Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Download 1,22 Mb.
bet101/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

Gilozoizm talimoti. Qadimda jon - pnevma, psyu-xe, fantom, mana, kvintessensiya deb nomlangan. Jon (lot. anima) hayvon, inson va hatto o‘simlik tanasida yashaydigan va uni uyqu paytida yoki o‘limdan so‘ng tark etadigan alohida kuch sifatida namoyon bo‘lgan. Bundan uning etimologik talqini, yani jonni nafas, nafas olish va nafas chiqarish sifatida tushunish kelib chiqqan. Jon uch tarkibiy qismdan iborat mohiyatga aylangan: hayotbaxsh nafas o‘simlik joni deb, psyuxe – ruhiy jon, nus esa – aqlli jon deb atala boshlagan. Jonni tushuntirish o‘ta og‘ir muammoga aylangan (ayniqsa materialistik fikrlovchi faylasuflar uchun). Bu alohida turdagi teran materiyaga, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan ichki mohiyatga shubha tug‘ilmasligi uchun ular butun tabiatni jonli deb elon qilganlar. Demak gilozoizm butun tabiatning jonli ekanilgi tan olishdir.
Platonning «Davlat» asarida jon tarkibiy qismlarining boshqacha ierarxiyasi keltiriladi: oqilona jon, emotsional-qahrli jon, buzuq jon. Ular tegishli ravishda bosh, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Aristotelning «Jon haqida» deb nomlangan risolasida jon va tana bir-biridan ajralmas mohiyatlar sifatida tavsiflanadi, jon haqidagi talimot esa hayot va uning shakllari haqidagi umumiy talim sifatida tushuniladi. O‘simliklar joni, hayvonlar joni va aqlli mavjudot – inson jonini farqlar ekan, Aristotel rivojlanish g‘oyasini ruhiyatga tatbiqan bilvosita tariflaydi. Uning fikricha, jonning yuqorida zikr etilgan uch tarkibiy qismi insonda yaxlit bir butunga birlashadi va turli funksiyalar: ovqatlanish, his qilish va mulohaza yuritishda namoyon bo‘ladi. Jon unsurlarining barchasi tana unsurlari bilan uzviy bog‘lanadi, ammo ular eng avvalo kosmik harakatlarga bog‘liq bo‘ladi. Antik davrda jon alohida hayotbaxsh kuch, ichki manaviy asos sifatida tushunilgan bo‘lsada, uning faqat o‘z faolligi sifatida tushuntirilgan.
O‘rta asrlar falsafasida jon – dunyoviy va ilohiy faoliyat o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in, degan umumiy tasavvur shakllanadi. Foma Akvinskiy (1226–1274) jon insonni «aktuallashtiradi», uning asl mohiyatini belgilaydi, degan fikrni ilgari suradi. Jon imkoniyatlarini Foma potensiyalar deb ataydi. Ular besh xil bo‘ladi: o‘sish, hissiy idrok etish, o‘z xohish-irodasini ifodalash, makonda harakatlanish, aql yordamida dunyoni tushunish. Ayrim potensiyalar tana bilan bog‘liq bo‘lsa, bazilari,

masalan, o‘z xohish-irodasini ifodalash va aql yordamida dunyoni tushunish ko‘proq oliy asosga bo‘ysunadi. Ammo tana zarur, chunki u jonning barcha potensiyalarini birlashtirishni taminlaydi.


CHerkov otalari uchun jon faqat e’tiqodlar tizimiga mos keladigan yoki mos kelmaydigan bir mohiyatni o‘zida ifodalaydi. Jonning normal faoliyatini taminlash ruhoniyning vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan jon shaxsiy hayot omili sifatida emas, balki yo‘lga solish lozim bo‘lgan jamoa-umumiy mohiyat sifatida talqin qilinadi. Jonning moddiyligi g‘oyasi cherkov mulozimlari tomonidan taqiqlanadi. Aql va jon Xudo atributlari sifatida sharhlanadi. Faqat jonning panoh topishi haqida qayg‘urish lozimligi takidlanadi, zero jon o‘lmas, inson tanasi esa o‘tkinchidir.
Yangi davr Evropa falsafasida jon tushunchasi shaxsning teran, ichki dunyosi bilan ayniylashtirilgan. Xususiy tashabbus va tadbirkorlikning rivojlanishi insonning manaviy intilishlari qadriyat sifatida anglab etilishiga turtki bergan. Shunga qaramay jonning jismoniy kelib chiqishi haqidagi konsepsiya unutilmaydi. Fransuz faylasufi Jyulen Lametri (1709–1751) hatto jon qaysi organdan o‘rin olishini ham ko‘rsatadi. «Biz tubanlashuvimiz uchun barcha kishilarning joni yashaydigan miyamizda zarracha o‘zgarish yuz berishining o‘zi kifoyadir». «...Bizning jonimiz ehtiyojlarimizga bevosita bog‘liq bo‘ladi, ularni misli ko‘rilmagan tezlikda qondiradi va bu ehtiyojlarga hech narsa qarshi bora olmasligi haqida ogohlantiradi»95.
Jonda butun dunyo o‘zining to‘liq tajassumini topadi. U serqirradir. Fransuz faylasufi va matematiki Blez Paskal (1623–1662) jon ruhiy parvozlarining Cheksiz darajada rang-barangligi, uning nozikligi, betakrorligi va beqarorligidan taajjublanib, inson jonining mohiyatini formula bilan ifodalash mumkin emas, u haqda faqat hayotni o‘rganish va inson xulq-atvorini kuzatish orqali hukm chiqarish mumkin, degan xulosaga keladi. Jonning mazkur xususiyatlari teran manaviy asoslarni ichki darajadan sirtga chiqaradi. Jon individuallikning asosi sifatida amal qiladi.
Shunday qilib, falsafa tarixida mavjud jon haqidagi tasavvurlar o‘z-o‘zicha to‘g‘ri, biroq to‘liq emas. Mazkur noyob fenomenni tushuntirish uchun energetik, dinamik va temporal mezonlar zarur. Adabiyot va sheriyatda, kundalik muomalada jonning bezovtaligi, uning mayllari va harakatlari haqida ko‘p gapiriladi. Jon azaldan muayyan faol kuch, harakat manbai, energiya toki va harakatlantiruvchi asos sifatida tushuniladi. Tana dam jonni ifodalash maydoni sifatida, dam jon «go‘ri» sifatida qaraladi. Psixoanalitik K.Yung jon ham, uning ishi ham ko‘pchilik uchun ko‘rinmas ekanligiga etiborni qaratar ekan, jon uchun muhim omillar ongdan tashqarida bo‘lsa kerak, deb taxmin qiladi. «Faqat tunda ochiladigan gullar» haqida gapirar ekan, Yung, “jon, barcha manaviy asoslar yaratiladigan va shakllanadigan vaqt oralig‘ini belgilaydi”96 deb takidlaydi.
Falsafiy oqimlar, maktablar va yo‘nalishlarning deyarli barchasi jonni anglab etish, oqilona tahlil qilish mumkin bo‘lmagan, teran hodisa sifatida tavsiflaydi. Ayni paytda jonga ishora qiluvchi, jonning bokiraligi, uning ichki kuchlari haqida bahs etuvchi mavzular doirasi behad keng.
Ekzistensializm asoschisi daniyalik faylasuf S.Kerkegor (1813–1855) o‘z izlanishlari natijasida jonni tanlash mumkin va bu har kimning o‘z xohish-istagiga bog‘liq, degan muhim xulosaga keladi. Individual ruhiy olam, intim ichki dunyoning mavjudligi inson hayotini mushkullashtiradi va ong fenomenini anglab etish muammosini yanada og‘irlashtiradi. Ammo o‘z o‘zligini saqlab qolish huquqi Erda yashaydigan har bir insonning uzviy huquqi hisoblanadi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish