J insiy ko'payish
Jinsiy koʻpayish koʻk - yashil suvo'ttoifalardan tashqari hamma suvo'tlarning hayotida uchraydi .
Jinsiy koʻpayish gametalarning bir - biri bilan qo'shilishi
( kopulatsiya ) natijasida sodir bo'ladi :
Bir xil gametalar qoʻshilsa , bu jinsiy jarayoni – izogamiya.
Bir gameta yirik , ikkinchisi mayda boʻlsa , bu jinsiy jarayon - geterogamiya .
3. Tuxum hujayra bilan gameta qoʻshilsa , bu jinsiy jarayon – oogamiya.
4. Ikkita qarama - qarshi ipdan bir - biriga qarab o'simtalar hosil boʻlib , bitta hujayraning protoplasti ikkinchisiga qoʻshilib , zigota hosil qiladi - konyugatsiya .
Gametalar gametangiyda yetiladi va suvga tushgandan so'ng , harakat qilib qo'shiladi va zigota hosil boʻladi .
Zigota ichida avvalo gametalarning sitoplazmasi , keyinchalik ularni yadrolari qoʻshiladi .
Pirovordida ularni xromosomalari birikib diploidli zigota hosil bo'ladi .
Zigota tinchlik davrini oʻtgandan so'ng , uni diploidli yadrosi ( meyoz ) bo'linib , xromosomalar soni ikki barobar kamayadi . Shundan so'ng gaploidli faza boshlanadi .
Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobigʻi tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va gʻujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, S. 10 boʻlim; koʻk, yashil, qizil, tillarang , diatom, dinofit, qoʻngʻir, sariqyashil, evglenasimon, yashil, harasimonlarga ajratiladi.
41000 dan ortiq turi maʼlum. Dengizlarda qirgʻoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va oʻta shoʻrlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, togʻ va dashtlarda uchraydi.
Xivchinli davrga ega boʻlgan S. 2 guruhga boʻlinadi: a va v xlorofillga ega boʻlgan yashil S. (evglenasimonlar, yashil S, harasimonlar) hamda v xlorofillsiz, lekin koʻpincha s xlorofillga ega boʻlgan sariqqoʻngʻir S. (tillarang , diatom, sariqyashil S). S.ning har xil boʻlimlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib c hiqqanligi taxmin qilinadi.
S. biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta ahamiyatga ega; okeanlarda Si biomassasi 1,7 mlrd. t ga yaqin (1 yilda 550,2 mlrd. t). S. 1 ga suv yuzasiga nisbatan 1,3—2,0 t quruq biomassa h osil qiladi.
Yer atmosferasida erkin kislorodning paydo boʻlishi ham S. bilan bogʻliq. S. eng qad. organizmlar boʻlib, ulardan boshqa oʻsimliklar kelib chiqqan. Koʻpchilik bir xujayrali S. zamburugʻlar bilan simbioz yashashi tufayli lishayniklar xrsil boʻlgan (qarang Lishayniklar).
Do'stlaringiz bilan baham: |