Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari unversiteti Fan: O’zbekiston Tarixi Guruh: hsm024-1 Talaba: Yahyoyev Komronbek



Download 18,86 Kb.
Sana24.01.2021
Hajmi18,86 Kb.
#56696
Bog'liq
7-nazorat savollari YK


Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari unversiteti

Fan: O’zbekiston Tarixi

Guruh: HSM024-1

Talaba: Yahyoyev Komronbek

O’qituvchi:Bobojonov Hasan

Vazifa: 7-nazorat savollari

Savollar


1. XIV asr boshlarida Movarounnahrdagi siyosiy ahvol qanday boʻlgan?

2. Amir Temur qachon markazlashgan davlat tuzdi?

3. Temur davlatining boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?

4. “Temur tuzuklari” nima?

5. Amir Temur qanday harbiy yurishlarini amalga oshirgan?

6. Davlatdagi tashqi siyosat, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlar qanday boʻlgan?

7. Temuriylar davrida ilm-fan qanday taraqqiy etgan?

8. Ulugʻbekning ilmiy maktabi haqida nimalar bilasiz?



Javoblar

  1. XIV asrda O‘rta Osiyoda hali mo‘g‘ullar hukmronligi davom etayotgan edi. 1346-yili Chig‘atoy ulusi xoni Qozonxon amir Qazag‘an tomonidan oidiriladi, 1358-yilda amir Qozog‘on ham oidiriladi, natijada ulus 10 ga yaqin bekliklarga bolinib ketadi. XIV asrning 50-60- yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik gʻoyatda kuchayib, oʻzaro kurash yanada keskinlashdi. Davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, oʻzaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab boʻlib, oʻlka aholisini, ayniqsa dehqonchilik xoʻjaligini xonavayron qilgan edi.



  1. 1370- yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qoʻshini bilan Keshdan chiqib, Balxni qamal qilib, shaharni egalladi. Movarounnahrning hukmdori Amir Husayn qatl etildi. Oʻsha- yili Balxda qoʻshin boshliqlarining qurultoyida Temur Amir deb e'lon qilindi va uning hukmronligi rasman qaror topadi. Amir Temur qadimgi odatga binoan oq kigiz ustiga oʻtqazilib, yuqori koʻtariladi. Amir Temurning piri Sayyid Baraka duoyi fotiha qilgach, u Movarounnahrning hukmdori deb e'lon qilinadi. Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur oʻz oldiga markazlashgan, kuchli, qudratli davlat barpo etish vazifasini qoʻyadi.



  1. Amir Temur davlat boshqaruvida suyurgʻol siyosatini qoʻlladi, davlatni markazdan turib idora etdi. Amir Temur davrida davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi-bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat, Vazirlik mahkamasi turardi. Birinchi vazir – soliq-oʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan. Ikkinchisi – harbiy ishlar vaziri boʻlgan. Uchinchi – vazir savdo ishlari, tamgʻa, zakot va meros ishlariga qaragan. Toʻrtinchisi – moliya vaziri, davlat xazinasini boshqargan. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Davlat siyosatida qoʻshinga alohida ahamiyat berilgan.



  1. Amir Temur nomi bilan bogʻliq boʻlgan, uning siyosiy, huquqiy qarashlari toʻplami “Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Voqioti Temuriy” (“Temurning boshidan kechirganlari”) kabi nomlari bilan sharq va gʻarbda mashhur boʻlgan asari xorijiy tillarga tarjima qilingan va mamlakatimizda hamda Angliya, Fransiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr kabi davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.



  1. Avval Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi yerlarni, shuningdek, Fargʻona va Shosh viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi. Amir Temur Chigʻatoy ulusining oldingi chegaralarini tiklash maqsadida 1372- yilda Xorazmga birinchi bor yurish qildi. Xorazmliklar magʻlubiyatga uchragan boʻlsalar ham, Amir Temurga boʻysunmadilar. Shu boisdan Amir Temur Xorazmga 5 marta yurish qilib, nihoyat, 1388- yilda uni butunlay qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Tashqi siyosatda oʻz yurishini Amir Temur dastavval Xurosondan boshladi. 1381- yil u Hirotni, 1381-84- yillarda Eronning katta qismini egalladi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti- yillik” urushlar nomi bilan mashhur.



  1. Amir Temur yirik Yevropa davlatlari bilan aloqalar o‘matib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan Ipak yo‘lida karvonlaming xavfsizligini ta’minladi. Sohibqiron to‘plagan mol-dunyoni, olinadigan boj soliqlarni xayrli maqsadlar uchun sarfladi.



  1. Amir Temur va temuriylar davrida o‘lkada fan va madaniyat barq urib o‘sdi, rivojlandi va kamol topdi. Bu sohada Movarounnahr XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng oldingi qatorlaridan joy oldi. Temur va temuriylar davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror, Behzod, Xondamir kabi ulug‘ vakillarini yetishtirib berdi.



  1. Mirzo Ulug’bekning Samarqandda qurdirgan madrasasi ham o‘sha davr ilm-fani, ma’rifati rivojiga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shildi. Madrasada ilohiyot ilmlari (Qur’on, hadis, tafsir)dan tashqari, riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay’at (astronomiya), tibbiyot, tarix, jug‘rofiya, ilm-u aruz (poeziya) singari dunyoviy ilmlar ham o‘qitilgan. Madrasada o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi 1420-yillarga to‘g‘ri keladi. Vosifiyning bergan maiumotlariga qaraganda, madrasa bitishi yaqin qolganda bu yerga Ulug‘bek tashrif buyurgan.

Download 18,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish