Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Download 1,22 Mb.
bet112/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

Yangi davrda insonga qiziqish asosan, ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki bilan bog‘lanadi. Yangi davrda insonga biluvchi subekt sifatida yondashildi.
Masalan, Dekart insonning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatini uning tafakkuri, fikrlash qobiliyatida ko‘rdi. XVIII asr fransuz materialist faylasuflari (Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri) tabiatshunoslik va mexanika sohasida erishilgan hayratomuz yutuqlar tasirida insonning jonini ong bilan, tanasini esa – avtomat, mashina bilan tenglashtirib, uni mexanistik talqin qildilar.
Buyuk nemis faylasufi I.Kant (1724-1804) insonni tushunish yo‘lida muhim qadam tashladi. U inson betakror mavjudot va u haqda alohida falsafiy mulohaza yuritish mumkin, deb hisoblar edi. Ayni vaqtda, u «inson uchun maktab bo‘lib xizmat qiladigan madaniyat sohasidagi barcha muvaffaqiyatlarning maqsadi o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalga tatbiq etishdan iboratdir. Ammo bu bilimlar tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan dunyodagi eng muhim predmet insondir, zero u o‘zi uchun pirovard maqsaddir»109, deb qayd etadi.
Dunyoning butun rang-barangligi orasida I.Kant tabiatning turli, lekin bir-biri bilan uzviy bog‘langan uch darajasi: notirik tabiat, tirik tabiat va inson tabiatini farqladi. Uning fikricha, bu darajalarning har birida tabiat o‘z qonunlariga, chunonchi: notirik tabiat – mexanika qonunlariga, tirik tabiat – maqsadga muvofiqlikka bo‘ysunadi, inson tabiati esa erkinligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda u inson tabiatini qolgan ikki tabiatga bog‘lash va ular orqali bilish mumkin emasligini takidlaydi. Inson tabiatini faqat uning erkinlikdan kelib chiqadigan o‘z qonunlariga muvofiq anglab etish mumkin. SHunday qilib, I.Kant inson tabiatning undagi boshqa jonli va jonsiz obektlar kabi o‘ziga to‘q obekti hisoblanishi haqidagi fikrni ilgari surish orqali insonni o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi va shu tariqa falsafiy bilimning mustaqil bo‘limi sifatida falsafiy antropologiyaning yaratilishiga yo‘l ochdi.
I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat dunyosini yaratuvchi manaviy faoliyat subekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql manbai sifatida tushunildi. L.Feyerbax (1804-1872) bu yondashuvga qarshi chiqdi. O‘sha davrda obektiv idealizm falsafasida hukm surgan tushunchalar («g‘oya», «ruh»)ga zid o‘laroq, u «inson» kategoriyasini ilgari surdi. Feyerbax insonga tarixiy manaviy rivojlanish mahsuli sifatida emas, balki avvalo biologik, hissiy-jismoniy mavjudot sifatida yondashib, undagi tabiiy-biologik asosga murojaat etdi. Unda inson Xudo yaratgan banda emas, balki tabiatning bir qismi bo‘lib, fransuz faylasuflari qayd etganidek mexanizm emas, balki organizmdir.
Ayni shu sababli Feyerbax falsafasi «antropologik materializm» degan nom oldi. Uning insonga nisbatan yondashuvi shu bilan tavsiflanadiki, insondagi tabiiylik va ijtimoiylik materialistik monizm nuqtai nazaridan tushuntiriladi. Bu inson bir vaqtning o‘zida notirik va tirik tabiatning tadrijiy rivojlanishi mahsuli sanalgan biologik mavjudot sifatida ham, mohiyati ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudot sifatida ham qaralishini anglatadi.
XIX asrdan boshlab Evropa falsafiy tafakkuri F.SHelling, A.SHopengauer, M.SHtirner, S.Kerkegor, F.Nitsshe, N.Berdyaev, A.Bergson kabi faylasuflarning say-harakatlari bilan inson mavjudligini individual va tarixiy muayyanlashtirish sari yuz burdi. Hayot, sezgilar, xohish-iroda, irratsionallik tushunchalari maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylandi va keyinchalik ekzistensializm, intuitivizm va personalizm falsafasida rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan obektiv dunyo – bu avvalo «inson borlig‘i» bo‘lib, insondan tashqarida dunyo haqida biron-bir gap aytish mumkin emas. Inson borlig‘i to‘g‘risida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi, chunki inson borliq xususida savollar beradi, uning mazmunini tashkil etgan holda uni boshdan kechiradi, anglab etadi.
Inson muammosiga qisqacha tarixiy-falsafiy nazar tashlash XX asr boshiga kelib falsafada bilimning yangi mustaqil sohasi – inson haqidagi talimot, yani falsafiy antropologiya vujudga kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ko‘rsatadi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish