Tasniflash
Har bir tasnifda biz berilgan sinfning barcha azolariga xos muayyan belgini tanlaymiz va shu manoda har qanday tasnif tabiiy bo‘ladi. Xuddi shuningdek, har qanday tasnifni suniy deb hisoblaymiz shu manodakim, asos qilib olayotgan belgini o‘zimiz tanlaymiz. SHu sababga ko‘ra, turli fanlarni tasniflash borasida bahslar tugamaydi. Fanlarni turlicha tasniflash mumkin va,harbir holda, u malum bir maqsaddan kelib chiqib amalga oshirilgan bo‘ladi. Biroq, tasniflar o‘zining mantiqiy va ilmiy foydaliligi bo‘yicha birbiridan shu manoda ham farq qiladiki, asos qilib olinayotgan turli belglar bilimlarni tashkil etuvchi prinsilar sifatida samaradorligi bo‘yicha o‘zaro tafovut qiladilar. Masalan, barcha tirik mavjudotlarni erda, suvda va havoda yashaydiganlarga bo‘lsak, bu mavjudotlar to‘g‘risidagi bilmlarni sistemaga solish uchun fundamental ahamiyat kasb etmaydi. Boshqa holatni olsak, masalan, delfinlar va kitlarning sut bezlariga ega bo‘lishi va avlodlarini sut bilan oziqlantirishi, baliqlarning chiqarib, urchishi belgilarini asos qilib olgan g‘olda amalga oshirilgan tasnif shu mavjudotlar hayotiy faoliyatini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, fanning vazifasi avval faktlarni to‘plash, keyin ularni tasniflashdan iborat deb aytish real vaziyatning adekvat manzarasini ifoda etmaydi. Malum bir manoda tasnif qanday faktlarni ajratish masalasini echish uchun zarur, lekin bu hali hammasi emas. Eng asosiy vazifa obektlarning tabiatini o‘rganish uchun muhim bo‘lgan belgisini topishdan iborat153.
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni malum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qatiy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Mantiqda suniy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Suniy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana Shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.
Tasniflashda tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur.
Tasniflar nisbiy turg‘un xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi.
Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi ko‘p hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, bazan esa butunlay yangisi bilan almashtirilishini taqozo etadi. SHunga qaramasdan, tasniflash mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida bilishda o‘zining muhim ahamiyatiga ega bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |