Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va salbiy jihatlari



Download 1,22 Mb.
bet136/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va salbiy jihatlari. “Virtual” (lotincha virtualis - imkoniyat) real ko‘rinishga ega emas, lekin malum shartlar ko‘yishi mumkin deganidir. Virtual suzi IV asrda qadimgi Vizantiya falsafasida qo‘llanilgan. Xozirgi kunga kelib, virtual so‘zi reallik ko‘rinishiga etib keldi. Kompyuter xuddi magnit metallni tortgani kabi, kishilarni undanda kuchli o‘ziga tortmoqda.
Kompyuter o‘yinlari oqibatida yoshlarning miya faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilgan. YAni, katta yoshli kishining miya faoliyati yosh bolaniki kabi uzgarib qolishi, bolaning miya faoliyati esa aksincha ancha katta yoshdagilarnikiga o‘xshab o‘zgarishi kuzatilgan. Virtual olamda bolalar ruxiy holati hamda kompyuter qarshisida kattalar kabi o‘zini tutishi namoyon bo‘lgan. Ming afsuski, bolalar o‘zlarining beg‘ubor va takrorlanmas bolalik degan bebaxo dunyosini virtual olamga almashtirib kemoqdalar. Ko‘plab olimlar kompyuter o‘yinlari zararli ekani va xatto xalokatga olib kelishini takidlashgan. MISOL: 2005 yilning oktyabr oyida Xitoylik kiz bir necha kun tinimsiz kompyuterdagi "World of Warcraft" o‘yinini uynashi natijasida vafot etgan. Xuddi ichkilikbozlik, giyoxvandlik illatlari kabi kompyuter va virtual o‘yinlar xam uz nog‘orasiga uynatish xususiyatiga ega. Katta yoshdagi kishilar real xayotda ham uzlarini bolalardek tutib, masuliyatsiz bo‘lib qoladi. Bir bolaning aytishicha, otasi shu qadar internetdagi o‘yinlar ummoniga shung‘ib ketganki, natijada oilaviy ziddiyatlar kelib chiqqan. Germaniyaning CHarite universiteti ilmiy xodimlarining 20 kishidan iborat gurux ichida o‘tkazgan tajribasida shu narsa namoyon bo‘ldiki, ishtirokchilarga mashxur o‘yinlardan olingan suratlar namoyish qilinganda, ularda xuddi ichkilik, giyoxvandlikka ruju quyganlar kabi patologik o‘zgarishlar ro‘y bergan.
“Notingem trend” universiteti ilmiy xodimlari¬ning 7000 kishilik kuzatuv tajriba guruxida olib borgan tatqiqodlari natijasida guruxdagilarning 12 foizida kompyuter o‘yinlariga tobelik aniqlangan.
O‘yinga tobe bo‘lganlar xar doim ruxshunos maslaxatiga muxtoj bo‘lib qoladi. Uzlarini shaxsiy xayotlari o‘zgarib borayotganini, qilayotgan ishlaridan qoniqish sezmayotganini, oddiy insoniylikni yo‘qotib quyayotganini, kayfiyati tushkun bo‘lishi, faollik yo‘qolishi, jizzakiligidan shikoyat qiladi. Olimlar kompyuterga tobelikni 4 bosqichga bo‘lishadi: birinchi moslashish, undan keyin tezda kirishish, insonning shaxsiy omillariga tasiri, so‘ngi bosqichda insonlar kompyuter o‘yinlarini xayotining ajralmas bir bo‘lagi sifatida ko‘radilar. MISOL: YOshlar qiziqib o‘ynaydigan GTA (GTA) o‘yiniga nazar solsak, birinchi qiladigan ishi shuki, zo‘ravonlik bilan shahar ichidagi avtoulov haydovchining yo‘lini to‘sib, avtoulovni olib qo‘yadi. Keyingi ish politsiyadan qochish bilan bir qatorda yo‘lida uchragan kishilarni vahshiylarcha urish, tepish, hattoki o‘ldirishgacha boradi. SHu yo‘sinda oxiri yo‘q bosqichlardan o‘tib, olg‘a yuraveradi.
Kompyuter o‘yinlari-birmuncha ziddiyatli hodisa. Uyda, o‘qish va xatto ish joyida ham berilib kompyuter o‘ynaydiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Kompyuter o‘yinlarini soatlab o‘ynash, ularga mukkasidan ketish aslo yaramaydi. CHunki virtual olam ajoyibotlarini xaqiqiy hayotning quvonch va tashvishlaridan ustun bilish alal-okibat shaxsning insoniylik qiyofasi yo‘kotilishiga olib keladi. G‘arb davlatlarida yoshlar o‘rtasida kompyuter o‘yinlarining zararini kamaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirila boshlandi. Fransiyada kompyuter o‘yinlarida to‘kiladigan qonning qizil rangda emas, yashil rangda bo‘lishi joriy etilgani, Belgiyada kompyuter klublarida pornografik o‘yinlarni targ‘ib qilish qamok, jazosi bilan jazolanishi ana shu isloxotlarning bir ko‘rinishidir.
"Virtual Image Productions" kompaniyasining direktori: "Kompyuter o‘yinlari oddiy o‘yinchoq, bo‘lmay qoldi. Ular jaholatni o‘rgatish vositasiga aylanib ketdi va biz bolalarimizni tepkini bosib rohatlanishga o‘rgatyapmiz. Ammo biz real hyotda buning oqibati qanday bo‘lishini o‘rgatmayapmiz". Xo‘sh, nega ular g‘imirlab qolishdi, nega boshida o‘zlari bu o‘yinlarni targ‘ib qilishdi-yu, endi paytavalariga qurt tushib qoldi? CHunki ular asl xaqiqatni anglab etishdi. Bola ongi buzilsa, kelajak ham buzilishini biroz kech anglashdi. Virtual olam insonni manipulyasiya (fikriy qaramlik orqali o‘ziga bo‘ysundirish) qilmokda. Hozir bolalar yoki o‘smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, onlayn o‘yinlarini o‘ynovchilar ham, asosan, o‘smirlar. O‘smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘ziga xos davr xisoblanadi. Agar shu davrda o‘g‘il yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn o‘yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi turgan gap.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish