Al-xorazimiy nomidagi urganch davlat universiteti


 Anushteginlar davlati inqirozi, mo’g ’ul bosqini va uning



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/113
Sana31.12.2021
Hajmi1,54 Mb.
#205383
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
xorazmshohlar - anushteginlar davlatining mamuriy va saroy boshqaruv tizimi unvonlar va mansablar

2.2. Anushteginlar davlati inqirozi, mo’g ’ul bosqini va uning
oqibatlari.
Siyosiy  tarix.  O’rta  asrlarning  manbalarining  ma’lumotlariga ko’ra,  XII  asr 
oxiri-XIII  asr  boshlarida  mug’ul  qabilalari  va  elatlarining  qudratli  davlatga 
birlashuvi jarayonlari  bo’lib  o’tadi.  Yozma  manbalarda  mug’ullar  menu(menva) 
nomi  bilan  ilk  marotaba  Xitoyning  Tan  sulolasi  (618-908  y.y.)  solnomasida  tilga 
olinadi.  Aksariyat  manbalarda  mug’ullarning  birlashuv  jarayonlari  Temuchin 
nomi  bilan  bog’lanadi.  M a’lumotlarga  ko’ra,  Temuchin  1155  yilda  tug’ilgan 
bo’lib, boy mug’ul zodagoni Yesugay Bahodirning o’g’lidir.
XII 
asr  o’rtalariga  kelib  Baykal  ko’li  atrofi,  hozirgi  Mug’uliston  hududlarida 
yashovchi  turkiy  va  tungus-manjur  qabilalarining  ko’pchiligi  Yesugay  Bahodir 
ta’siriga  o’ta  boshlaydilar.  Yegusay  tatar  va  markit  qabilalariga  qarshi  urushlar 
paytida  1185  yilda xoinona  o’ldirilgandan  so’ng tashabbus  uning  o’g’li  Temuchin 
qo’liga o’tadi.  Temuchvin  1186-1204 yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib 
borib  faqat mug’ullarnigina emas,  ular bilan qo’shni bo’lgan tatar,  markit,  kerayit, 
jaloyir,  nayman,  uyg’ur,  qorluq  kabi  ko’plab  qabilalarni  o’z  qo’li  ostida 
birlashtirib, kuchli davlatga asos soladi.
1206  yilning  bahorida  Mug’ulistondagi  Onon  daryosi  irmoqlaridan  birining 
sohilida  o’z  hokimiyatining  to’liq  must.ahka.m1ab  olgan  Temuchin  mug’ullarning 
umum  qurultoyini  chaqiradi.  Temuchinning  tarafdorlari  -   mug’ul  zodagonlari 
to’plangan  bu  qurultoyda  u  oliy  mug’ul  hukmdori  -   xon  deb  tantanali  e’lon 
qilinadi va davlatning bosh shamani  Teb  Tangriy unga “Chingizxon”  degan faxriy 
nom beradi (“Chingizxon” -  kuchli, buyuk degan ma’noni anglatadi).
Qurultoyda  Chingizxon  o’z  tug’i  -   bayrog’ini  ko’tarib,  o’nta  lavozimni  joriy 
etadi  va  uni  o’z  yaqinlariga  taqdim  etadi.  Sahrodagi  Qoraqurum  shahri  yangi 
davlatning poytaxti qilib belgilanadi.  Yangi mug’ul davlati -  Yeke M ung’ol ulus ( 
Buyuk m ug’ul  davlati )  deb  atalib uning boshqaruvi  “Altan urug”  (Oltin u ru g ’) 
qo’liga o’tdi.
64


O’z  mavqei  va  hokimiyatini  mustahkamlab  olgan  Chingizxon  o’z  harbiy 
kuchlarini isloh qilib,  davlati  sarhadlarini kengaytirish harakatini boshladi.  U  1209 
yilda tang’utlarni,  1211  yilda uyg’urlarni,  1215  yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt 
Chjundu  (Pekin)  shahri  bilan  birgalikda  o’ziga tobe  qilib  oldi.  Shu tariqa  XIII  asr 
o’ninchi  yillari  oxiriga  kelib  Sharqda  ikkita  yirik  davlat  -   Xorazmshoh  -  
Anushteginlar va Chingizxon davlatlari mavjud bo’lib, ular o’rtasida urush bo’lishi 
muqarrar  edi.  Chunonchi,  1215  yildagi  Dashti  Qipchoq  yurishida  Xorazmshoh 
mug’ullarning  Jo’ji  boshchiligidagi  harbiy  qo’shiniga  duch  keladi  (hoz. 
Qozog’istonning  To’rg’ay  viloyati  cho’llarida).  G’arbga  chekingan  dushmanlari 
markitlar  ustidan  g’alaba  qozongan  mug’ullar  Xorazmshohning  60  ming  kishilik 
qo’shini bilan bir kun jang  qildilar.  Bu jang borasida  Chingizxondan hech  qanday 
ko’rsatma olmagan Jo’jixon ertasiga chekinishga majbur bo’ladi.
1215-1218  yillar  oralig’ida  Xorazmshoh  va  Chingizxon  o’rtasida  bir  necha 
marta  elchilar  almashinadi.  Rashiddin  ma’lumotlariga ko’ra,  Chingizxon  1218  yil 
Horazmshohga yuborgan nomasida uni  “o’z o’g’illari  qatorida ko’rishini” ma’lum 
qiladi.  SHarq  diplomatiyasiyada  bu  qaramlikni  bildirishini  Sulton  Muhammad 
yaxshi  anglagan  edi.  Undan tashqari  1218  yilgi  Chingizxon tomonidan Xorazmga 
yuborilgan  450  kishilik  elchilar  guruhidagi  100ga  yaqin  savdogarlarga  josuslik 
vazifasi  ham  topshirilgan  edi.  Shu  bois  bu  karvon  O’tror  shahrida  talon-taroj 
qilinib,  elchilar o’ldiradi.
Bu voqeadan so’ng har ikkala tomon ham urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi, 
An-Nasaviy  ma’lumotlariga  ko’ra,Chingizxon  bilan  bo’ladigan  jang  munosabati 
bilan  Urganchda  chaqirilgan  mashvaratda  Sulton  Muhammad  o’rtaga  tashlagan 
qator  takliflarni  inobatga  olmadi.  Chunonchi,  to’ng’ich  o’g’li  Jaloliddinning, 
Xo’jand  hokimi  Temur  Malik  singari  sarkardalarning barcha harbiy kuchlarni  (A. 
Ziyo  ma’lumotlariga  ko’ra,  qo’shin  soni  600  ming  kishi  atrofida  bo’lgan-  E.  B.) 
asosiy  nuqtalarga  yoki  bir  yerga  to’plab,  dushmanga  zarba  berish  haqidagi 
maslahatlarga amal qilmadi va qo’shinlarni yirik shaharlarga bo’lib tashladi.
Chingizxon  1219  yilda  o’z  o’g’illari  boshliq  200  mingga  yaqin  asosiy  harbiy 
kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati  ustiga yurish boshladi.  Bu kuchlar  o’sha yili
65


yozni  Irtish  daryosi  bo’yiga  o’tkazib,  sentyabr  oyida  chegaradan  o’tadi. 
Chegaradan  o’tgan  Chingizxon  o’z  qo’shini  bilan  janubiy  qozoq  cho’llarining 
Sirdaryoga  tutashgan  joyidagi  O’tror  shahri  yaqiniga  to’plab  uni  to’rt  qismga 
bo’ladi.  Chig’atoy bilan  O’qtoy  qo’shinning  bir  qismi  bilan  O’trorni  qamal  qilib 
egallash uchun qoldiradi.  Ikkinchi qism esa Jo’ji boshchiligida Sirdaryoning yuqori 
oqimidagi Jand,  Yangikent, Borchilig’kent,  Sig’noq shaharlarini bosib  olish uchun 
yuboriladi.  Uchinchi  qismga Uloq nuyon va  Suketu Cherbu bosh bo’lib  O’trordan 
janubga,  Xo’jand  va  Banokatni  egallash  topshiriladi.  Chingizxonning  o’zi  bosh 
bo’lgan  asosiy  to’rtinchi  qism  yirik  shaharlar-Samarqand  va  Buxoroni  egallash 
uchun yo’l oladi.
Bu yurishlar natijasida  1219  yilda O’tror, Jand,  Yangikent, Borchilig’kent,  1220 
yilda  Xo’jand,  Buxoro,  Samarqand,  1221  yilda  Termiz  va  Urganch  shaharlari 
mug’ullar  tomonidan  bosib  olinadi.  Manbalarda  “Jahon  sultonlari  poytaxti”  va 
“Insoniyat  buyuk  farzandlari  beshigi”  nomini  olgan  Urganch,  “Qubbatul  Islom” 
nomini  olgan Buxoro, “Sayqali ro’yi zamin” deb atalgan Samarqand kabi  shaharlar 
talon-taroj  qilindi. Ba’zi shaharlar, masalan, O’rtor,  Sig’noq, Borchilig’kent kabilar 
uzoq  vaqtlargacha  dashtu-biyobonlarga  aylanib  qoldi.  SHu  davrda  yashagan  arab 
tarixchisi ibn al-Asirjug’ul (1160-1244 yy.) mug’ul bochqini dahshatlarini  shunday 
ta’riflagan:  “Ular  (mug’ullar)  hech  kimga  shafqat  qilmadilar,  aksincha,  xotinlar, 
bolalar, 
erkaklarni 
o’ldirdilar, 
homilador  xotinlarning  qorinlarini  yorib, 
tug’ilmagan  go’daklarni  nobud  qildilar...  Bu  musibat  to’lqinlari  turli  tomonlarga 
tarqaldi  va  uning  fojeasi  umumiy  bo’lib  qoldi  hamda  u  shamol  bulutlarni  turli 
tomonga haydagani kabi  butun  viloyatlarga yoyildi.  Xitoy  chegaralaridan bir  xalq 
chiqib  Turkistondagi  Qashg’ar va Balasag’un kabi  viloyatlarni vayron etib,  qirg’in 
qilib, talon-taroj  qilib egalladi.  Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar, 
ketayotib  hamma  yerni  vayron  etdilar.  Ular  nimaniki  yonidan  o’tgan  bo’lsalar, 
o’zlariga yoqmagan barcha narsalarga o’t qo’ydilar”
SHunday  qilib  talon-tarojlik  urushlari  natijasida  XIII  asr  20-yillari  o’rtalariga 
kelib  Chingizxon  Sharqda  Shimoliy  Xitoydan  G’arbda  Amudaryogacha  bo’lgan 
hududlarda  o’z  hokimiyatini  o’rnatishga  muvaffaq  bo’ldi.  1227  yilning  avgustida
66


Osiyoning  ichkarisiga,  tang’utlar  ustiga  yurish  paytida  Chingizxon  vafot  etadi. 
CHingiziylarning 
harbiy 
yurishlari 
natijasida 
1260 
yilda 
tarixdagi 
ko’chmanchilarning  yirik  davlatlaridan  biri  -   Sharqda  Amurdan  Sariq 
dengizgacha,  G’arbda Dunaydan Yevfratgacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan 
ulkan imperiya tashkil topdi.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish