Al-Хоrazmiy nоmli Urganch Davlat univеrsitеti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 4,43 Mb.
bet18/102
Sana22.07.2022
Hajmi4,43 Mb.
#837252
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Bog'liq
Turkiyfilologiyagakirish..IntroductiontoTurkicPhilology

Urumlar (rum – «anatoliyalik grek») – Ukrainaning Donetsk viloyatida ya-shovchi turkiy tilli xalq. Ular avval Qrimda yashagan. Yekaterina Ikkinchining far-moni bilan 1779-yilda Qrimning Janubiy Azov bo‘yiga ko‘chirilgan. Dini –xristi-an.
Xazarlar – turkiy va boshqa ko‘pgina qavmlarni o‘ziga birlashtirgan Shar-qiy Yevropadagi ikki yirik o‘rta asr siyosiy birlashmalarining bittasi bo‘lgan Xazar xoqonligining asosiy xalqi. Xazar xoqonligi VII asrdan X asrgacha hukm surgan. O‘sha paytda xoqonlik Sharqiy Yevropaning katta hududida hukmronlik qilgan (Xazar xoqonligi poytaxti VIII asr boshigacha Samandar shahri ‒ Edil va Darbant oralig‘ida, keyinchalik, Volganing quyi oqimi Itil shahri bo‘lgan) xalqlar bo‘lib kelgan. X asr o‘rtalarida Xazar xoqonligi hukmronlik roli asta-sekin Rus mamlaka-tiga o‘ta boshladi. Xazarlar o‘zlarini Turkiy xoqonlikning haqiqiy vorisi deb hisob-lab, mamlakatni boshqargan kishini xoqon (qag‘an), mamlakatni esa xoqonlik deb nomlagan.
Xakaslar – Sibirda yashovchi turkiy xalqlardan biri. Ular Xakasiyaning aso-siy aholisini tashkil qiladi. Xakaslarning umumiy soni 73 ming kishi. Dini – xristi-an.
Alohida xalq sifatida XIX – XX asrlar oralig‘ida vujudga kelgan.
Chyornie klobukilar – Janubiy Rusda va Volga, Ural bo‘ylarida yashagan o‘rta asrlardagi turkiy qavm. “Chyornie klobukiler” atamasi XII asrdagi pecheneg-o‘g‘uz qavmlarining (pecheneglar, uzlar, torklar, berendiler, kovuylar, kalpichlar, boutlar) umumiy atamasi hisoblanadi. Bu qavmlar Janubiy Rus yerlarida manzil to-pib, Kiyev Rusi xalqining tarkibiga kirib ketgan.
Chuvashlar – O‘rta Volga bo‘yida yashaydi. Ular Chuvash Respublikasi-ning asosiy aholisini tashkil etadi. Chuvashlarning umumiy soni 1 mln. 780 ming kishi. Dini – xristian.
Chuvash xalqi X asrda Bulg‘ar mamlakati tarkibida boshlangan va XV asrda hozirgi Chuvash Respublikasi hududida alohida xalq bo‘lib shakllandi.
Chulim tatarlari (chulim turklari) – Sibirda Ob daryosining o‘ng tarmog‘i Chulim daryosi bo‘ylarida yashovchi turkiy xalq. Chulim turkiylarining vujudga kelishida turkiy qavmlar va mahalliy samodiy, ket substrat komponenti muayyan rol o‘ynagan.
Shorlar (o‘zlarini “shor-kiji” deb ataydi) Sibirda Kemerevo viloyatining ja-nubidagi Tom daryosining Kondoma va Mrassu tarmoqlari bo‘ylarida yashaydi. Shorlarning umumiy soni 16 ming kishi. Ular xristian diniga e’tiqod qiladi.
Hozirgi shorlarning avval “shorlar”, “mrassu va kondoma atarlari”, “kondo-malilar”, “mrassulilar”, “kuznes tatarlari” deb nomlaganlar. XX asrning 20-yilla-ridan boshlab “shor” termini Tom daryosi bo‘yida yashovchi barcha turkiy xalq-larga nibatan ishlatiladigan bo‘ldi. Shorlar qadimgi ugor, samodiy va ket qavmlari-ning turkiylashgan avlodlari hisoblanadi.
Yoqutlar (o‘zlarini «saxa» deb ataydi) – Sibirda yashovchi turkiy xalqlar-dan biri. Ular Yoqutiston Respublikasining asosiy aholisini tashkil etadi. Umumiy soni 345 ming kishi. Dini – xristian.
Yoqutlarning ota-bobolari VII – VIII asrdagi o‘rxun yodnomalarida tilga olingan quriqanlar bo‘lgan. Ular VI – X asrlarda Baykal yoqasida, Angaraga va Lenaning yuqori oqimida yashagan. Keyinchalik, XI asr boshida ular mo‘g‘ul qavmlari tazyiqiga uchrab, Lena buyiga ko‘chishga majbur bo‘lgan.


Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish