Al-komil fi-t-ta’rix

Download 25,13 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi25,13 Kb.
#767903
Bog'liq
Al-komil fi-t-ta’rix 5555

IBN AL-ASIR VA UNING “AL-KOMIL FI-T-TA’RIX” ASARI
Insoniyat tarixini o’rganish hamma davrlarda ham dolzarb bo’lib kelgan. Shu asosda ko’plab muarrixlar “mukammal tarix” yaratish ustida ish olib borgan. Ana shunday olimlardan biri – Ibn al-Asirdir. Uning mashhur “al-Komil fi-t-ta’rix” asari o’z davrining yirik manbasidir. U manbashunoslik nuqtai nazaridan ko’plab mintaqalar, xususan, Xuroson va Movaraunnahrning XII-XIII asrlardagi tarixni yoritishda muhim manba bo’lib hizmat qiladi.
‘Izz ad-din Ibn al-Asir al-Jazari sifatida mashhur bo’lgan Abu-l-Hasan ‘Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn ‘Abd al-Karim ibn ‘Abd al-Vohid ash-Shayboni Mesopotamiyaning (Iroq) Dijla daryosi yuqori oqimidagi Mosuldan uch kunlik masofada joylashgan Jazirat Ibn ‘Umar shahrida tug’ulgan. Uni nisbasi bo’lgan “al-Jazari” ham shundan kelib chiqqan. Tarixchi Ibn Xallikon uning tug’ilgan aniq sanasini – hijriy 555 yil jumad al-avval oyining to’rtinchi kuni / milodiy 1160 yil 13 may deb qayd etgan1.
Uning otasi Abu-l Karam Muhammad ibn Muhammad ibn ‘Abd al-Karim ibn ‘Abd al-Vohid ash-Shayboni Mosuldagi Zangid hukumatining yuqori martabali amaldorlari “Ra’is ad-devon”ni hamda Mosul vazirining Jazirat Ibn ‘Umar shahridagi vakili bo’lgan. Uning uchta o’g’li bo’lib, ularning har biri yirik olim bo’lib yetishgan hamda islom olamida, ayniqsa, muhaddislik, ta’rix va filologiyada katta shuhrat topgan. ‘Izz ad-din Ibn al-Asir ularning o’rtanchasi bo’lgan2.
Ibn al-Asirning eng yirik va muhim tarixiy asari - “al-Komil fi-t-tarix” (Mukammal tarix) dir. Ibn al-Asirning ta’kidlashicha asarning asosiy qismini u tug’ilib o’sgan manzili Qasr Harbda yozgan. Ibn al-Asir uni yozishni 595/1198-99 yildan oldin boshlagan va dastlab asarning nomi “Al-Muqtasa fi-t-ta’rix” bo’lib, 595/1998-99 yilgacha yetkazilgan degan fikr ham mavjud 3.
Asar o’zida Arab xalifaligi va islom mamlakatlarining “dunyoning yaratilishi” dan toki 628/1230-31 yilgacha bo’lgan tarixini qamrab olagan va musulmon yilnomaviy tarixshunosligining yuqori saviyada aks ettirgan4. Agarda mashhur geograf Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” (“Mamlakatlar majmuasi”) asari “geografik adabiyot sohasining o’z davridagi (XIII asr) mavjud barcha ma’lumotlarini mujassam etgan” bo’lsa, uning zamondoshi Ibn al-Asirning “al-Komil fi-t-ta’rix” asarini “tarixiy adabiyot sohasining o’z davridagi mavjud barcha ma’lumotini o’zida mujassam etgan asar” deb atashimiz mumkin. Ibn Xalliqon Ibn al-Asirning asarini musulmon dunyosi tarixini to’g’risida yozilgan barcha mashhur asarlarning eng saralaridan biri sifatida e’tirof etadi5.
V. Bartold Ibn al-Asirning “al-Komil fi-t-tarix” asariga yuqori baho bergan holda ta’kidlab o’tadiki, u vijdonan va o’z davri uchun kamyob hisoblangan tanqidiy fakt bilan ko’plab ma’lumotlar to’plagan. Bir-biriga qarama-qarshi ikki manbadan to’g’risini tanlashda qiyinchilikka to’g’ri kelgan holatlarda Ibn al-Asir ikkita hikoyani ham keltiradi. Ibn al-Asir faqatgina siyosiy voqealar tarixini yoritish bilangina chegaralanib qolmay, balki Sharq xalqlari madaniyati tarixi to’g’risidagi ma’lumotlarni ham keltirib o’tadi.6.
Ibn al-Asirning “al-Komil fi-t-ta’rix” asari turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha o’rganilgan. Xususan, Ibn al-Asir “al-Komil fi-t-tarix” asarining bizgacha yetib kelgan qo’lyozma nusxalari asosida amalga oshirilgan to’liq tanqidiy matni 1851-1876 yillarda 14 jildda yevropalik sharqshunos S.Tornberg tomonidan nashr ettirilgan7. Ibn al-Asir asarining arab tilidagi bir necha nashrlari ham mavjud8. Ibn al-Asir “al-Komil fi-t-tarix” asarining eski o’zbek ilidagi to’liq tarjimasi mavjud bo’lib, 1901-1907-yillarda Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (1282-1328/1865-1910) boshchiligidagi bir guruh tarjimonlar tomonidan Ibn al-Asir asarining 12 jildlik Misr nashri asosida amalga oshirilgan9. Ushbu tarjimaning asl nusxasi va uning bir necha nusxalari O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda10.
Ibn al-Asirning asari alohida qismlarini tarjima qilish tadqiqotchi sharqshunoslarning e’tiborini avvaldan jalb etib kelgan. XIX asr oxiri XX asr boshlaridayoq Rossiyada Ibn al-Asir asarining alohida qismlari11, xususan, mo’g’ullar bosqini tarixini V.Tizengauzen tarjima qilgan qismlari chop etilgan. Jazoir olimi Y.Fagnan Ibn al-Asir asarining mag’rib va Ispaniya tarixiga oid qismlarini fransuz tilidagi ilmiy-izohli tarjimasini amalga oshirdi12. Ibn al-Asir asarining mo’g’ullargacha va mo’g’ullar davrni o’z ichiga olgan qismlarini 1904-yilda daniyalik olim I.Oystrap tadqiq etdi13.1322/1904-1905-yilda turk olimi Sharaf ad-din tomonidan Ibn al-Asirning oilasi va uning ilmiy izlanishlari to’g’risidagi tadqiqotni nashr ettirdi14. Ibn al-Asir asarining at-Tabariy tarixiy asari bilan bog’liqlik tomonlari nemis olimi K.Brokkelman tomonidan tadqid etildi15.
Ibn al-Asir asarining turkmanlar va Turkmaniston tarixiga oid qismlarini 1939-yilda rus sharqshunoslari I.Lemanov va S.Volin rus tiliga tarjima qildilar. 1940-yilda P.Juze asarning Ozarbajon tarixiga oid qismlarining ruscha tarjimasini nashr ettirdi. 1973-yilda K. Starkova qirg’izlar va Qirg’iziston tarixiga doir qismlarni ruschaga tarjima qildi. Ibn al-Asir tarixiy ma’lumotlarining manbalari haqida O.Frolova ilmiy izlanish olib bordi. Ibn al-Asir asarining so’nggi qismlarining manbalari va metodologiyasini 1982-yilda ingliz olimi D.Richards tadqiq qilgan16. Ibn al-Asir asaridagi Tojikistonning Xo’jand shahri tarixiga oid qismlarini 1986-yilda A.Yo’ldashev tomonidan rus tilida chop ettirildi. Ibn al-Asir asarining Abu Muslim hukumronligi davri voqealarini o’z ichiga olgan qismining ruscha tarjimasini 1988-yilda B.Vahobova nashr ettirdi. Bir qancha vaqt oldin Ibn al-Asir asaridagi O’rta Osiyoning turkiy xalqlarning etnik tarixiga doir qismlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr ettirildi.
P.Bulgakov tomonidan qilingan tarjima Ibn al-Asir asarining O’rta Osiyo tarixiga oid deyarli barcha qismlarini o’z ichiga oladi. Ammo, u o’z tarjimasini oxiriga yetkazishga ulgurmadi va uning tadqiqoti 624/1226-1227 yilda bo’lib o’tgan voqealar yoritilgan bo’limga kelib to’xtab qoldi. Asarning 133/750-751 yildan 625-628/1227-1231 yilgacha bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga olgan qolgan qismlari shogirdi Sh. Kamoliddin tomonidan tarjima qilinib, shu bilan birga, u ishdagi P.Bulgakovning izohlariga mustaqil hamda o’z ustozining ko’rsatmalarini saqlagan holda qo’shimchalar kiritdi. U tomonidan, shuningdek, butun asardagi nomlar, geografik va boshqa ko’rsatkichlar kiritildi.
Sh. Kamoliddin mazkur tadqiqotida 1883-1885 yillarda Misr nashriga asoslangan. Oldingi tadqiqotchilar tarjimalari , xususan, S.Tornbergning tanqidiy nashrlari yoritilgan17. Asarning qolgan qismlari tarjimasida P.G. Bulgakov tomonidan foydalanilgan Misr nashri hamda S.Tornberg nashri va Ibn al-Asir asari tanqidiy matnining Bayrut nashriga asoslandi.
Ibn al-Asirning asari ko’pgina yozma yodgorliklarga asoslangan bo’lib, o’z davridagi arab-musulmon manbalarida mavjud barcha tarixiy ma’lumotlar to’plami hisoblanadi. Dastlabki yettita tomda keltirilgan islomgacha bo’lgan va islomning dastlabki uch asrini o’z ichiga olgan tarixni yoritishda Ibn al-Asir uchun asosiy manba Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabarining (vafoti 310/923) hijriy 302 yilgacha bo’lgan tarixni o’z ichiga olgan “Ta’rix ar-rusul va-l-muluk” (“Payg’ambarlar va podsholar tarixi”) asari bo’lgan.18
Abu Ja’far at-Tabariy arab-musulmon mualliflarining barcha tarixiy ma’lumotlarini asarida bayon etishni maqsad qilib qo’ygan, ammo u o’z davri manbalarini butunlay tanqiddan holi tarzda hikoya qilish bilan chegaralangan. Ibn al-Asir esa o’zida mavjud barcha ma’lumotlarni mohirona tahrir qiladi, at-Tabariy asarini qisqartiradi va uni yetarli miqdorda bizgacha yetib kelmagan boshqa manbalardan olingan tarixiy epizodlar hamda voqeliklar bilan to’ldiradi. At-Tabariyning bir qator manbalari Ibn al-Asirda ham bo’lib, u at-Tabariy asarida uchramaydigan tarixiy voqeliklarni ulardan keltiradi, bundan tushunish mumkinki, at-Tabariy asarining to’liq tahriridan ham foydalangan. Masalan, biz faqatgina Ibn al-Asirdagina 134/751-52 yilda bo’lib o’tgan, O’rta Osiyo g’arbining keyingi taqdirini hal etgan arablarning xitoyliklar bilan bo’lib o’tgan to’qnashuvining to’liq tafsilotining uchratamiz. At-Tabariy asarida bu tafsilot uchramaydi, boshqa manbalarda esa bu jang haqida faqatgina ozgina ma’lumoit keltiriladi. Shu bilan birga, Ibn al-Asir bergan ma’lumotlar Xitoy tarixiy yilnomasi “Tanshu” (“Tan sulolasi tarixi”) bilan ham butunlay tasdiqlanadi19. Ibn al-Asir at-Tabariy asarini unga Misr, Shimoliy Afrika va Ispaniya tarixi bilan bog’liq tafsilotlarni qo’shgan holda to’ldiradi.
Ibn al-Asir tizimli tarzda foydalangan manbalar sirasiga shuningdek, Bag’dodlik mashhur tarixchi Ahmad ibn Yahyo ibn Jabir al-Balazuriy (vaf. 279/892) qalamiga mansub va bizgacha yetib kelgan hamda 1959 yilda Misrda nashr etilgan “Ansob al-ashraf” asarini kiritish mumkin20.
Ibn al-Asir uchun Xuroson va Movarounnahrning VII asr ikkinchi yarmidan X asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini yozishdagi asosiy manba o’rta osiyolik tarixchi Abu-l-Husayn ‘Ali ibn Ahmad as-Sallamiyning “Ta’rix fi axbor vulat Xuroson” (“Xuroson hukmdorlari tarixi”) asari bo’lib, u mashhur Somoniy hukmdor Abu Bakr Chag’oniy va uning o’g’li Abu ‘Alining yaqin kishilaridan bo’lgan bo’lib, o’z asarini o’limi so’nggigacha 344/955 yilgacha yetkazgan. Ibn al-Asirdan tashqari as-Sallamiyning asarini boshqalar, jumladan, Abu Sa’id Gardiziy (vaf. 440/1049), Ibn Makul sifatida mashhur bo’lgan Abu Nasr Ali ibn Hibat Alloh (vaf. 486/1093), ‘Aufi (vaf. 625/1228 atrofida), Ibn Xalliqon (vaf. 681/1282) va Abu Hafs ‘Umar ibn Muhammad an’Nasafiy (vaf. 537/1142) o’z asarlarida foydalanganlar.
Safforiylar tarixini yoritish uchun Ibn al-Asir as-Sallamiydan tashqari, Abu ‘Abd Alloh Muhammad ibn al-Azhar al-Axboriyning (vafoti 325/936-37 atrofida) bizgacha yetib kelmagan tarixiy asaridan foydalangan bo’lib, undan shuningdek, Ibn Xalliqon ham foydalangan. Ibn al-Asir asarining qolgan manbalari muallif izohining yo’qligi sababli hozircha noma’lum bo’lib kelmoqda.
Ibn al-Asir asarining asosiy muhim tomoni, u X asrdan boshlanib muallif tomonidan 628/1230-31 yilgacha yozilgan tarixiy voqelarni o’rganishga bag’ishlanganligidadir.
Mo’g’ul istilosi davrini yoritishda Ibn al-Asirning asari dastlabki manba hisoblanadi, chunki muallif o’sha vaqtda bo’lib o’tgan voqealarning bevosita guvohi va zamondoshi bo’lgan. Ibn al-Asirdan tashqari, mo’g’ullar istilosi bilan bog’liq bo’lgan voqealar bayoni unga zamondosh faqatgina ikkita arabiyzabon mualliflar – “Xorazmshoh Jalol ad-din Manguberdining hayoti” asarini yozgan Shihob ad-din Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy (vaf. 647/1249) hamda mashhur “Nosir jadvallari”ni yozgan Minhoj ad-din Abu ‘Umar ‘Usman ibn Muhammad al-Juzjoniy (vaf. 658/1260 dan keyin) ning asarlarida yoritilgan. Bu ma’lumot o’z-o’zidan islom mamlakatlari, shu jumladan O’rta Osiyoning mo’g’ullar istilosidagi tarixini yoritishda Ibn al-Asir asarining ahamiyatini ko’rsatib beradi.
Ibn al-Asir o’z asarida og’zaki tarzda ma’lumot olgan manbalarni ham aytib o’tadi. Bunday ma’lumot beruvchilar sifatida u mo’g’ullar bosqini davrida Buxoroda bo’lgan qonunshunosni eslatib o’tadi. Bosqinchilar uni Samarqandga olib kelganda, u ulardan qochib Bag’dodga keladi. Ibn al-Asirning ushbu voqealar to’g’risidagi ma’lumot beruvchilari shuningdek, xorazmlik savdogarlar bo’lishgan21. Ibn al-Asirning boshqa bir ma’lumot beruvchisi esa mo’g’ullardan qochgan Xorazm qo’shinlarining jabrdiydasi bo’lgan Daquq kishisi bo’lgan22.Yana biri esa Mosul harbiysi bo’lib, u xorazmshoh ‘Ala’ ad-din Muhammad ibn Takash amirlaridan biri bo’lgan Abu Bakr Toj ad-din xizmatida bo’lgan23. Shuningdek, Ibn al-Asirning ma’lumot beruvchilari sirasiga Madinadagi “payg’ambar uyi”ning xizmatkorlaridan bo’lgan, Xurosondan qaytgach, xorazmshoh ‘Ala’ ad-din Muhammad ibn Takash bilan uning xitoylarga qarshi yurishidan oldin xorazmshoh saroyida bo’lib o’tgan uchrashuv haqida Ibn al-Asirga so’zlab bergan kishi ham bo’lgan24.
Voqea joyi haqidagi turli versiyalarni berishda Ibn al-Asir at-Tabariydan farqli ravishda tanqidiy yondashuvdan foydalanadi, va, “Alloh o’zi bilguvchidir” iborasidan qochib, u yoki bu versiyaga o’zining nuqtai nazarini isbotlashga harakat qiladi. Misol uchun, Buxoroning mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi tafsiloti haqida Ibn al-Asir ikkita versiyani keltiradi, ammo uning o’zi nisbatan ishonchliroq deb hisoblagan ikkinchi versiyani ta’kidlab o’tadi25.
Shu jihatdan, Ibn al-Asirning asari, garchi X asr o’rtalarida bo’lib o’tgan voqealarni yoritishdagi kompilyativ xarakteriga qaramasdan, o’zida umumiy va alohida muammolarni o’rganishdagi mustaqil ahamiyatini saqlab qoladi. X asr ikkinchi yarmidan XII asr o’rtalarigacha bo’lgan davrda bo’lib o’tgan voqealar aks etgan asarning ikkinchi qismida, Ibn al-Asir nisbatan kamroq ma’lum bo’lgan, qisman noma’lum va bizgacha asarlarda yetib kelmagan ma’lumotlardan foydalangan. XII asr ikkinchi yarmidan XIII asr o’rtalarigacha bo’lgan voqeliklarni o’z ichiga olgan asarning ushbu qismi dastlabki manba hisoblanib, unda keltirilgan ma’lumotlar original xarakter kasb etadi.
Shuning bilan birgalikda, aytib o’tish joizki, Ibn al-Asir asari ham bir nechta xatolik va noaniqliklardan holi emas. Misol uchun, u jizya (jon solig’i) va xaroj (yer solig’i) iboralarini farqlamagan holda, ularni bir xil ma’noda ishlatadi. Xususan, 482/1089-90 yil voqealari bayonida u yozadiki, Isfahonga Nizom ul-Mulk yoniga “ar-Rum elchisi belgilangan xaroj bilan yetib keladi”, biroz keying sahifalarda esa, “ar-Rum podshosi unga jizya yuborganini” yozib o’tadi26. Ma’lumki, musulmon huquqiga ko’ra, jizya – jon solig’i musulmon mamlakatlarida g’ayridin kishilardan olingan va fath jarayonida ularning o’z jonini saqlab qolish uchun sotib olish sifatida qaralgan. Xaroj iborasi esa, o’rta asrlarda yer solig’i ma’nosida ishlatilgan27.
E’tiborga havola etilayotgan ushbu maqolada Ibn al-Asir va uning “Al komil fi-t ta’rix” asarinidagi O’rta Osiyo va unga tutash hududlar haqidagi ma’lumotlarni o’rganishda ko’mak berishiga ishonchimiz komil.

E’tiborga havola etilayotgan ushbu maqolada Ibn al-Asir va uning “Al komil fi-t ta’rix” asarinidagi O’rta Osiyo va unga tutash hududlar haqidagi ma’lumotlarni o’rganishda ko’mak berishiga ishonchimiz komil

1 Ibn Xallikan, Abu-l-‘Abbas Shams ad-din Axmad ibn Muxammad ibn abi Bakr. Vafayat al-a’yan va anba’ az-zaman.6 jildlik. Bayrut: Dar Sadir, 19070. 3-jild. B. 349.

2Ibn al-Athir. In: The Encyclopeadia of Islam.New edition. Prepared by a number of leading orientalists. I-VI volumes. Leiden: E. J. Brill, 1960-1986, vol. 3, p.723.

3Richards D.S. Ibn al- Athir and the Later Parts of the Kamil, pp. 78-79.

4The Encyclopeadia of Islam .vol. 3, p.724.

5Ibn Xallikan. Vafayat al-a’yan. 3-jild. B. 348.

6 Бартольд В.В. Туркестан в эпоху моноголъского нашествия / Сочинения в 9 томах. Т.1.-М., 1963 . С. 46.

7Ibn el-Athir Chronicon quod perfektissimum inscribitur/ ed.C.J.Tomberg. Vol. I-XIV .Upsaliae et Lugduni Batavorum, 1851-1876.

8 Xususan, Husayn-bek al –Hasani nashri.Misr, 1873; Ahmad al-Halabi nashri. Misr, 1884-1886; Bayrut nashri: Dar Sadir va Dar Bayrut, 1965; Izz ad-din Abu-l-Hasan ‘ Ali ibn Muhammad Ibn al Asir ash-Shayboni al Jazari.Al-Kamil fi-t-tarix / Abu-l Fido “ Abd Allah al- Kadi (I-III jildlari) va Muhammad Yusuf ad- Daqiqi (IV-X jildlari). 10-jildlik. Bayrut, 1987.

9Q.: O’z RFA Sharqshunoslik inistituti qoshidagi qo’lyozmalar fondi. T. 1-jild. Toshkent,1954.10-18 raqamli qo’lyozmalar.

10Q.: 824,825,6679-6802,7290-7294,7423-7425 raqamlari ostida saqlanayotgan qo’lyozmalar.

11Meдников Н.А. Палестина от завоевания ее арабами до крестовых походов. По арабским источникам. Т. 1-4 // Православный Палестинский сборник. Т. 17. Вып.2. СП б.,1897-1903; Крымский А.Е. История арабов и арабский литературы. С.1-3. М., 1911-1913.

12Ibn al- Athir. Annals du Maghreb et de L’Espagne. Trad.et annote par E. Fagnan. Revue Africaine. XI.XLI. Alger. 1901.

13Oestrup I. Arabiske Kroniker til Korstogenes Periode 1098-1293 oversatte efter Ibn al- Athir eg. Abu Shama. Kopenhagen.1904.

14Seref ed-din. Ibn Atirler. Stambul. 1322/1904-05.

15Бартольд В.В Туркестан в эпоху моноголъского нашествия. Сочинения. 1-jild. -М., 1963 . B. 46.

16Richards D.S. Ibn al- Athir and the Later Parts of the Kamil: A Study of Aims and Methods. In: Medieval Historical Writing in the Christian and Islamic World.London, 1982,рр. 76-108.

17Abu-l-Hasan ‘ Ali ibn Muhammad Ibn al Asir ash-Shayboni al-ma’ruf bi Ibn al-Asir al-Jazari almulaqqab bi “Izz ad-din.Al-Kamil fi-t-ta’rix / Sayid Muhammad Rahimxon nashri.12 jildlik. Al-Kahira: Bulak,1883-1885.

18 O’sha joyda.

19 Chavannes E. Documents sur lts Tou-Kie (Turcs) occidentaux, p.142-143.

20Аl-Balazuri, Axmad ibn Yaxyo. Ansob al- Ashraf / Muhammad Hamidulloh nashri. Аl-Qohira: Dар аl-Ма’аif, 1959.

21Ibn al-Asir.Al Komil fi-t-ta’rix. 12-jild. B. 170.

22 O’sha joyda.В.196.

23O’sha joyda.В.139.

24O’sha joyda.В.171.

25O’sha joyda.12-jild .В.170.

26Ibn al-Asir.Al Komil fi-t-ta’rix. 10-jild. C. 70.

27Болъшаков О.Г. Джизйа // Ислам. Энциклопедический словаръ. -М.; Наука, 1991. С.65.

Download 25,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish