Sergeyning otasi agrоnom, onasi fortepianoda chalishni biladigan ziyoli
boshladi, besh yoshida kichik musiqa piyessalarni yaratishga urinib ko’radi
Prokofyev kompozitsiya sinfida o’qigan yillarida boshlagan ijodiy qadamini
bevosita sahna asarlari bilan, birinchi navbatda opera san’ati bilan bog’laydi .
sinfini bitiradi. Forteipano sinfida o’qish bilan bir qatorda N.Cherepning
bergan edi.1912-1913 yillarda fortepiano bilan orkestr uchun ikkita konsert,
1915 yilda simfonik orkestr uchun «Skif suitasi» (Ala va Lolliy), fortepiano
qadar yaratgan yirik asarlaridan edi. 1917 yilda uning mashhur «Klassik
davomida chet ellarda yashaydi. U chet ellarda turgan davrida ham musiqa
69
«Uchta apelsinga muhabbat» operasini yozadi. Opera Karlo Gotsinning
asariga asoslangan bo’lib, romantik ertak-opera sifatida talqin qilinadi. Bu
asar, muallifning takidlashicha, teatrda o’ynashga mo’ljallangan shodiyona
niqobli spektakildir.
Prokofyev 1919-1927 yillarda B.Bryusov romani asosida «Jozibali farishta»
operasini yozadi. Bu opera 1928 yilda Parijda, 1955 yilda esa Venetsiyada
sahnaga qo’yilgan edi. Kompozitor chet elda bir qancha baletlar ham yozgan.
«Yetti masqarabozni yengan bir masqaraboz haqida ertak» (1920) «Po’lat
sakrashi» (1925), «Daydi o’g’il» (1928), «Dneprda» (1930) singari baletlar
shular jumlasidandir. Prokofyev chet ellarda bu sahna asarlaridan tashqari
uchta simfoniya, fortepiano bilan orkestr uchun ikkita konsert va boshqa
asarlarni yozdi.
Prokofyevning ijodi vataniga qaytib kelgandan keyin yanada rivoj topdi,
muallifning tanlagan mavzular doirasi kengaydi, ajoyib opera va baletlar
yarata boshladi. 1936 yilda yilda uning mashhur baleti «Romeo va Djuletta»
yuzaga keldi, 1941 yilda «Zolushka» 1949 yilda «Tosh gul haqida ertak»
baletlarini yozib tugatdi.
Kompozitor opera yaratish ustida to’xtovsiz ish
olib bordi. Natijada «Semyon Kоtko» (1939), «Monastirdagi nikoh» (1940),
«Urush va tinchlik» (1943) «Chin inson haqida qissa
» (1948) operalari
yaratildi.
Sergey Sergeyevich Prokofyevga 1947 yilda RCFSR xalq artisti unvoni, 1946
va 1951 yilda Davlat mukofoti sovrindori va vafotidan keyin 1957 yilda
Lenin mukofoti sovrindori berildi. Kompozitor 1953 yil 5 mart kuni
Moskvada vafot etdi.
Prokofyev o’z hayoti davomida 8 ta opera, 7 ta balet, oratoriya, 6 ta kantata, 7
ta simfoniya, simfonik syuitalar, uvertyuralar, fortepiano uchun 5 ta konsert,
skiripka va orkestr uchun 2 ta konsert, violonchel va orkestr uchun 2 ta
konsert, damli orkestr uchun 5 ta marsh, 2 ta torli kvartet, 14 ta sonata, 30 ta
romans, bolalar, teatr va kinofilmlar uchun bir qancha asarlar yozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: