Alfred Bernhard Nobel
Alfred Bernhard Nobel (21 oktabr 1833, Stokgolm, Shvetsiya — 10 dekabr 1896, San Remo, Italiya) — shved kimyogari, muhandis, dinamitning ixtirochisi. O’zining ulkan boyligini Nobel mukofotini tadbiq etishga vasiyat qilgan. Uning sharafiga sintezlanib olingan kimyoviy element nobeliy nomlangan.
Alfred Nobel, dinamitning ixtirochisi va Nobel mukofotining tadbiqotchisi
Tavalludi 1833 yil, 21 oktabr
Stokgolm, Shvetsiya
Vafoti 1896 yil, 10 dekabr
Sanremo, Italiya
Millati Shved
Sohasi Kimyo
Mashhur ishlari DinamitNobel mukofoti
1. Biografiya
Nobel, o’n yettinchi asr olimi Olaus Rudbeck(1630-1708)ning avlodi. U Immanuel Nobel (1801-1872) va Andriette Ahlsell Nobel (1805-1889)larning uchinchi farzandi. Alfred Nobel 1833-yil 21 oktyabr Stokgolmda tug’ilgan. 1842-yili oilasi bilan Sankt Peterburgga ko’chib o’tishadi, u yerda otasi torpedalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Alfred professor Nikolay Nikolayevich Zininning qo’lida kimyoni o’rganadi. 1859-yili otasining ishi bilan ikkinchi o’g’li Ludvig Nobel (1831-1888) shug’ullana boshlaydi. Oilaviy biznesi bankrotga uchragach, Alfred otasi bilan birga Shvetsiyaga qaytadi va o’zini portlovchi moddalarni o’rganishga, ayniqsa nitrogliserinni (1847-yilda Ascanio Sobrero tomonidan ihtiro qilingan) havfsiz ishlab chiqarish va ishlatishga bag’ishlaydi.
Nobellarga tegishli zavodda bir necha portlashlar qayd etilgan, ularning birida 1864-yili Alfredning ukasi Emil va bir nechta boshqa ishchilar halok bo’ladi.
Alfred Nobelning dramaturg sifatidagi faoliyati - uning biografiyasining eng mashhur bo’lmagan faktlaridan biri. Uning yagona pyesasi - "Nemezida" - Beatrisa Chenchi haqidagi nazmda yozilgan 4-aktli fojia. U o’lim to’shagida yotganida nashrdan chiqadi, ammo uch nushadan tashqari butun adad uning vafotidan so’ng darhol yo’q qilinadi, chunki pyesa janjalli va shirkli deb topiladi. Saqlanib qolingan birinchi nashr (ikki tilda, shved va esperanto) Shvetsiyada 2003-yili chop etiladi.
Alfred Nobel Stokgolmdagi Norra qabristonida dafn etilgan.
Nobel mukofoti (ingl. Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qo’shganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.
Alfred Nobelning vasiyatiga ko’ra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yo’nalish bo’yicha mukofotlar mavjud:
fizika,
kimyo,
fiziologiya va tibbiyot,
adabiyot,
jahonda tinchlik o’rnatish ishlari bo’yicha harakatlar uchun (Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti).
1969-yildan boshlab, Nobel mukofoti iqtisodiyot sohasida ham berila boshladi.
Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 mln shved kronasi (1,3 mln $ atrofida)ga teng.
Нобель, Альфред
Do'stlaringiz bilan baham: |