Al xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 1,45 Mb.
bet1/2
Sana26.05.2022
Hajmi1,45 Mb.
#610347
  1   2
Bog'liq
1-3-amaliy ish Shaxa kakt



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Keyingi avlod konvergent tarmoqlari fanidan



Labaratoriya ishi - 1
Bajardi: Telekommunikatsita texnalogiyalari ta’lim yo’nalishi
guruh talabasi Muxammedov Shaxriddin
Qabul qildi: Kadirova Laylo


Toshkent-2022






1-Amaliy mashg‘ulot
KONVERGENT VA UFTT TARMOQLARIDA ABONENT TERMINALLAINI RAQAMALASH TAMOYILLARINI O’RGANISH
Mashg‘ulot maqsadi va mazmuni. Aloqa tarmoqlarini, ularni turlarini telefon tarmog‘ining telekommunikatsiya tarmog‘idan farqini, qit’alararo, milliy, xududiy, maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini hamda O‘zbekiston va Toshkent telekommunikatsiya tarmoqlarini qurilish tamoyillarini, numeratsiya tizimini o‘rganish.
Savollarga javoblar
1. Yer shari bo‘laklari oraliqdagi aloqani tashkil qilish bosh markazi bo‘lib qanday kommunikatsiya tizimi hisoblanadi?
Jahonning ko‘pgina mamlakatlari kirgan, elektron aloqaning xalqaro ittifoqi yerning butun territoriyasini, ya’ni 6 qit’ani 8 elektron aloqaning bo‘laklarga bo‘lgan. Har bir bo‘lak bir necha davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini birlashtiradi. Bu bo‘laklarga kiradigan davlatlar nomi:
1. Shimoliy va Markaziy Amerika;
2. Afrika;
3. Yevropa;
4. Janubiy Amerika;
5. Kichik Osiyo, Avstraliya, Okeaniya;
6. Rossiya va sobiq sovet ittifoqining ba’zi bir respublikalari;
7. Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq;
8. Hindiston va yaqin Sharq.
Elektr aloqani tashkil qilish uchun transportirovka tarmog‘ini yaratish kerak. Bu tarmoqni yaratish uchun oldin xalqaro kommutatsiya markazlarini o‘rnatish joyi aniqlanadi. Butun jahon telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish uchun har bir elektr aloqa bo‘laklarida xalqaro kommunikatsiya markazi o‘rnatiladi. Ularni bir-biri bilan bog‘lash uchun yerni sun’iy yo‘ldoshi kanallarini, elektr aloqa kabellarini (mis, simli, optik tolali aloqa liniyalari va x.k.) yoki Trans-Osiyo-Yevropa magistrali kanallarini yoki radio kanallarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda birinchi aloqa bo‘lagida Nyu-York shahrida 3- bo‘lagida London shahrida, 5- bo‘lagida Sidney va Singapur shaharlarida, 6- bo‘lagida Moskva shahrida 7- bo‘lagida Tokio shaharida xalqaro kommunikatsiya markazining uchta sinfi mavjud. Birinchi sinfi (XKM 1) tranizit kommutatsiya tuguni bo‘lib, har bo‘lak kirishida o‘rnatiladi. Bu xalqaro kommutatsiya tuguni bo‘lib, har bo‘lak kirishida o‘rnatiladi. Ikkinchi va uchinchi sinflari (XKM2) shu bo‘lak mintaqasida kommutatsiya markazini yaratish uchun ishlatiladi. XKM2 bir necha mamlakat yoki bitta mamlakat territoriyasiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu sinflar soni tanlab olinayotganda ikkita foydalanuvchi orasidagi kommutatsiya tugunlarni soni 12 tadan oshishi mumkin emas. Shuning uchun ko‘proq faqat bitta xalqaro kommutatsiya markazidan XKM1 ishlatiladi. (2.1-rasm.) Ular bir-biri bilan “har bir har biri bilan” usulda ulanadi.

Butun jaxon telekommunikatsiya tarmog‘i.

XKM1, XKM2, XKM3 bir-biri bilan ulanish rasmda keltirilgan.



Har bir elektr aloqa bo‘lakka o‘z indeksi beriladi. Har bir bo‘lak indeksi, qanday davlatlarni o‘z ichiga olishi va shu davlatlar kodini keltiramiz.
Birinchi elektr aloqa bo‘lagi Indeksi 1. Davlatlar: AQSh -1, Kanada 1.
Ikkinchi bo‘lak Indeksi 2. Davlatlar va ular kodi: Aljir -273, Misr-20, Kongo-242, Efiopiya -251, Uganda -256, Tunis -216, Togo -228, Tanzaliya -225, sierra –lione -232, Senegal - 221, Ruanda -250, Nigeriya -234, Mozambik – 258, Marakko – 212, Mali – 223, Malavi -265, Liviya – 218, Liberiya -231, Lesoto -266, Kongo – 242, Keniya -254, Kamerun -237, Zimbiya – 260, Zimbabe -263, Gviniya -224, Gani -233, Gambiya - 220.
Uchinchi bo‘lak Indeks 3 va 4. Davlatlar va ular kodi: Avstriya -43, Albaniya -355, Armeniya – 374, Belorus -375, Gibraltar -350, Belgiya -32, Bolgariya -359, Bosniya, gersogavina -367, buyuk-Britaniya -44, Vengriya -36, Germaniya -49, Gresiya -30, Daniya -45, Irlandiya -353, Islandiya – 354, Ispaniya -34, Italiya -39, Kipr -357, Litva -370, Latviya -371, Luksemburg -352, Makedoniya -389, Moldovo -373, Portugaliya - 351, Sloveniya -386, Xarvatiya -385, Chexiya -420, Shveysariya -41, Shvesiya -46, Estoniya -372, Yugoslaviya-381.
To‘rtinchi bo‘lak Indeks 5. Davlatlar va ular kodi: Argentina -54, Beliz -501, Boliviya -591, Braziliya - 55, Vengesuela -58, Gaiti -501, Gayana -592, Gvatimala -502, Gonduras -504, Kolumbiya -57, Kosta –Rika -506, Kuba -53, Meksika -52, Nikaragua -505, Paragvay -595, Peru -51, Urugvay -596, Chili -56, Ekvador -593.
Beshinchi bo‘lak Indeks 6. Davlatlar va ular kodi: Avstraliya -61, Indoneziya -62, Malayziya -60, YangiZellandiya -64, Tailand -66, Felipinlar -63.
Oltinchi bo‘lak Indeks 7. Davlatlar va ular kodi: Rossiya -7, kazaxstan -7 va ba’zi sobiq ittifoqini respublikalari shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi -7.
Yettinchi bo‘lak Indeks 8. Davlatlar va ular kodi: Yaponiya -81, Janubiy Korea -82, Vetnam -84, Shimoliy Koreya -850, Kombodjo -855, Xitoy -86, Laos -856, Tayvan -886.
Sakkizinchi bo‘lak Indeks 9. Davlatlar va ular kodi: Turkiya -90, Xindiston -91, Pokiston -92, Irak -964, Butan -975, Iordaniya -962, Yemen -967, Isroil -972, Baxrayayn -973, Shri- Lanka -94, Birlashgan Arab Amirligi -974, Eron -98, Todjikiston -992, Turkmaniston -993, Azarbayjon -994, Gruziya -995, Qirg‘iziston -996, O‘zbekiston -998.

2. Milliy tarmoqni tushuntiring?


Milliy telekommunikatsiya tarmog‘i deganda bitta davlat ichidagi abonentlarga xalqaro tarmoqqa chiqishi xuquqini beruvchi va hudud tarmoqlarini bir –biri bilan bog‘lovchi tarmoq tushuniladi. Milliy tarmoq bir necha hudud tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Hudud tarmoqlar soni davlatning territorial to‘zilishi, mintaqa soniga, ularda abonentlar zichligiga, ularni o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi.
Milliy telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish uchun davlat territoriyasi hududlarga (zonalarga) ajratiladi. Bu ajratishda yuqorida aytilgan talablar hisobga olinadi. Hudud soniga qarab hudud kodidan raqamlar soni aniqlanadi. Hudud kodi AVS yoki VS, S bo‘lishi mumkin.
Davlat tarmog‘idagi liniyalarni samarali ishlatish uchun har bir hududga ulangan liniyalarni yirik bog‘lamga yig‘ib chiqariladi. Shuning uchun har bir hududda avtomatik kommunikatsiya tugunlari (AKT) tashkil qilinadi. Bu kommutatsiya tugunlarini vazifasi har xil hududlarni bir-biri bilan bog‘lash. Ularni ikki sinfi mavjud: AKT-1, AKT-2. AKT-2 pastki bosqich bo‘lib, u bir necha hududlarni bog‘lashi mumkin. AKT -1 esa yuqori bosqich bo‘lib, bir necha mintaqalarni (regionlarni) bog‘lashi mumkin. AKT -1 bir-biri bilan “har biri- har biri bilan” uslubda bog‘lanadi. AKT -2 esa faqat o‘z AKT -1 orqali. Bundan tashqari har bir ma’muriy markazda (viloyat va x.k.) avtomatik shaharlararo, xalqaro, ichki xududiy tarmoqqa chiqishini ta’minlaydi. Misol tariqasida sobiq sovet ittifoqini tarmog‘ini ko‘rib chiqamiz. Uning territoriyasi respublikalarni hisobga olinib, tranzit territoriyaga ajratilgan va har bir tranzit territoriyaga bitta AKT-1 o‘rnatilgan. Demak, AKT -1 soni 15 ta . Har bir tranzit territoriyada ya’ni respublika ichida bir yoki bir necha AKt -2 o‘rnatilgan.
3. ShATS vazifasini ayting?
Har bir viloyat markazi va katta shaharlarga ShATS o‘rnatilgan. Shunda hosil qilingan mintaqalar soni 172 teng bo‘lgan. Shuning uchun mintaqa kodi AVS olingan. AKT -1, AKT-2, ShATS bir-biri bilan ulanish uslubi rasmda keltirilgan.

Xohlagan ikkita ShATS orasidagi AKT soni 4 dan oshishi mumkin emas. Agar shaharlar bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa va ular orasidagi abonentlar muloqoti katta bo‘lsa, bu ShATS bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lanishi mumkin.
Har bir ulanishga to‘g‘ri ulanish yo‘li va oxirgi tanlash yo‘li ko‘zda tutiladi. Oxirgi tanlangan yo‘l albatta bo‘ladi, lekin qolgan yo‘llar texnik-iqtisodiy samara bergandagina quriladi.
Ulash yo‘li tanlash ulash yo‘lining uzunligi oshishi tartibda bajariladi:
– To‘g‘ri yo‘l (eng qisqa) ShATS larni to‘g‘ri ulash;
– Aylanib o‘tish yo‘llari;
– ShATS -1 boshqa mintaqali AKT-2 , ShATS-2.
– ShATS-1 o‘z mintaqasi AKT-2, ShATS-2.
– ShATS-1 o‘z mintaqasi AKT-1, ShATS-2 va hokazo oxirgi tanlash yo‘li.
ShATS-1, AKT-II, AKT-I, AKT-I, AKT-II, ShATS-2. Bunda AL nomeratsiyasi 8- AVS – ab x xxxx AVS – xudud (zona) kodi M:Moskva -095, Toshkent 371 va h.k.

4. O‘zbekiston tarmog‘i xududlari nechta belgilar bilan kodlanadi va nechta?


Mintaqa markazi bo‘lib mintaqa ShATS hisoblanadi. Bu ShATS hamma shahar va qishloq telefon tarmoqlarini bir-biri orasidagi aloqani, hamda ularni xalqaro yoki shaharlararo tarmoqqa chiqishini ta’minlaydi. Toshkent viloyatini mintaqaviy telekommunikatsiya tarmog‘ini ko‘ramiz.
Toshkent viloyatida viloyat markazi Toshkentshaxarida viloyat markazi ShTT VM , bir necha viloyatga bo‘yin sinuvchi ShTTVS va bir necha tuman qishloq telefon tarmoqlari QTT bor. Masalan: Oq qo‘rg‘on, Olmaliq, Angren, Keles, Qibray, Chirchiq, Oxangaron, Bekobod, Bo‘ka, G‘azalkent, Gulbahor, Zafar, Imon go‘zar, Krasnogrsk, Parkent, Soldatskiy, To‘y-tepa, Yangiyo‘l, Xaskavo, Chinoz, Yangiobod, Yangibozor viloyatga bo‘ysinuvchi kichik shaharchalar va Toshkent viloyati tuman QTT.
Ular soni ichki mintaqaviy kod “AV” belgilar bilan aniqlanadi. Demak, ular soni 100 gacha yetishi mumkin.

Mintaqaning xohlagan abonentiga 7 sonli raqam belgilanadi:
ab xxxxxx Mintaqaning mahalliy raqami Mahalliy TT dagi abonent liniya raqami
Mintaqa maksimum sig‘imi 8000000 ga teng. Viloyat markazi ShTT abonent liniyalari nomeratsiyasi:
80000 dan kichik sig‘imga ega bo‘lgan ShTT da- XXXXX;
800 000 dan kichik bo‘lgan ShTT da b XXXXX;
8 mlngacha bo‘lgan ShTT da ab - XXXXX.
Viloyatga bo‘ysinuvchi: ShTT X- XXXX QTT XXXXX
Ichki mintaqaviy aloqa o‘rnatish uchun: hozirgi 8-2- ab - XXXXX Kelajakda 0-AVS- ab – XXXXX
Xulosa:
Bugungi 1-chi lobaratoriya ishida aloqa tarmoqlarini, ularni turlarini telefon tarmog‘ining telekommunikatsiya tarmog‘idan farqini, qit’alararo, milliy, xududiy, maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini hamda O‘zbekiston va Toshkent telekommunikatsiya tarmoqlarini qurilish tamoyillarini, numeratsiya tizimini o‘rgandim.Milliy tarmoq va ShATS vazifasi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’ldim.


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish