Oddiy trilemma
|
|
Trilemmaning turi
|
formulasi
|
Oddiy konstruktiv trilemma
|
a→c, b→c,
d→c
a v b v d s
|
Oddiy destruktiv trilemma
|
a→b, a→c, a→d
|
|
b v c v d
a
|
Murakkab trilemma
|
|
Murakkab trilemma
|
konstruktiv
|
a→b, c→d, m→n
a v c v m b v d v n
|
Murakkab destruktiv
trilemma
|
a→b, c→d,
m→n
b v d v n
a v c v m
|
Oddiy konstruktiv trilemmaga misol:
Agar elektron pochtadan foydalanmoqchi bo‘lsam, unda kompyuterimni Internetga ulatishim kerak. Agar do‘stlarim bilan muloqatda bo‘lishni istasam, unda kompyuterimni Internetga ulatishim kerak. Agar malumotlarni tez bilmoqchi bo‘lsam, unda kompyuterimni Internetga ulatishim kerak.
YO elektron pochtadan foydalanishim yoki do‘stlarim bilan muloqatda bo‘lishim yoki malumotlarni tez bilishim kerak.
Demak, kompyuterimni Internetga ulatishim kerak.
Oddiy destruktiv trilemmaga misol:
Agar MS excel dasturini o‘rgansam, jadval tuza olaman. Agar MS excel dasturini bilsam formulalarni hisoblay olaman. Agar MS excel dasturini bilsam, diagrammalar chiza olaman.
Jadval tuzish yoki formulalarni hisoblash yoki diagrammalar chizish mehnat faoliyatim uchun zarur emas ekan.
Demak, Ms Excel dasturini o‘rganishim shart emas.
Murakkab konstruktiv trilemmaga misol
Agar majlisda nutq so‘zlanadigan bo‘lsa, unda rasmiy uslubdan foydalaniladi. Agar badiiy kechada so‘zlanadigan bo‘lsa, unda badiiy uslubdan faydalaniladi. Agar ilmiy kengashda so‘zlanadigan bo‘lsa, unda ilmiy uslubdan faydalaniladi.
Rasmiy yoki badiiy yoki ilmiy uslubdan foydalanadi.
Majlis yoki badiiy kecha yoki ilmiy kengash bo‘ladi. Murakkab destruktiv trilemmaga misol:
Agar sport maktabida o‘qisa, unda sport musobaqalarida qatnashadi.
Agar xarbiy maktabda o‘qisa, unda xarbiy mashqlarda qatnashadi.
Agar sanat maktabida o‘qisa, unda ko‘rgazmalarda qatnashadi.
Sport musobaqalarida yoki xarbiy mashqlarda yoki ko‘rgazmalarda qatnashmadi.
Sport maktabida yoki xarbiy maktabda yoki sanat maktabida o‘qimadi.
SHartli-ayiruvchi xulosa chiqarish masalani hal qilishning bir necha uslullari mavjudligi va ularning har biri turli oqibatlarni keltirib chiqarishini aniqlab beradi. Sohibqiron Amir Temur tabiri bilan aytganda, bu oqibatlardan qaysi biri davlat va ulus manfaatlariga mos bo‘lsa, yani «savobliroq yoki kam xatarli bo‘lsa», shunisi tanlab olinadi.
INDUKTIV XULOSA CHIQARISH.
YAkka mulohazalarni umumlashtirib xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qo‘llaniladi. Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa chiqarish turi induksiya (lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba natijalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish balvosita xulosa xisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining malum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.
Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tekshirilayotgan belgi va xulosadan iborat.
Masalan, o‘qituvchi har darsda yo‘qlama qilib, talabalarning davomadini tekshiradi. Yo‘qlamani yakunlab, talabalarning barchasi darsda to‘liq katnashayotganligini qayd qilishi induktiv xulosa bo‘ladi. Bunda ro‘yxatdagi har bir talabaning ismi –sharifi xulosa asoslari, ularning darsda qatnashayotganligi tekshirilayotgan belgi, yo‘qlamaning natijasi esa xulosadir.
Demak, induksiya - juziy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish shaklida sodir bo‘ladi. Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsiz induksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |