Al-Xorazmiy nomidagi tatu ning Telekomunikatisya fakulteti phy008 guruh o'quvchisi



Download 87,89 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi87,89 Kb.
#930493
Bog'liq
Al-Xorazmiy nomidagi tatu ning Telekomunikatisya fakulteti phy00


Al-Xorazmiy nomidagi TATU ning


Telekomunikatisya fakulteti PHY008 guruh o'quvchisi
Bo'ribekov Davroning Fizika fanidan Mustaqil ishi

Mavzu: Elektromagnit to'lqinlar


Tekshirdi: Xolmedov Xamid
Bajardi: Bo'ribekov Davron

Elektromagnit toʻlqinlar — vaqt boʻyicha davriy oʻzgaradigan elektromagnit maydon (oʻzaro bogʻlangan Ye elektr va N magnit maydonlar)ning fazoda chekli tezlik bilan tarqalish jarayoni. Oʻzgaruvchi induksiya oqimi uyurma elektr maydonni, u esa, oʻz navbatida, uyurma magnit maydonni uygʻotadi. Tarqalayotgan elektromagnit maydon Elektromagnit toʻlqinlar deyiladi. Elektromagnit toʻlqinlar Koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, vakuumda s=3105^ tezlik bilan tarqaladi.Elektromagnit toʻlqinlar xossalariga u tarqalayotgan muhit sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Elektromagnit toʻlqinlar boshqa ixtiyoriy toʻlqinlar kabi sinishi, toʻla ichki qaytishi, dispersiya, interferensiya, difraksiya hodisalariga uchrashi mumkin. Elektromagnit toʻlqinlarning barcha xususiyatlari, ularning uygʻonish va tarqalish qonunlari Maksvell tenglamalari yordamida toʻla tavsiflanadi.Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari. Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit maydonning davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishi elektromagnit to’lqin deyiladi. Elektromagnit to’lqinni uning tarqalish yo’nalishida ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda yotgan ikkita sinusoida orqali ifodalash mumkin. Bu sinusoidalardan biri elektr kuchlanganlik vektori E ning, 8 ikkinchisi esa magnit kuchlanganlik vektori H ning tebranishlarini tasvirlaydi. Bo’shliqda ikkala vektorning tebranish amplitudalari miqdor jihatdan bir – biriga teng bo’ladi; ikkala vektor bir xil fazada tebranadi. To’lqin tarqalayotgan yo’nalishni parma qoidasidan foydalanib topish mumkin: agar parmaning dastasini E vektordan H vektorga qarab burasak, u holda parmaning ilgarilanma harakati yo’nalishi to’lqin tarqalayotgan yo’nalishni ko’rsatadi. Elektromagnit to’lqin bilan birgalikda elektromagnit maydonni xarakterlovchi yana bir fizik kattalik – energiya ham tarqaladi. Birlik hajmdagi elektromagnit maydon energiyasi zichligi quyidagi munosabat yordamida aniqlanadi: W   0 0   E  H Elektromagnit to’lqinlarning xossalari.Elektromagni to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligini ta’kidlab o’tdik




Ular vakuumda, yorug’likning vakuumdagi tezligiga teng c=3∙108m/s tezlik bilan harakatalanadi. Elektromagnit to’lqinlarning tezligi, to’lqin uzunligi muhitining xususiyatlariga bog’liq. Elektromagnit to’lqinning chastotasi esa barcha muhitlar uchun bir xil kattalikdir. Shuningdek, yorug’lik to’lqinlari kabi to`siqdan qaytadi, muhitlar chegarasida sinadi, interferensiyasiga kirishadi. Boshqacha qilib aytganda, elektromagnit to’lqinlarning barcha xossalari yorug’likning xossalariga o’xshab ketadi. Demak, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki: yorug’lik nuri elektromagnit to’lqinlardan iboratdir. Keyingi tajribalar shuni ko’rsatadiki, faqat yorug’lik nuri emas, balki unfraqizil, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlari ham elektromagnit tabiatga egadir. Monoxromatik tebranishlar va to’lqinlar. Monoxromatik to’lqin deganda,to’lqin uzunligi ,faza va amplitudasi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan to’lqin tushuniladi.To’lqin sirti yassi tekislikdan iborat bo’lgan 9 to’lqinga yassi to’lqin deyiladi,Ixtiyoriy tanlab olingan o’q bo’ylab tarqalayotgan to’lqinni yassi to’lqin deyish mumkin.Barcha nuqtalarida xossalari bir xil bo’lgan muhit bir jinsli muhit hisoblanadi. X o’qi bo’ylab tarqalayotgan monoxromatik yoki garmonik to’lqin formulasi quyidagi ko’rinishga ega : U=Acos[ . Bu yerda A- to’lqinning haqiqiy amplitudasi, u- tarqalayotgan to’lqin kattaligi, - siklik chastota. x yo’nalish bo’ylab v tezlik bilan tarqalayotgan to’lqinni s = f(t- ) (6) munosabat bilan tavsiflash mumkin. x ning qiymati o’zgartirilmasa, u holda f funksiyaning ko’rinishi g’alayonni, masalan, elektr
yoki magnit maydoni kuchlanganligini harakterlovchi s kattalik- ning vaqt o’tishi bilan qanday qonun bo’yicha o’zgarishin ko’rsatadi. Oldin aytib o’tilganidek,funksiyaning ko’rinishi ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Yassi monoxromatik to’lqinlar





superpozitsiyasining dolzarbligi. Odatda monoxromatik to’lqin deyilganda to’lqin uzunligi,faza va vaqt bo’yicha o’zgarmaydigan to’lqin tushuniladi.To’lqin sirti yassi tekislikdan iborat bo’lgan to’lqinga yassi to’lqin deyiladi.Ixtiyoriy tanlab olingan o’q bo’ylab tarqalayotgan to’lqinni yassi to’lqin deyish mumkin.Barcha nuqtalarda xossalari bir xil bo’lgan muhit bir jinsli muhit hisoblanadi.Ana shunday bir jinsli muhitda ixtiyoriy yo’nalishda tarqalayotgan yassi monoxromatik to’lqinni ko’raylik. X o’qi bo’yicha tarqalayotgan yassi monxromatik yoki garmonik to’lqin formulasi quyidagi ko’rinishga ega: U=Acos[w(t- + Bu yerda A-to’lqinning haqiqiy amplitudasi,u tarqalayotgan to’lqin kattaligi,ya’ni to’lqinning muvozanat vaziyatiga nisbatan siljishi,w-siklik chastota =[w(t- )+ ] to’lqin fazasi.Yassi monoromatik to’lqinning fazasi o’zgarmas bo’lishi uchun( t- )=const bo’lishi yetarlidir. Fazasi shunday bo’lgan yassi monoxromatik to’lqinga teng fazali yassi monoxromatik to’lqin deyiladi.Bu shartdan vaqt bop’yicha xosila olinsa, xosil bo’ladi.Bundan ning tezlik ma’nosiga ega ekanligi kelib chiqadi

Bu tajribalarning hech qaysi birida yorug’likning fazaviy tezligini o’lchab bo’lmaydi,balki uning guruhiy tezligi aniqlanadi.Agar yorug’lik har qanday to’lqinlar ning cheklangan qatori deb qaralsa,bunday qatorni yassi monoxromatik to’lqinlar,ya’ni yassi garmonik to’lqinlarning qo’shilishi (superpozitsiyasi) natijasi deb qarash mumkin bo’ladi.Bundan esa har qanday to’lqinlarning cheklangan qatorini to’lqin paket deb qarash mumkinligi kelib chiqadi.Ma’lumki to’lqin paketda,odatda, to’lqinlarning guruhiy tezligi o’lchanadi.Yorug’lik aberatsiyasi yordamida yorug’lik tezligini o’lchash metodini analiz qilgan Erenfest bu metoddda ham yorug’likning fazaviy tezligi aniqlanganligini ko’rsatib berdi. Lekin ba’zi fazoviy cheklangan to’lqinlarning ya’ni to’lqin paketlarni dispersiyaga ega muhitda tarqalishida to’lqinning fazaviy tezlik tushunchasi o’z ma’nosini yo’qotadi.Chunki bu holda to’lqinning bitta fazasi emas, balki haddan tashqari ko’p garmonik to’lqinlarning fazalari bilan ish ko’riladi.Bunda har bir faza o’z tezligi bilan ana shu muhitda tarqaladi.Demak,biror to’lqinning fazaviy tezligi o’z nomidan kelib chiqqan holda uning ma’lum fazasining ko’chish tezligini ko’rsatadi va u fazoda cheklangan to’lqinlar qatori frontining harakat tezligi yoki to’lqinlar energiyasining harakat tezligi bilan bog’liq bo’lmaydi.Real holda bunday tezlik mavjud emas,har qanday to’lqinda guruhiy tezlik mavjud bo’ladi va uni tajribada o’lchash imkoniyati mavjuddir.Yassi monoxromatik to;lqinlar superpozitsiyasi to’lqin –zarra dualizmi kashf etilganidan so’ng katta ahamiyat kasb eta boshladi.Ular asosida tabiatda mavjud zarralarning to’lqin xususiyatlari tushuntirib berila boshlandi.Shuning uchun yassi monoxromatik to’lqinlar superpozitsiyasini o’rganish dolzarb mavzu bo’lib qoldi
Download 87,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish