qisqacha mazmuninin bilish, ikki o`zgaruvchili tenglamani geometrik ma`nosini bilish, tenglamalar sistemasiga oid misollarni yecha olish; matematik induktsiya haqida tushunchaga ega bo`lish, matematik induktsiya usulidan foydalanib ba`zan ayniyat va tengsizliklarni isbotlay olish; funktsiyaga oid terminlardan to`g`ri foydalana olish va tushunish, funktsiyaning aniqlanish, o`zgarish (o`sish va kamayish) sohlarini topa olish; funktsiyaning berilish usullarini bilish, funktsiyalar grafiklari haqida ma`lumotga ega bo`lish, funktsuyaning juft - toqligi, davriyligini, funk-tsiyaning eng kichik musbat davrini aniqlash, funktsiyaning nollarini topa olish, elementar funktsiyalar, ularning asosiy xossalarini bilish, o`zaro teskari funktsiyalar haqida ma`lumotlarga ega bo`lish; logarifmik va ko`rsatkichli funktsiyalarning asosiy xossalarini bilish; funktsiyalar grafiklarini sxematik tasvirlay olish; biri ikkinchisiga, Y = X ga nisbatan simmetrik ekanligini tasvirda ko`rsatish, funktsiya grafiklarini almashtira olish malakalariga ega bo`lish; modul bilan bog`liq bo`lgan funktsiyalarning grafiklarini tekislikda tasvirlay olish; murakkab bo`lmagan logarifmik, ko`rsatkichli, darajali tenglama va tengsizliklarni yechish usullarini bilish; sonnli ketma - ketliklar, ularning limeti haqida ma`lumotlarga ega bo`lish, ba`zi sodda ketma - ketliklar limetini hisoblashni, huqtaning atrofini, funktsiya limetini, bir tomonlama limetlar, cheksiz limetlar, funktsiyaning uzluksizligi, uzluksiz funktsiyaning asosiy xossalarini, elementar funktsiyalar uzluksizligini bilish; funktsiya orttirmasi, hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma`nosini bilish; ba`zi funktsiyalar hosilasi, hosilalarni hisoblash, ikkinchi tartibli hosila, funktsiyaning o`sish, kamayish oraligini, funktsiya ekstre-mumlari, kesmada funktsiyaning eng katta va eng kichik qiymatlarini topish, funktsiyani to`la tekshirish, grafigini chizish, hosilaning ba`zi tatbiqlarini bilish; asosiy trigonometrik funktsiyalar va ularning asosiy hossalari, garmonik tebranish haqida tushunchaga ega bo`lish, asosiy trigono-metrik funktsiyalar yig`indisini va ayirmasini ko`paytmaga aylantirishni, bu funktsiyalar ko`paytmasini yig`indiga almashtirishni, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishni, trigonometrik funktsiyalar hosilasini bilish; boshlang`ich funktsiya va uning hosslari, boshlang`ich funktsiya-larini topish qoidalarini bilish, aniqmas integral, egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash, aniq integral, Nyuton - Leybnits formulasi, aniq integral yordamida geometrik figuralar yuzini, hajmini hisoblashni bilish; birlashmalar, o`rinlashtirish, o`rin almashtirish va grupplashlar sonini hisoblashni, Nyuton formulasiga oid misollarni yechish, kombinatorik masalalarini yechishni bilish; tasodifiy, muqarrar va ro`y berishi mumkin bo`lmagan hodisalarni, ho disalar birlashmasi va kesishmasini topa olish, hodisalarni ehtimolliklarini hisoblashni bilish, chastota, polegon, gistogramma tushunchalarini bilish va ularga oid masalalarni yecha olish.

GEOMETRIYA

Planimetriyaning boshlang`ich tushunchalarini, kesmalarni taqqoslah, aylana yoyning gradus o`lchovini aniqlash, burchaklarni o`lchashni bilish; siniq chiziq uzunligini hisoblash, uchburchakning asosiy elementlarini hisoblashga oid masalalarini yechish, uchburchaklarning tenglik alomatlari va ularga oid masalalar yechish, eng sodda geometrik yasashlarni bajara olish; uchburchak, to`rt burchak, doira yuzini hisoblashga oid masalalarni, Pifagor teoremasi va unga doir masalalarni, perpendikulyar va og`maga oid masalalarni, sinuslar va kosinuslar teoremalariga doir masalalarini yechishni bilish; tekslik va to`g`ri chiziqning o`zaro joylashuviga oid masalalar yechishni bilish; uch perpendikulyarlik haqidagi teoremani masalalar yechishda qo`llash, ko`pyoqlarga oid masalalar, ko`pyoq elementlarini, ko`p-yoqlaning yon va to`la sirtlarini hisoblashni bilish; aylanma jismlarning yon va to`la sirtlariga, prizma, piramida va kesik piramidalarning hajmlarini hisoblashga, aylanish jismlarining hajimlarini hisoblashga doir masalalarni yechishni bilish; almashtirishlarga ta`rif bera olish, parallel ko`chirishning ta`rifini va uning xossalarini bilish, harakatning ta`rifini, huqtaga, to`g`ri chiziqqa, tekislikka nisbatan simmetrik nuqtalarni bilish, o`xshash almashtirishning ta`rifi va uning xossalari, almashtirishlar yorda-mida geometrik masalalar yechishni bilish; parallel proektsiyalash ta`rifi va uning xossalalrini, prizma va piramidaning tekislikdagi tasvirini yasashni, aylanish jismlarining turlarini va ularning tekistlikda tasvirlashni, ko`pburchak ortoganal proektsiyaning yuzi haqidagi teoremani bilish; Vektorning ta`rifi moduli, qarama - qarshi vektorlar, nol vektor tushunchalarini, vektorlarni qo`shish va songa ko`paytirish amallarini, vektorning koordinatalari ta`rifini va komplanarlik shartini, bazis vektorlar tushunchasini, vektorning uchta bazis vektorlar bo`yicha yoyilmasini, vektorlarning skalyar ko`paytmasi va uning xossalarini bilish.



INFORMATIKA

Informatsiya, o`lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti, algoritm tushunchasi, dastur, uning turlari SHHM umumiy tuzilishini bilish; MS DOS operatsion tizimi, Norton Commander (NC) dasturlari haqida tushuncha, fayl tushunchasi, fayllarning turlari va nomlanishi, NC da fayllar ustida bajariladigan amallar, funktsiyanal tugmachalar va ularning asosiy turlarini bilish; Windovs nima, Windovs dasturining afzalliklari va o`ziga xos xususiyatlarini bilish; kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlari va ularda tasvir hosil qilish, grafik muharrirlarining matnlar muharrirlaridan farqi va o`xshashliklarini bilish; matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash, xotiradan o`qish, ularni tahrir qilish usullari, matnlarni shakllantirish, bosmaga chiqarish usullarini bilish; elektron jadval tushunchasi, ularning turlari, elektron jadvallarini ishga tishirish va ulardan chiqish tartibi elektron jadval yacheykalari ustida amallar bajarish qoidalarini bilish; ma`lumotlar bazasi, ularning turlari va hosil qilish usullari, ma`lumotlar bazasini ishga tushirish va undan foydalanish tartibi, ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchaga ega bo`lish; axborot jamiyati tushunchasi, mamalakatimizdagi axborotga oid qonunlar mazmuni, lokal va xalqaro tarmoqlarni bilish.



FIZIKA

Fizikaning rivojlanish tarixini, unga Sharqning buyuk allomalari qo`shgan hissalarini, jamiyat rivojlanishida fizika va texnikaning ahamiyati, O`zbe-kistonda fizika va texnika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy ma`lumotlarni bilish; fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi(SI)ni tushuntira olish; mexanika: kinematika, dinamika, Nyuton va mexanikada saqlanish qonunla-ri, statika elementlari, suyuqliklar va gazlar mexanikasiga oid qonuniyatlar-ni bilish va misollar yordamida tushuntira olish; molekulyar fizika va termodinamika asoslari: molekulyar - kinetik nazariya asoslari, gaz va termodinamika qonunlari, suyuqlik va gazlarning o`zaro aylanishi, qattiq jismlar fizikasiga oid qonuniyatlarni bilish; elektrodinamika: elektrostatika, o`zgarmas tok, turli muhitlarda elektr toki, magnit maydon, moddalarning magnit xossalari, elektromagnit induktsiya qonuniyatlarini bilish; tebranish va to`lqinlar. Optika. Atom va yadro fizikasi: mexanik va elekt-romagnit tebranishlar va to`lqinlar, tovush, geometrik optika, nisbiylik naza-riyasi elementlari, kvant, atom va elementar zarralar fizikalariga oid qo-nunlarini bilish hamda olamning fizik manzarasi to`g`risidagi bilimlarga ega bo`lish; tabiat hodisalarini fizik qonuniyatlar asosida tushuntira olish malakasiga ega bo`lish; fizik formulalar yordamida masalalar yecha olish; fizik qonuniyatlarni amalda qo`llay olish; o`lchov asboblaridan foydalana bilish, o`lchash xatoligini baholay olish; tajribalarni o`tkaza olish, natijalarni jadval, grafik, diagramma ko`rinishida tasvirlash va tahlil qila olish; fizik asboblar bilan ishlashda texnika hafsizligi qoidalariga rioya qilish.



ASTRONOMIYA

O`rta asr Sharq ( jumladan O`rta Osiyo ) olimlarining astronomiya tarixida tutgan o`rinlarini, asosiy ilmiy meroslari haqida tasavvurga ega bo`lish; olamning astronomik manzarasi haqida ilmiy tasavvurga ega bo`lish; asosiy astronomik hodisalarni ilmiy asosda tahlil qila olish; olamning moddiy birligini anglash; osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari, asosiy yulduz turkumlari haqida tasavvurga ega bo`lish; astronomik hodisalarning kechishi, tabiatning universal qonunlari ( bi-rinchi navbatda fizik qonunlari ) asosida ro`y berishini anglash; osmon jismlari va bu tizimlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi ( kosmogoniya ) haqida tasavvurga ega bo`lish; o`quv - astronomik kuzatish asboblarining ishlash tamoyillarini bilish; astronomiyada ishlatiladigan asosiy uzunlik o`lchov birliklarini bilish; o`quv - astronomik kuzatish asboblarini ishlata olish malakasini egallash; astronomiyadan masalalar yechish malakasiga ega bo`lish.



SHAXS VA JAMIYAT

Shaxs va jamiyat tushunchasi mohiyatini bilish; O`zbekiston respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlashda vatanpar-var, fidoyi va bilimdon shaxslarga ehtiyojning kuchayishi va uning mo-hiyatini bilish; dunyoning paydo bo`lishi, insonning dunyoga kelishi va jamiyatning qa-ror topishi to`g`risidagi turli kontseptsiyalarning mazmunini anglay bi-lish, jamiyat va shaxs to`g`risidagi qadimgi dunyodan hozirgi kungacha bo`lgan qarashlar, shu jumladan, O`rta Osiyo mutafakkirlarining meroslari haqida tushunchaga ega bo`lish; tsevilizatsiyalar, ularning mazmuni, turlari va o`zaro aloqasini bilish, jami-yatning tarkibiy tuzulishini bilish, jamiyat iqtisodiy hayoti, O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos modeli va uning xususiyatla-rini bilish; yuksak rivojlangan sanoat va qudratli texnologiya - ishlab chiqarishning asosi ekanligi, O`zbekistonda mulkchilikka alohida e`tibor haqida tushun-chalarga ega bo`lish; ijtimoiy guruhlar va ularning tasnifini bilish, insoniy munosabatlarning rang-barangligini tushunish,ularning ijobiy va salbiy oqibatlarini oldindan ko`ra bilish; o`zaro tushunmovchilik va mojarolarning oldini olish usullarini bilish, ja-miyatning siyosiy va huquqiy tizimini, shu jumladan, O`zbekistonda hu-quqiy demokratik jamiyat qurilishining asosiy yo`nalishlarini bilish; boshqaruvning huquqiy davlatchilik va o`zini o`zi boshqaruv shakllari haqidagi tushuchalarga ega bo`lish, ma`naviyat jamiyat va shaxs hayoti-ning muhim jihati ekanligini anglay bilish; qadriyatlar tizimini, ularning jamiyat va shaxs hayotidagi o`rnini bilish; mafkura, milliy istiqlol mafkurasi haqida mustahkam tushunchaga ega bo`lish, xalqaro munosabatlar haqida bilimlarga ega bo`lish; O`zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimidagi o`rni, O`zbekiston jahon hamjamiyatining bir bo`lagi ekanligi, xalqaro huquq va shartnomalar ha-qida ma`lumotlarga ega bo`lish; Xalqaro insonparvarlik huquqining vujudga kelishi,mazmuni,tarkibiy qism-lari va taraqqiyotini bilish; Xalqaro tashkilot va harakatlar, shu jumladan, “Xalqaro Qizil Xoch” va “Qizil yarim oy” harakati, BMT, ularning insonparvarlik tamoyillari va vazifalarini bilish; hozirgi zamonning umumbashariy muammolarini bilish, ularning asosiy belgilari, turlari va hal qilish yo`llari haqida tushunchalarga ega bo`lish; insonparvarlik asoslangan jahon tsivilizatsiyasining qaror topishi haqidagi asosiy bilimlarga ega bo`lish.



KIMYO

Kimyoning asosiy qonunlari, atom molekulyar ta`limot mohiyatini bilish; nisbiy atom va molekulyar massa tushunchalarini bilgan holda ki-myoviy belgilar va formulalar yordamida tenglamalar tuza olishni bilish; massaning saqlanish qonuni, gaz qonunlarini va Mendeleev davriy qonunini bilish; atom tuzilishining yadro modeli, kimyoviy boglanish turlari, tuzilish formulalari va valentlikni bilish; kimyoviy reaktsiyalarning tezligi, tezlikka ta`sir etuvchi omillar, aktiv-lanish energiyasi, qaytar va qaytmas jarayonlar, kataliz, kimyoviy mu-vozanat, Le - Shatele tamoyili tushunchalarini bilish; eritmalar, erish jarayonining mohiyati, dissotsiya, eritma kontsentratsi- yalarning turlari, suvli eritmalarda vodorot ko`rsatkichi va uning ah-amiyati, suvning ion ko`paytmasini bilish; anorganik moddalarning eng muhim sinflari va ular o`rtasidagi bog`-lanishlar haqidagi ma`lumotlarni bilish; oksidlanish - qaytarilish reaktsiyalari, ularning tenglamalarini tuzishni bilish, elektroliz, elektrolizning amaliy ahamiyati, qo`llanishini bilish; metallmaslar, azot va kislorod gruppachasi elementlarini, galagenlar, inert gazlar va ularning umumiy xossalarini bilish; metallar, ularning umumiy xossalari, bosh va yon giruhchalaridagi ay-rim metallarning birikmalari, lantanoidlar va aktinoidlar haqidagi mu-him ma`lumotlar, metallar korroziyasi, suvning qattiqligi, cho`yan, po`-lat, shisha va tsement olish jarayonlari haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lish; kimyoviy texnologiyada reaktsiya muvozanati va unga ta`sir etuvchi omillarni bilish; organik moddalar kimyoviy tuzilishi nazariyasining mohiyati, moddalar xossalarning tuzilishiga bog`ligini aniq misollar yordamida ko`rsatib bera olish; kimyoviy izomeriya turlari, organik moddalarning asosiy sinflari haqi-dagi ma`lumotlar, organik moddalar nomenklaturasi, organik reaktsiya-larning turlarini bilish; to`yingan uglevidiridlar, ularning umumiy xossalari, metan va uning gomologlari, yopiq xalqalar, uglevodorodlar, to`yinmagan uglevodorodlar, ularning vakillari, etilen olinishi va ishlatilishi, etilenning polimerlanish reaktsiyasiga kirishishi, polietelen olish jarayoni, atsetilen, uning xossa-lari, olinishi, ishlatilishini bilish; dien uglevodorodlar, ularning kimyoviy xosslari, tabiiy va sintetik kauchuklar olinishi. Aromatik uglevodorodlar, benzol, ularning xossalari, gomologlar. Neft va neftdan mahsulotlar olish kimyobiy jarayoni. Ta-biiy gazlar, ularni qayta ishlash kimyoviy jarayonlari mahsulotlari va ulardan foydalanishni bilish; kislorodli organik birikmalar, to`yingan spirtlar, ularning tuzilishi, izo-meriyasi, xossalari. Metanol, etanol, ularning olinishi va ishlatilishi, gli-tserin xossalarini bilish; fenollar, ularning tuzilishi va kimyoviy xossalarini bilish; aldegidlar, formaldegid, ularning olinishi, xossalari, atsefaldegid, polikon-densatlash reaktsiyalarini bilish; ketonlar, organik kislotalar, ularning eng muhim vakillari, xossalari, oli-nishi va ishlatilishini bilish; efirlar, murakkab efirlar, eterifikatsiya va sovunlanish reaktsiyalarini bilish; yog`lar, sovunlar, sintetik yubish vositalari va ularning olinishiga xos jarayonlarini bilish; uglevodorodlar, ularning xossalari, mono va disaxaritlar, polisaxaritlar va ularning xossalarini bilish; azotli organik birikmalarning vakillari va ularning xossalarini bilish; aminokislotalar, ularning tuzilishi, umumiy xossalarini bilish; tabiy va sun`iy kauchuklar, kimyoviy tolalar to`g`risida umumiy tu-shunchalarga ega bo`lish.

BIOLOGIYA

Markaziy Osiyo tabiyotshunoslarining tabiat va uning paydo bo`lishi hamda rivojlanishi to`g`risidagi fikrlarini bilish; organik olam evolyutsiyasi, hayotning biologik evolyutsiyasi, odam fa-oliyatining organik olam rivojlanishiga ko`rsatgan ijobiy va salbiy ta`siri to`g`risida bilimlarga ega bo`lish; organizmlardagi irsiy o`zgaruvchanlik, sun`iy tanlash, yashash uchun kurash, tabiiy tanlash, o`simlik va hayvonlarning muhitga moslashuvi va uning shart - sharoitlarini bilish; tur mezonlari, tur populyatsiyasi ta`rifi, turlarning tabiatda paydo bo`lish yo`llarini bilish; mikro va makroevolyutsiya to`grisida tushunchaga ega bo`lish; evolyutsiyaning boshlang`ich materiali, birligi va omillarini bilish; evolyutsiyaning solishtirma anatomiya, paleontologiya, embriologiya, bi-ogeografiya, biokimyoviy dalillarni bilish; biologik progress, uning shakllari( aramorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya )ni bilish; odam va yuksak hayvonlar gavda tuzilishidagi o`xshashlik va farq-larni bilish; odam paleontologik ajdodlarining antropogenezini harakatlantiruvchi omillarni bilish; ekologiya, asosiy ekologik tushunchalar, abiotik va biotik omillar, fo-toperiodizm hodisasi, bioritmlarni bilish; populyatsiya va turning ekologik ta`rifini bilish; biogeotsenozlar, agrotsenozlar, biosfera, sayoramizda biomassaning tarqa-lishi va uning sabablarini bilish; biosfera evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini bilish; gen va hujayra injeneriyasi haqida tushunchaga ega bo`lish va uning asosiy ob`ektlari, tadqiqot uslublarini bilish; transformatsiya, transduktsiya hodisalari va ularning ahamiyatini tushunish; ko`chib yuruvchi genetik elementlar to`g`risida tasavvurga ega bo`lish; genetik injeneriya uslublari yordamida organizmlar irsiyatini o`zgarti-rish mumkinligini bilish; biotexnologiya va uning yordamida olinadigan dorilar, oziq - ovqat mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo`lish; biologik bilimlardan qishloq xo`jaligi, o`rmonchilik, baliqchilik, sanoat-ning turli sohalarida shuningdek, tibbiyotda, tabiatni muhofaza qilish ishlarida foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qilish va unda faol qatnashish kerarligini tushunish.



IQTISODIY GEOGRAFIYA

Iqtisodiy geografiyaning ilmiy - amaliy ahamiyatini bilish; iqtisodiy geografiyaning tarmoqlari va iqtisodiy - ijtimoiy geografiyaga aylanish jarayonlarini bilish; geografik, ratsional, hududiy va akvatorial mehnat taqsimoti tushunchalarini bilish; ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shakllarini, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishning asosiy omillarini bilish; tabiy resurslardan foydalanishni va ekologiya muammolarini, iqtisodiy hududlarga ajratish, uning nazariy va amaliy ahamiyatini bilish; aholining o`sishi va rivojlanishini, demografik muammolarni bilish; urbanizatsiya jarayonini va uning asosiy muammolarini, siyosiy - geografik tushunchalarni bilish; jahon mamlakatlari, ular o`rtasidagi xalqaro munosabatlarning asosiy yo`nalishlarini bilish.



YOSHLARNI CHAQIRIQQACHA TAYORLASH

Jismoniy barkamollik, chidamlilik, chaqqonlik, tez harakar qilish sifatlarini muntazam o`zlashtirib borish, mardlik, haqqoniylik, g`alabaga intilish, yuqori intizomlilik va boshqa sifatlarga ega bo`lish, to`siqlardan o`tish, qurollardan otish va qo`l jangi usullarini bilish; tanani chiniqtirish, soglomlashtirish va tashqi muhit qarshiliklariga chidamli-likni oshirish ko`nikmalariga ega bo`lish, biron bir xavf tug`ilganda aholini ogohlantirish tartibi, favqulodda vaziyatlar sharoitida o`zini tutish qoidalari va himoyalanish usullarini bilish; avtomat, parchalanuvchi qo`l va tankka qarshi granatalarning jangovar xusu-siyatlari, tuzilishi,ishlash tamoyillarini bilish,qo`zg`almas va paydo bo`luvchi nishonlarga otish qoidalarini, avtomatni otishga tayyorlash, undan nishonlarga otish usullarini,kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlardan o`q otishni bilish; granatalarni har xil holatda uzoqlikka aniq uloqtirish texnikasini bilish ( 700 grammlik granatani eng kamida 30 metrga uloqtirish ) ; xalq xo`jaligida qo`llaniladigan kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar, radio-aktiv va zaharlovchi moddalar, vositalarning shikastlovchi ta`sirini bilish; shaxsiy va ommaviy himoya vositalaridan foydalana bilish, umumqo`shin jangi asoslari, askarning jangdagi burchlari, o`t ochish va mahyovr turlari va razvedka o`tkazish asoslarini bilish; chet el armiyalarining asosiy tanklari, zirhli mashinalari, jangovor samolyot-lari va vertolyotlarining tavsifnomalarini bilish, askarning jangdagi harakat usullari va amallarini to`g`ri, tez, aniq bajara olish; O`zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi Qonunining, harbiy xizmatdan bosh tartish va harbiy jinoyatlar uchun nazarda tutilgan ma`muriy va jinoiy javobgarlik to`g`risidagi asosiy moddalarini bilish; harbiy xizmatchi majburiyatlarining mohiyatlarini tushuntira olish, kattalarga murojaat qilishni, buyruq olganda harakat qilishni, rota bo`yicha posbon vazifasini bajarishni va safda komandalarni (buyruqlarni) bajarishni bilish; harbiy intizom asoslarini va uning Qurolli kuchlar uchun ahamiyatini, harbiy Nizomning asosiy talablarini, harbiy xushmuomalalik qoidalarini, o`zini tutish va harbiycha calomlashishni, askarning safga turishdan oldingi, safdagi majburiyatlarini bilish; fuqarolik himoyasi, tibbiy xizmatini tashkil etish asoslari va uning vazifalarini, zararlanish o`chog`ida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish va tibbiy muolajalarni bajarish qoidalarini bilish; tibbiy muassasalarida ishlayotgan kichik tibbiy xodimlarning vazifalarini amalda bajara olish.



JISMONIY TARBIYA

Asosiy turkum harakatlar ko`nikmalariga ega bo`lish; turnikka tortilish (o`smirlar uchun 11 ta) qo`llarni gimnastik o`tirg`ichga qo`ygan holda bukish va yozish (qizlar uchun 10 ta) , va boshqa gimnastika mashqlarini bajara olish; saflanish, yugurish, uzunlikka ( o`smirlar uchun 4,2 m, qizlar uchun 3,4 m) , balandlikka ( o`zmirlar uchun 1,25 m, qizlar uchun 1,1 m) sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajarish malakalariga ega bo`lish; milliy kurash qoidalarini bilish; 100 m masofaga (o`smirlar uchun 14,5 sekund, qizlar uchun 17,1 sekund) yugurish , 60 m ( o`smirlar uchun 8,6 sekund, qizlar uchun 10,3 sekund) , 100 m (o`smirlar uchun 14,8 sekund, qizlar uchun 17,3 sekund) masofaga bosqich bilan estafetali yugurish; 3 - 2 km masofaga notekis joylar bo`ylab bir me`yorda sekin yugurish mashqlar ini bajara olish; 50 metrga suzish (o`smirlar uchun 1,2 min., qizlar uchun 1,3 min.); gimnastikaga oid umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish; jismoniy tarbiya bo`yicha mustaqil mashg`ulotlar o`tkazish uchun zaruriy bilimga ega bo`lish; sport va boshqa mashg`ulotlar jarayonida jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko`rsata olish; jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalana olishni bilish; kun tartibini to`g`ri tashkil eta olish, o`zini o`zi nazorat qilishda ob`ektiv ma`lumotlardan foydalanishni bilish; tanlab olingan mutaxassislikka bog`liq holda ishlab chiqarish gimnastikasi vositasida charchashning oldini olishni bilish.



DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI

Davlat va huquqqa oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g`oyalarni bilish,davlat shakllari haqida bilimlarga ega bo`lish, huquq va ahloqning o`zaro bog`liqligi va tafovutlatini bilish; huquq me`yorlarini bilish,hamda o`zlarining xatti - harakatlarini ana shu me`-yorlarga monand ravishda boshqara olish malakasiga ega bo`lish, huquqni qo`llash, huquqni muhofaza qiluvchi funktsiyalarini bilish hamda o`z huquq-laridan foydalanish malakasiga ega bo`lish; huquqiy davlatning tushunchasi, tamoyillari, maqsad va afzalliklarini bilish; O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridagi davlat va hu-quqqa oid g`oyalarni bilish va ular asosida mushohada yurita olish malakasiga ega bo`lish, o`zbek milliy davlatchiligi va uning tarihiy taraqqiyoti haqida bi-limlarga ega bo`lish,Konstitutsiyaviy huquq mazmunini, O`zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tuzilishi va mazmunini tavsif-lay olish; inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari tizimlarini va ulardan foydalanish kafolatlarini bilish, Konstitutsiya va qonunlarga qat`iy rioya qilish, O`zbekiston Respublikasining ma`muriy - hududiy tuzilishini va ularning huquqiy asoslarini, O`zbekiston Respulikasining davlat hokimiyat ti-zimi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo`linishini, ularning tuzilishi va vazifalarini bilish; iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, ma`rifiy sohalarga oid qonunlarning asoslarini bilish va ulardan hayotda foydalana olish, huquqbuzarlik va javobgarlik tu-shunchasi, turlarini va ularni qo`llash tartiblarini, mehnat huquqi mazmuni, uning shaxsni tarbiyalashdagi o`rni,mehnat huquqi manbalarini,mehnat shart-nomalarini tuzish va bekor qilish asoslarini,ishga qabul qilish tartibini,meh-natni huquqiy muhofaza qilish asoslarini,mehnat intizomi tushunchasini va uni mustahkamlash choralarini bilish, oila huquqi mazmuni, nikohdan o`tish shartlarini, ota - ona va farzandlarning mulkiy, shaxsiy huquq va burchlari, farzandlikka olish shatrnomalari haqida tushunchaga ega bo`lish; vasiylik va homiylik haqidagi bilimlarga ega bo`lish, ekologiya huquqi maz-muni va tabiat qanday qonunlar asosida muhofaza qilinishini, erdan, suvdan, atmosfera havosidan qonunga muvofiq foydalanish,ekologik qonunlarini buz-ganliklari uchun javobgarlik turlarini, jinoyat huquqi mazminini, jinoyat tu-shunchasini,jinoyatni keltirib chiqaruvchi omillarni,jinoyatda ishtirokchilikni, ularning turlarini,voyaga yetmaganlar jinoyatini,ularning javobgarligini,jino-yatning oldini olish yo`llarini,jazo tushunchasi, jazo turlari, jazodan ozod qi-lish, jazoni yengillashtirish, og`irlashtirish sabablarini, ayb va uning shakl-larini, qasddan jinoyat qilish sabablarini, har xil turdagi jinoyatlar va ular uchun qo`llaniladigan jazo choralarini bilish.
Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish