Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Dizayn va uning estetik xususiyatlari



Download 1,22 Mb.
bet240/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

Dizayn va uning estetik xususiyatlari
Italyanchada loyiha, rasm manolarini anglatuvchi disegno so‘zi o‘rta asrlarda inson tabiatida mavjud bo‘lgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo,
“ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919 yil ingliz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qo‘llanilgan. Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial so‘zini kiritib «industrial design“ sanoatga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini qo‘llaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu ibora xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi.”
Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati bo‘lsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha yo‘nalish va ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoliyatga aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan dizayner ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyihalaydi.
Dizayn estetikaning ijodiy faoliyat turiga mansub bo‘lib, uning maqsadi sanoat mahsulotlari shakli va sifatini baxolash, belgilashdan iborat. Bu xususiyatlar mahsulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda mahsulotni xaridor-istemolchi nuqtai nazarida ham, tayyorlab-etkazib beruvchi nuqtai nazaidan bir butunlikka olib keluvchi funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z ichiga oladi. Dizayn amaliy sanat sohalarini sanoat olamiga ham tadbiq etib, mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq emas balki, hissiyotlarga tasir etishini taminlaydi.
Dizayn jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham ko‘rsatadi. Bu kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsiya vositalari televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi. Insoniyat uchun yaratilgan buyumlar bir-birini to‘ldirishi hamda estetik qimmatga ega bo‘lishi lozim. Negaki ular insonning jismoniy-biologik, ruhiy-estetik rivojlanishiga xizmat qilmog‘i kerak. Bu vazifaning bajarilishi nafaqat dizaynerga, balki istemolchiga ham bog‘liq. Istemolchi yoki haridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi, xarid jarayoni tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga ega. Avvalo go‘zal va sifatli, qulay narsalargina xaridor etiborini qozonadi. SHunda tovarning umumezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning xaridorga, xaridorning esa ishlab chiqarishga estetik tasirini taminlaydi.
Utilitar va estetik qonuniyatlarning birligi, chambarchas aloqasi dizaynning o‘ziga xos xususiyatni tashkil etadi. Utilitar xususiyatlar deganda - foydalilik, funsionallik, qulaylik, texnologik tejamlilik va konstruktiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Estetik prinsiplar esa go‘zallik, nafislik, badiiylik, obrazlilikni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda texnika estetikasi mehnat vositalaridan tortib ishlab chiqarish jarayonining moddiy shart-sharoitlarini ham o‘z ichiga oladi. U ishlab chiqaruvchining ish faoliyati, mehnat sharoitiga tasir ko‘rsatadi, mashina-yu uskunalarni yangilash, yaxshilashdan tortib, ularning ish joylarida estetik muhitni yaratish, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishini taminlashni ham o‘z oldiga qo‘yadi. Demak inson badiiy-texnik faoliyatning xususiyatlari va qonuniyatlarini ochib berish texnika estetikasining vazifasidir. Dizayn esa dunyoqarashga ham tegishli va umumiy estetik nazariyaning tarkibiga kiradi. Inson hayoti, faoliyati nafaqat tabiiy ehtiyojlarga, balki o‘zi tomonidan yaratilgan narsalar olamiga ham bog‘liq. Inson o‘zini qurshab turgan olamning qanday bo‘lishini ko‘p hollarda o‘zi belgilaydi. Ana shu jarayonning asosida esa zamonaviy amaliyotning muhim ko‘rinishi hisoblangan narsalar olamini badiiy loyihalash masalasi yotadi.
Fan-texnikaning taraqqiy etib borishi natijasida badiiy loyihalash ham tako¬millashib boradi. Dastlabki yaratilgan texnika vositalarini kishilar go‘zallik olamiga mutlaqo begona bo‘lgan hodisa sifatida idrok etishgan edi. Keyinchalik loyihachilar tomonidan texnikaga nisbatan badiiy yondashuv natijasida u o‘zining avvalgi dag‘al, qo‘pol, noqulay, insonni cho‘chitadigan ko‘rinishini yo‘qotdi. Endilikda texnika o‘zining bejirimligi, qulayligi, jozibasi bilan «insoniylama» boshladi. Mazkur holatning rivojlanib borishi bilan birga texnika loyihasiga nisbatan ikki xil munosabat ham shakllanib bordi. Birinchidan, loyihaning asosida texnikaning mexanik faoliyati, uning ishlash jarayoni ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ikkin¬chidan, uning tashqi ko‘rinishiga etibor qaratildi. Keyinchalik mazkur ikki munosabatning uyg‘un faoliyati natijasida mashinalashgan ishlabchiqarishning «insoniylashgan» yangi uchinchi olami, zamonaviy ibora bilan aytganda-dizayn yuzaga keldi.
Dizayn go‘zallik bilan hamkorlikda taraqqiy etib boradi. Holbuki, buyumni badiiy loyihalashtirishda uning shakli bilan mazmuni hamohang, mos bo‘lishi kerak. Qisqasi, dizayndagi estetik talab shaxsning moddiy ehtiyoji bilan birga manaviy ehtiyojini ham qondira olgandagina o‘zida go‘zallikni namoyon ettiradi. Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayotganligi, estetik madaniyatning takomillashib boryotganini kuzatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda. Dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uning insonning manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qiladi. Dizaynning zaruriyatga aylanishi esa faqat zamonaviy ilmiy-texnikaning taraqqiyotigagina emas, balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy madaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liqdir.
Dizayn estetikasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar muallifi N.Abdullaeva dizayn yoki badiiy loyihalash texnika estetikasining tarkibiy qismi ekanligini uqtiradi. Uning fikriga ko‘ra, dizayn texnika estetikasining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini, hozirgi davrdagi ahamiyati, sanat bilan o‘zaro aloqadorligi, buyumlar olamining estetik muammolarini o‘rganadi. Dizayn ishlab chiqarishda go‘zallik va foydalilikning uyg‘unligini taqozo etadi. Iqtisodiy, utilitar, texnologik jihatlar bilan birgalikda buyumlarning estetik qimmati ham muhim ahamiyatga ega. Negaki, u insonda manaviy zavq uyg‘otibgina qolmay, moddiy ishlab chiqarish jarayoniga samarali tasir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Dizaynning estetik mohiyati uning sanat bilan aloqadorligida ham namoyon bo‘ladi. Bizga malumki dizaynning sanat bilan hamkorligi o‘ziga xos bo‘lib, bu xususida tadqiqotchilarning fikrlari turlichadir. “Dizayn-abstrakt sanat” (Genrbert
Rid), “Dizayn sanat emas” (Gloag, eshford), “istemol predmeti badiiy asar funksiyasini bajarishi mumkin emas, u sanat taqdiri bilan mos kela olmaydi”( T.Maldonado), “dizaynnning maqsadi go‘zal shakl va narsalar dunyosini yaratishdan iborat bo‘lib, ular sivilizatsiyamizning chinakam xarakterini ochib berishi lozim” (D.Ponti) deb takidlashgan.
Darhaqiqat, dizayn sohasini aniqlash juda murakkab, ayrim vaqtda ular sanat bilan o‘zaro qorishib ketadi. Har ikkalasi ham ijodiy faoliyat ekanligi, inson manaviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi, estetik qonuniyatlar asosida vujudga kelishi ularning chambarchas aloqadorligini ko‘rsatadi. Sanatning kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud bo‘lib ularning asosida ikki xil mazmun yotadi. Biri u o‘yin natijasida, ikkinchisi esa mehnat. Sanat o‘yindan kelib chiqqan, chunki unda majburiylik yo‘q, sanat avalo inson manaviy ehtiyoji natijasi degan fikr asos sifatida olinadi. Dizayn sanatni istisno qilmasada bizning nazarimizda mehnat natijasida vujudga keladi. CHunki hunarmand ko‘zga yasaydi, unga ishlov beradi, bezaydi bu uning mehnatining tarkibiy qismi hamdir. U majburiyat bilan bog‘liq, maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa va mehnatdan manfaatdorlik mavjud. YUqorida takidlanganidek xalq amaliy sanati haqida gap ketganda bu yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish