oydan yaxshi qilib berdi”.
Abu Hurayra (rz.)dan rivoyat qilinadi. Rasul akram (sav):
“Kimiki Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha qilgan gunohlari
mag‘firat qilinur”, - dedilar.
Rivoyat qilinishicha, bir kuni Muso (a.s.) Alloh taologa nido qilib:
“Iloho, sening yaqinligingni bilishni istayman”, - dedi.
Alloh taolo:
“Men Qadr tunida uyg‘oq bo‘lganlarga yaqindirman”, - dedi. Muso (a.s.) yana:
“Iloho, sening
rahmatingning orzusidaman”, - dedi. Alloh taolo:
“Mening rahmatim Qadr kechasida miskinlarga rahm
qilganlarga
dir”, - dedi. Muso (a.s.):
“Iloho, sirot ko‘prigidan yashindek o‘tishni istayman”, - deganlarida, Alloh
taolo:
“Qadr kechasida faqirlarga sadaqa berganlarni oldinroq o‘tkazaman”, - dedi. Muso (a.s.) nidolarini davom
etib:
“Iloho, jannat bog‘larida bo‘lishni va ularning mevasidan tanovul qilishni istayman”, - dedi.
“Qadr kechasida
tasbeh aytib, Meni zikr etish bilan mashg‘ul bo‘lganlar jannat bog‘lariga sazovor bo‘lishadi”, - dedi Alloh. Muso
(a.s.):
“Iloho, do‘zaxdan najot topishni istayman”, - deganlarida, Alloh taolo
“Qadr kechasida istig‘forni ko‘p aytganlar
do‘zaxdan najot topadilar”, - dedi. Muso (a.s.) yana iltijo qilib:
“Iloho, sening roziligingni topishni istayman”, -
deganlarida, Alloh haq subhanahu va taolo:
“Ey Muso, Mening roziligimni qadr kechasida ikki rak’at nafl namoz
o‘qiganlar topadilar”, - dedi (“Zubdatul vo’izin” kitobidan).
Qadr kechasi Ramazon oyining nechanchi kechasi ekanini Alloh va Rasuli tomonidan sir tutilgan edi. Lekin sahobalar Rasul
(a.s.)dan uni aniqlab aytib berishlarini ko‘p so‘raganlaridan keyin dastlab oyning uchinchi o‘n kunligida, keyinroq toq
kechalaridan izlash kerakligi haqida aytganlar. Oxiri u kechaning alomatlarini aytganlaridan so‘ng 27 kecha ekani ma’lum
bo‘lgan (Bag‘aviy tafsiri).
Rasululloh (sav) shunday deganlar:
“Laylatul Qadr yigirma yettinchi kechadadir”, - dedilar”.
Bu kechada ro‘zador bedor bo‘lib, ahli ayolini ham, yoru do‘stlarni ham savobli ishlarga chorlab turish lozim. Alloh taolo
o‘sha kechaning barakotidan ming oylik ibodatning ajru savobidan ko‘ra yaxshiroq ajru savob berishidan umidvor bo‘lishi
kerak. Qadr kechaning va undagi bedorlik, ibodat, namoz, Qur’on tilovati hamda iltijo, tazarru’, duolar fazlidan o‘tgan
gunohlarni kechirishidan umidvor bo‘lishi kerak. Lekin yana shu narsani ham unutmasligimiz lozim-ki, Ramazon oyining har
bir kuni va tuni ulug‘dir. Shuning uchun ham bizlar mana bu kunlarni g‘animat bilgan holda, unda ibodat va ro‘zalardan
tashqari boshqa xayrli va savobli ishlarga ham ko‘proq e’tibor qaratishimiz, keksalarni ziyorat qilib duolarini olishimiz, nochor
oilalar bo‘lsa ularga ham e’tiborli bo‘lishimiz, hojatmandlarning hojatlarini chiqarishga harakat qilishimiz va shu kabi savobni
ko‘paytiruvchi ishlarga intilishimiz, dinimiz ko‘rsatmalaridandir. Alloh taolo barchalarimizni O‘zi rozi bo‘ladigan amallarni
qilishimizda yoru madadkor bo‘lsin!
O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Jum’a mav’izalaridan olindi.