Aldangan Ayselning tavbasi


Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim…



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/47
Sana14.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#118900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
alamli bolalik yillarim

 

Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim… 

Yana qaytaman o’sha bolalik yillarimga. Lekin oson emas. Chunki aytadigan

yozadiganim shu qadar ko’pki, qo’nimsiz, beqarorligim shundan. Sizga tartibli bir 

maktub yozolmayamn deb aytdimku. Shu sabab bu maktub emas, bir safsata 

bo’lar…Gap va hayollar xirmonidir balki… 

Yana ham qat’iyatliman… 

Hasta dadam yo’qchilikka bardosh berolmaganidan meni bir yoshimda, akamni esa ikki 

yoshida bolalar uyiga berdi. Biz aqlimizni taniganimizda atrofimizda bir guruh bolalar 

bilan oqshomgacha g’alva qilar, yuz tirnab soch yulishardik. Ayol tarbiyachilarning 

muloyim yuzi, tabassum qilgan chehrasi, mehr to’la ko’zlarini hech qachon his 

qilmaganman. Doimo ustimda musht, kufr va ozorli so’zlar…”Yo’qolasan, harom o’lasan, 

inshaalloh” kabi duoyibadlar. 

O’grilikni ilk bora o’sha yerda o’rgandik. O’g’irlaganim ham bir chaqaloq edi. Shuning 

uchun ham o’rtog’imdan ham tarbiyachimdan kaltak yegandim. Ammo hadeb kaltak 

yeyaversangiz, ta’siri sezilmay qolarkan. Jonni og’ritish tarbiya bermaydi. Bu juda hato 

usul. 


O’qituvchilikdan, tarbiyachilikdan xabarim yo’q, ammo bu yo’l yanglish edi. Chunki 

kaltak yegach, yana o’g’irlik qilaverardim. Yomon so’z eshitgach, yana ham ko’proq 

yaramasliklar qilardim. Buning eng katta sababi esa meni tarbiyalagan kattalarning 

mehrsiz munosabatlari edi. 

Endi o’ylasam, bu kabi joylarda ishlaydigan ayollar ham mutlaqo ona bo’lishmagan, 

ularda sevgi va achinish hissi sust bo’larkan. Oddiy, insofsiz va mehrsiz ayollar 

tarbiyalayamn deb juda ko’p bolalarni buzib, zararli yo’lga solib qo’yadilar. 

Nima bo’lganida ham hozir falsafa qilmoqchi emasman. Yana ortga qaytib, yaxshi bir 

ta’lim olishga hech hushim yo’q. Nima qilishsa qilishsin. Natija men kabi bo’lganidan 

keyin…. 


Yoshim oltiga to’lganida akam bilab bir-birimizni yaxshigina qo’llay boshladik. Dadam 


avvaliga tez-tez kelib turardi, keyin esa yo’qlashni kamytirdi. Ishim ko’p, kelolmayman, 

der edi u. Aslida og’ir kasal ekanlar. Bizga lavlagi va mayiz olib kelardi. Kam-kam harid 

puli berardi. Ammo bu pullarning hech foydasini ko’rmasdik. Nima qilsak qilardik doimo 

o’g’irlatardik. Biz ham o’g’irlardik, albatta. 

Mendan bir yosh katta akam juda mehribon edi. Juda tez yig’lardi. Voqealarning farqiga 

borgach ko’zlari yana ham so’lginlashgandi. Men unaqa emasdim. Biroz qattiq fe’lli, biroz 

loqayd. Ba’zan ovqatlanishda bizga meva berishardi. Akam uni yemas, menga 

keltirardi:”Men o’g’il bolaman, har joydan topaman. Sen qiz bolas an birovdan 

so’rolmaysan”. Oh, akajonim! Sen qanchalar mehribon aqlli eing-a! 

Meni kechiring bu sahnani yozolmayman. Qachonki yodimga akam tushsa, go’yo 

ichimda bir narsalar qo’porilib ketardi. U mening hayotimda yagona suyanchig’im, 

yagona do’stim, yagona sirdoshim edi. 

Nima bo’ldi deysizmi? Bardoshim yetsa buni ham tushuntirarman. Men yetti yoshligimda 

boshlang’ich maktabning birinchi sinfiga bordim. Akam kasal edi. Shamollab qolgandi. 

Bir nech kun maktabga borolmadi, yotoqxonada qoldi… 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish