2.2. Fotometrik usulda nodir metallarni aniqlash tahlilini o’tkazish tartibi
Miqdoriy spektral analiz amalda XX asrning boshlaridan qo’llanila boshlandi, bunda analiz uchun spektral chiziklarning nisbiy intensivliklaridan foydalanish birinchi marta taklif etildi.boshka sharoitlar bir xil bulganida spektr chiziqlarning intensivligi qo’zg’otuvchi manbadagi qo’zg’olgan atomlar miqdori bilan aniqlanadi, bu miqdor faqatgina elementning namunadagi kontsentratsiyasiga emas, balki qo’zg’otish sharoitlariga ham bog’liqdir. Qattiq holdagi namuna komponentini plazmaga o’tkazish, suyuqlanish, bug’lanish va sublimatsiya jarayonlarining sodir bo’lishi Bilan bog’liq. Plazmaning tarkibiga temperatura va namunadagi komponentlarning suyuqlanish issiqliklari, ularning diffuziyalanish koeffitsentlari, bug’ bosimi, qo’zg’otish manbaining temperaturasi va boshqa omillar ta‘sir ko’rsatadi. Shu sababli plazmadagi moddaning tarkibi boshlang’ich zichlangan namunaning tarkibidan anchagina farq qiladi. Qo’zg’otish sharoitlarining yetarlicha barqaror emasligi plazmaning tarkibi va temperaturasining o’zgarishiga sabab bo’ladi va spektr chiziqlarining intensivligi o’zgarishiga, demak, analiz natijalarining turlicha chiqishiga olib keladi. Qo’zg’otish manbai barqaror ishlab turganida spektr chiziqlari intensivligining namunadagi elementning kontsentratsiyasiga bog’liqligi quyidagi tenglama orqali tarkibiy aniqlanadi:
I = a׳ ∙ a ″ ∙ C = a ∙ C
Tajribada kuzatiluvchi bog’liqliklarni Lomakin tenglamasi yaxshi ifodalaydi:
I = a ∙ CV
Bunda nur yutish koeffitsenti – a kontsentratsiyaga bog’liq bo’ladi.
Miqdoriy spektral analiz amaliyotida, odatda, alohida chiziqning intensivligidan emas, balki turli elementlarga mansub bo’lgan ikkita spektr chiziqlari intensivliklari nisbatidan foydalaniladi. Shunday qilib, elementning kontsentratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan xossa tarzida aniqlanuvchi element chizig’i intensivligining ayni spektrdagi boshqa element chizig’ining intensivligiga nisbatidan foydalaniladi.
Aniqlanuvchi element chizig’i odatda analitik chiziq deb ataladi va uning intensivligi Ia bilan belgilanadi, yoki uni aralashma chizig’i deyilib, intensivligi Iar bilan belgilanadi. Ikkinchi chiziq odatda taqqoslash chizig’i deyiladi va u intensivliklar nisbati faqat aniqlanuvchi moda kontsentratsiyasiga bog’liq, lekin qo’zg’atish sharoitiga va spektrni qayd qilishga bog’liq bo’lmaydigan qilib tanlanadi. Ba‘zan tekshiriluvchi namunaga ichki standart, ya‘ni chizig’idan taqqoslash chizig’i tarzida foydalaniladigan element kiritiladi. Tarkibida biror elementning miqdori ko’p bo’ladigan namunani analiz qilishda taqqoslash chizig’i sifatida odatda shu elementning chizig’i tanlanadi. Masalan, po’latlarni analiz qilishda taqqoslash chizig’i sifatida temir spektrining chizig’idan foydalaniladi. Taqkoslash chizig’ining intensivligi It bilan, agar chiziq negizga mansub bo’lsa uni negiz chizig’i deb atab Uneg bilan belgilanadi.
Bu holda analitik chiziq va negiz chizig’i uchun Lomakin tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |