Al-xorazmiy asarlarida taqvim(kalendar) masalalari - Arablarning yili Oy harakati bo’yicha tartibga solinadi. Arablar Oyni Quyoshdan uzoqlashib va unga yaqinlashishini 12 marta deb hisoblab, natijani yil deb atashadi. Bu jarayon 354 kunni tashkil qiladi, 1\5 va 1\6 qo`shimcha kunlar bilan ya’ni 11\30 kun. Qo`shimcha kun 1\2 kundan kam bo`lsa, hisobga olinmaydi, ya’ni bir yil 384 kundan iborat bo`ladi. Lekin qo`shimcha kun 1\2 dan katta bo`lsa, bir kun deb hisoblanadi va bir yil 355 kundan iborat bo`ladi. 355 kundan iborat kun arablarda «al-Kabisa» deb nomlanadi. Demak, arablarning yil hisobi 12 oydan iborat bo`lib, birinchisi muxarram oyi deyiladi va 30 kundan iborat bo`adi; ikkinchisi safar oyi deb nomlanadi va hokazo.
Arab oylari tasnifi
Arab oylari
|
Ahamiyati
|
Muharram
|
30 kun
|
Safar
|
29 kun
|
Rabi’ al-avval
|
30 kun
|
Rabi’ al-axir
|
29 kun
|
Jumada al-ula
|
30 kun
|
Jumada al-axir
|
29 kun
|
Rajab
|
30 kun
|
Sha’ban
|
29 kun
|
Ramazon
|
30 kun
|
Shavvol
|
29 kun
|
Zu-l-ka’da
|
30 kun
|
Zu-l-xijja
|
29 kun
| Oxirgi Zu-l-Xijja oyi joylashishiga ko`ra 29 kun bo`lishi kerak, lekin yuqoridagi kasrlar yig`indisiga ko`ra ba’zida 30 kundan iborat bo`ladi. Arablar yil hisobining oxiri o’zgaruvchanligidan yoz yoki qishga to`g`ri kelishi mumkin - Oxirgi Zu-l-Xijja oyi joylashishiga ko`ra 29 kun bo`lishi kerak, lekin yuqoridagi kasrlar yig`indisiga ko`ra ba’zida 30 kundan iborat bo`ladi. Arablar yil hisobining oxiri o’zgaruvchanligidan yoz yoki qishga to`g`ri kelishi mumkin
rimlarning yil tavsifi - Rimlar yil hisobi Quyosh harakati bilan mos bo`lib, 365 kun va 1\4 kundan iboratdir (Al-Xorazmiy hisobi bo`yicha quyosh yili 365,25 kun). Agar qo’shimcha kasr kunlar 1\4 yoki 1\2 bo`lsa hisobga olinmaydi. Agar kasr kun uzunligu 1\2 dan katta bo`lsa to`liq kunga to`ldiriladi va bu yil 366 kundan iborat bo`ladi. Rimliklar bunday yilni bissekstrilis (ma’nosi: yilning raqamlardagi yozuvi bilan bog’liq, ya’ni ikkita olti qatnashadi {bis}-ikki, {six}-olti) deb nomlanadi. Arablarda esa yuqorida ta’kidlanganidek, Kabisa.
- Rimliklarning yil hisobi 12 oydan iborat bo`lib, birinchi oktyabr – 31 kun, noyabr-30, dekabr-31,25 kun. Bissekstus dekabr oyi oxirida hisoblanadi, dekabr oyi 3 yil 31 kundan, 4-yil 32 kun, yanvar-31, fevral-28, mart-31, aprel-30, may-31, iyun-30, iyul-31, avgust-31, sentabr-30 kun.
Ushbu keltirilgan Quyosh yili ta’riflariga ko`ra, Quyosh yyili Oy yilidan 11 kun uzundir, ya’ni 30 ta 5 va 31 ta 6 oy. - Ushbu keltirilgan Quyosh yili ta’riflariga ko`ra, Quyosh yyili Oy yilidan 11 kun uzundir, ya’ni 30 ta 5 va 31 ta 6 oy.
- Agar yuqorida keltirilgan Arablar yil hisobi bilan Rimlar yil hisobini taqqoslasak, ya’ni qancha Arab yil hisobiga qancha Rim hisobi to`g`ri kelishi uchun har bir yil hisobini kunlarda hisoblab, keyin taqqoslash kerak bo`ladi.
- Endi ushbu traktattalabidan kelib chiqib, yil uzunligini ko`rib chiqamiz. Demak, yil-12 oyga, oy-har xil kunlarga, kun-24 soatga, soat-60 daqiqaga, daqiqa-60 soniyaga teng bo’ladi.
Har xil xalqlar vaqt hisobini turlicha hisoblashgan. Shuning uchun ayrim pdshohlar davridagi vaqt hisoblarini keltiramiz: - Har xil xalqlar vaqt hisobini turlicha hisoblashgan. Shuning uchun ayrim pdshohlar davridagi vaqt hisoblarini keltiramiz:
- Altfendon, ya’ni Nil toshqinidan Aleksandr Makedonskiygacha 2783 yil 2 oy 5 kun, Aleksandr Makedonskiydan Asofragacha (ya’ni Ispanlar) hzoirgi eramizgacha 273 yil 9 oy 17 kun, bizning eramizdan Xristosgacha 38 yil, Xristosdan hijriy yil hisobida 621 yil 6 oy 15 kunga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |