Olamning chekliligi va Cheksiz ligi. Falsafada olamning chekliligi va
Cheksiz ligi bilan bog‘liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning Cheksiz va chegarasizligi etirof etiladi. Cheksiz likni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi ko‘plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Intensiv Cheksiz lik materiyaning ichdan nihoyasizligi haqidagi tasavvurdir.
Intensiv Cheksiz likning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega bo‘lmagan, mutlaqo elementar obektlar yo‘qligini ko‘rsatadi. Intensiv Cheksiz lik mikrozarralarni o‘rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga Cheksiz bo‘linishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Ekstensiv Cheksiz lik ichdan emas, balki sirtdan Cheksiz likdir. U mazkur obekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va obektdan tashqaridagi Cheksiz likni ifodalaydi. Bu erda obekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o‘zaro tasirlar tizimiga bog‘liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda Cheksiz lik mavjud bo‘lib, u bilish qaratilgan yo‘nalishdan kelib chiqadi va intensiv yoki ekstensiv deb tushuniladi. Ekstensiv va intensiv Cheksiz lik – haqiqiy Cheksiz likning o‘ziga xos proeksiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o‘qidagi proeksiyalariga o‘xshatish mumkin.
Dunyoning chekliligi yoki Cheksiz ligi g‘oyasini isbotlash va inkor etishga Kant antinomiyalaridayoq harakat qilingan edi. Kant antinomiyalariga, agar dunyo vaqtda o‘z ibtidosiga ega bo‘lsa, demak, dunyo yaralgunga qadar hech narsasiz sof vaqt mavjud bo‘lgan, lekin bu «hech narsa»dan dunyo yaralishi mumkin emas. Agar dunyo makon va vaqtda ibtidoga ega emas, deb taxmin qilinsa, bundan hozirgi vaqtgacha Cheksiz lik o‘tgan, yani har qanday voqeadan oldin Cheksiz vaqt o‘tgan, bugun esa u tugadi va olam nimagadir ayni shu vaqtda vujudga keldi, degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham ehtimoldan uzoq bo‘lgan holdir.
Olamning relyativistik konsepsiyasi bo‘lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» g‘oyasida Cheksiz lik g‘oyasi butunlay inkor etilib, fanda to‘ntarish yasalishiga olib keladigandek bo‘lib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi talimoti o‘tmishda ko‘p karra takrorlangan olamda Erning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g‘oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo‘lsa-da, uning ayrim qisminigina tushuntiradi. Faqat, mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning chekliligi hamda Cheksiz ligi haqidagi kosmologik tasavvurlar Cheksiz lik g‘oyasini inkor etmaydi.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga davo qilmaydi, lekin cheklilik va Cheksiz likni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o‘rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1917 yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi. U bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi.
Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotrop tuzilishga ega. Garchi og‘ir obektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o‘zgarsa-da, bu o‘zgarish olamning o‘zgarmas egrilikka ega bo‘lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og‘ishdir, xolos.
Olam turg‘un, vaqtda o‘zgarmasdir. Shu bois maydon geometriyasi evolyusiyaga ega bo‘lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni Cheksiz ko‘lamli to‘rt o‘lchovli silindr ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo‘ylab vaqt o‘qi o‘tadi, u o‘tmishga ham, kelajakka ham Cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o‘zgarmas musbat egrilikka ega uch o‘lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud bo‘lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o‘z-o‘zida tutashadi» va bu unda hech qachon to‘siqqa uchramasdan Cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o‘tmishda qolgan. Uning olamning turg‘un modelini yaratishga urinishlari hozir olamning abadiyatda o‘zgarmas holda mavjudligi haqidagi ananaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg‘un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham etiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi echimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetr rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg‘unligi haqidagi taxmindan voz kechadi, lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil echimini taklif qilish imkonini berdi:
Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo‘lsa, maydon evklid maydoni bo‘ladi, yani egriligi nolga teng bo‘ladi va dunyo Cheksiz bo‘ladi.
Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo‘lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va Cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko‘rinishida bo‘ladi.
Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo‘lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo‘ladi. Dunyo berk va chekli bo‘lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |