Aleksandr Konstantinovich Glazunov


Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/92
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#261230
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Bog'liq
MDH

Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich 

 

   Dmitriy 



Dmitriyevich 

Shostakovich 

zamonamizning 

atoqli 


kompozitorlaridandir. Shostakovich 1906 yilda Peterburgda injener –kimyogar 

oilasida  tug’ildi.  Otasi  musiqani  tushunadigan  va  qadrlaydigan,  musiqa 

namoyondalari  bilan  yaqindan  munosabatda  bo’lgan  zuyolilardan  edi.  Onasi 

ham musiqa olamiga yaqin bo’lish bilan birga fortepianoda chalar edi . 

  Oiladagi musiqa muhiti yosh Dmitriyga ta’sir qilmay qolmadi. 

Bola to’qqiz yoshidan fortepiano chalishni o’rgana boshladi. 1919 yildan 1925 

yilgacha  Leningrad  Konservatoriyasida  ikki  mutaxassislik-kompozitsiya  va 

foprtepiano  bo’yicha  L.Nikolayeva  ,  kompozitsiya  bo’yicha  M.Shteynberg  

sinflarida ta’lim oldi. 

  Kompozitor konservatoriyada o’qib yurgan chog’larida orkestr uchun  «Uchta 

fantastik raqs» va birinchi simfoniyasini yozdi. 

Kompozitorning  bundan  keyingi  ijodiy    yo’li  –ijodiy  izlanish,  zo’r 

muvaffaqiyatlar, ba’zida esa muvaffaqiyatsizlik bilan bog’liqdir. 

Uning  «Aforizmlar» va  «Birinchi fortepiano sonatasi»asarlarida,  

«Nos»(Gogolning asari asosida)operasida modernizm ta’siri sezilib turadi. 

  1930  yilda    «Oltin  asr»,  1931  yilda    «Bolt»  va  1943  yilda    «Musaffo 

sharsharalar» baletlarini yozadi. 

  Bu asarlari orasida 1932 yilda yaratilgan   «Mtsensk uyezdlik Ledi Makbet»( 

«Katerina  Izmaylova»)  operasi  o’zining    novatorligi,  monumentalligi  bilan 

alohida  o’rin tutadi. 

  «Katerina  Izmaylova»    operasining  librettosini  D.Shostakovichning    o’zi 

X.Preys bilan birgalikda, N.Leskovning qissasi asosida yozgan. 

  «Katerina  Izmaylova»  operasi  janr  va  musiqaviy  ifoda  vositalarining  turli-

tumanligi bilan ajralib turadi. Operada nafis va yumshoq lirika, mudhish fojia, 

hajviy  xalq  epik  elementlari,  inson  hissiyotining    yorqin  dramatizmi  muhim 

o’rinda turadi. 

   Bu opera 1956 yilda muallif tomonidan qayta ishlangan . 



 

76 


  Shostakovishning Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratgan barcha asarlari ichida 

Yettinchi  simfoniyasi  katta  shuhrat  qozondi.Kompozitorning  o’zi  bu  asari 

xaqida bunday deb yozgan edi: «Men kahramonliklar ko’rsatayotgan,dushman 

ustidan  g’alaba  qozonish  uchun  kurashayotgan  kishilarimiz  haqida  asar 

yaratishni  istar  edim  …Men  o’zimning  Yettinchi  simfoniyamni  bizning  

fashizm  bilan  bo’lgan  qurashimizga  ,    bizning  albatta  g’alaba  qilishimizga 

,mening jonajon shahrim-Leningradga bag’ishlayman». 

  Yettinchi  simfoniyadan  boshlab,  Shostakovich  ijodida  urushni  qoralash 

mavzusi    muhim  o’rin  oldi.  Dmitriy  Dmitriyevich  Shostakovich  ijodiy 

izlanishlar  bilan  bir  qatorda    pedagoglik  faoliyati  ham  uning  hayotida  muhim 

rol o’ynaydi. 

Kompozitor  1937-1939  yillarda  Leningrad  konservatoriyasida,  1943-1948 

yillarda    Moskva  konservatoriyasida  o’nlab  kompozitor  kadrlarni  tarbiyalab 

yetishtiriradi.  Uning  o’quvchilaridan  A.Gadjiyev,  K.Karayev,  Yu.Levitin, 

G.Sviridov kabi talantli kompozitorlar yetishib chiqdi. 

    Shostakovichning ijodi urushdan keyingi yillarda yanada gullab-yashnadi. U 

«O`rmonlar haqida qo`shiq», «O`nta poema» oratoriyasini, «Vatanimiz ustida 

quyosh  charaqlaydi»  kantatasini,  O`ninchi,  O`n  birinchi,  O`n  ikkinchi,  O`n 

uchinchi simfoniyasini va boshqa shu kabi asarlarni yaratdi. 

    Shostakovichning kino uchun yozgan  musiqalari zo`r ta’sir kuchiga ega. U 

«Viborg  tomoni»,  «Buyuk  fuqaro»,  «Miltiqli  kishi»,  «Yosh  gvardiya», 

«Elbadagi uchrashuv» va boshqa shu kabi asarlarni yaratdi. 

    Shostakovich  uzoq  yillar  davomida  jamoat  ishlarida  faol  ishtirok  etib 

kelgan.  U  SSSR  slavyan  komiteti  va  jaxon  tinchlik  komitetining 

a’zosi.Kompozitorga  1939-yilda  professor,1942-yilda  RSFSR  da  xizmat 

ko`rsatgan san’at arbobi,1948-yilda RSFSR xalq artisti,1954-yilda SSSR xalq 

artisti, 1964-yilda Boshqirdiston ASSR xalq artisti, 1965-yilda san’atshunoslik 

doktori unvoni berildi. 1966-yilda kompozitor Sotsialistik Mehnat Qahramoni 

bo`ldi.  Shostakovich  1941-1942-1946-1950,1952-yillarda  SSSR  Davlat 

mukofoti laureatiga, 1954-yilda «Xalqlar o`rtasida tinchlikni o`rnatish uchun» 

xalqaro  Lenin  mukofoti  laureatiga  sazovor  bo`ldi.  Kompozitor  bir  necha 

ordenlar bilan mukofotlandi. 

    Dmitriy  Shostakovichning  ijodiy  merosi  2ta  opera,  3ta  balet,  operetta, 

vokal-simfonik  poema,  oratoriya,  14ta  simfoniya,  uvertyuralar,  syuitalar, 

kamer asarlari, kinofilm uchun musiqalar va hokazolardan iborat. 

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish