III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
3.1 Alangali fotometriya usulining ahamiyati va qo’llanilishi
Kimyoviy elementlarni ochish va aniqlash uchun alangali fotometriyani ikki xil varianti qo‘llanadi: alangali emission fotometriya (alangali emission tahlil) va alangali absorbsion fotometriya (alanga absorbsion, atom – adsorbsion tahlil). Bu usulning sezgirligi ancha yuqori bo‘lib, atom yoki ionni ochilish minimal chegarasi 0,001 mkg/ml ni tashkil etadi.
Alangali emission fotometriya (spektrometriya). Yuqorida ko‘rsatilgandek, bu usul emission spektral tahlilning bir ko‘rinishidir. Tarkibida ochiluvchi yoki aniqlanuvchi kimyoviy element bo‘lgan eritma alangaga oddiy moslama vositasida, aerozol xolida kiritiladi. Alanganing haroratida tahlil etiluvchi modda parchalanib atomlarga ajraladi. Hosil bo‘lgan atomlar qo‘zg‘algan holatga o‘tib (qo‘zg‘algan holatda qisqa muddat bo‘lgach) foton ko‘rinishidagi qo‘zg‘alish energiyasini ajratadi, bu xol alanga fotometriyasida tegishli spektral chiziq qo‘rinishida qayd etiladi.
Alanganing harorati ortgan sari qo‘zg‘algan atomlar soni ham orta boradi.
Amalda qo‘llanadigan gaz aralashmalarini alanga harorati juda baland emas (havo atmosferasida ˜1900°С дан 2250°С gacha, kislorod atmosferasida yoqilganda ˜2700°С дан ˜4580°С гача). Shuning uchun atomlarda amalga oshadigan qo‘zg‘algan holatlar soni ko‘p bo‘lmagani sababli, nurlanish spektrida sanoqli spektral chiziqlar hosil bo‘ladi va spektrni talqin epish osonlashadi. Elektr yeyi ta’sirida xosil bo‘lgan emission spektrda chiziqlarni ko‘plig va ust-ma ust tushgani ular talqinnini qiyinlashtiradi. Alangali fotometriyada odatda havoning atsetilen bilan aralashmasi (˜1840°С) yoki kislorodni atsetilen bilan aralashmasi (˜2955°С) qo‘llanadi.
Atom spektrda chiziqlarni talqin etish emission spektrlarni boshqa turlaridagi kabi bajariladi.
Alangali atom – absorbsion fotometriya (alangali atom – absorbsion spektrometriya). Usulning mohiyati quyidagicha:
Tarkibida aniqlanuvchi kimyoviy element (natriy, kaliy va xoqazo)ni saqlagan moddaning eritmasi aerozol holda alangaga purkaladi. Alanganing yuqori harorati ta’sirida tahlil etilayotgan namuna parchalanib atomlarga ajraladi. Alangadan, aniqlanuvchi elementning rezonans nurlanishiga mos, qo‘zg‘atuvchi nur o‘tkaziladi. Qo‘zg‘atuvchi nur manbai sifatida, aniqlanuvchi element atomlarini rezonans qo‘zg‘alishiga mos keladigan nur chiqaruvchi lampa qo‘llanadi. Namuna parchalanishi natijasida alanagada hosil bo‘lgan, element atomlari (agar qo‘zg‘almagan asosiy energetik holatda bo‘lsa) faqat shu elementga xos rezonans nur fotonlarinigina yutadi. Masalan, qo‘zg‘almagan natriy atomlari boshqa kimyoviy elementlar emas, balki aynan natriy atomlarining rezonans nurlarinigina yutadi.
Qo‘zg‘almagan atomlarga qo‘zg‘atuvchi nur qisman yutilishi hisobiga, yorqinligi, alagadagi aniqlanuvchi element atomlarini konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda, kamayadi. Aniqlanuvchi ion konsentratsiyasi qanchali yuqori bo‘lsa, alangadan o‘tgan nurning yorqinligi shunchalik kamayadi.
Qo‘zg‘atuvchi manbadan chiqgan nur yorqinligi alangadan o‘tgach kamaymasa bu xol taxlil etilayotgan namunada, rezonans nurlanishi qayd etilayotgan element yo‘qligidan dalolat beradi.
Alangada tahlil etilayotgan moddadan o‘tgan rezonans nur yorqinligini kamayshi tahlil etilayotgan namunada tekshirilayotgan element mavjud ekanligini bildiradi.
Aniqlanuvchi elementning tahlil etilayotgan eritmadagi konsentratsiyalarining ma’lum oralig‘ida rezonans nur yorqinligini kamayishi alangadagi nur yutuvchi atomlar soniga, binobarin, eritma konsentratsiyasiga to‘g‘ri mutanosib, ya’ni konsentratsiya ortganda nurni yutilish miqdori ortadi va alangadan o‘tgan nur yorqinligi kamayadi. Tahlil etiluvchi namunadagi elementning miqdoriy tahlili shunga asoslangan.
Atom – abosorbsion spektroskopiya – farmakopeya usuli bo‘lib, dori vositalardagi elementni ochishga nisbatan uni miqdorini aniqlash uchun ko‘proq qo‘llanadi. Masalan: vismut nitrat asosli tuzi 4Bi(OH)2NO3 · BiO(NO3) · BiOOH tarkibidagi ishqoriy va ishqoriy yer metallari, mis, kumush, qo‘rg‘oshinlarni aniqlashda qo‘llanadi.
20.5 jadvalda misol sifatida ba’zi elementlarni alanga – fotometriya usulida taxlil etilishi uchun tavsiya etilgan atom spektral chiziqlarining to‘lqin uzunlik qiymatlari keltirilgan.
20.5 жадвал
Alanga – fotometriya usulida (atseton + havo alangasi va shisha optikali spektrofotometrda) ba’zi elementlarni ochish va aniqlash uchun tavsiya etilgan, spektrning ko‘rinadigan sohasidagi, atom spektral chiziqlarning to‘lqin uzunliklari,
Element
|
λ, нм
|
Element
|
λ, нм
|
Element
|
λ, нм
|
Li
|
670,8
|
Cs
|
422,7; 622,0
|
P
|
548,0
|
Na
|
589,0 – 589,6
|
Sr
|
460,7
|
Cr
|
425,4
|
K
|
766,5 – 769,9
|
Ba
|
870,0
|
Mn
|
403,1 – 413,4
|
Mg
|
384,0
|
B
|
545,0 – 548,0
|
Fe
|
386,0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |