VII bob. Allohning rahmatidan umid qilish bobi hadislari
1. Abu Hurayra. «Alloh taolo rahmatini yuz bo‘lak qildi...» Muttafaqun alayhi*. Al-Buxoriy (6000/10) va Muslim (2757/4).
2. Hasan. «Alloh taoloda yuzta rahmat bor...» Sahih*. Hokim (57/1).
3. Abu Said Xudriy. «Bir odam jannatga amalsiz...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3481/6) va Muslim (2755/4).
4. Abdulloh ibn Amr Os. «Albatta Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3470/6) va Muslim
(2766/4).
5. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy. «Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Ahmad (384/3) va Termiziy (2436).
6. Anas ibn Molik. «Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Abu Dovud (4739), Termiziy (2435), «Sahihul-jome’» (3714).
7. Jobir ibn Abdulloh. «Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar...» Bu hadisning sahihligiga ulamolar ixtilof qilishadi. Hokim va Zahabiy sahih deganlar, Uqayliy «Az-zuafo»da zaif deganlar (638).
8. Hasan. «O‘lim vaqtida musulmon...» Hasan*. Abdu ibn Hamid (1370) va termiziy (983), Ibn Moja (3261) va Nisoiy, «Al-yavmu vallaylau» (1062).
9. Abu Hurayra. «Hech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6463/11) va Muslim (1734/3).
10. Hadis. «Qiyomat kunida Arshning tagida nido qiluvchi...» Mavzu’*. «Ihyo» (530/4) va «Itxofis sodatul-muttaqiin» (571/10).
11. Abu Hurayra. «Agar mo‘min Alloh huzuridagi...» Sahih*. Muslim (2755/4) va boshqalar.
12. Oyisha. «Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim...» «Kashful-xafo» (284/1) ga qarang.
13. Abu Hurayra. «Alloh taolo yetti kishini...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (660) va Muslim (1031/2).
VIII BOB. YAXSHI ISHLARGA BUYURISH VA YOMON ISHLARDAN QAYTARISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi. Umar ibn Abdulaziz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo hammani bitta xos amal bilan azoblamaydi, lekin gunohlar zohir bo‘lsa, o‘shandan qaytarmasalar, o‘sha qavmning hammasi azobga haqli bo‘ladi”.
90. Zikr qilindi: “Alloh taolo Yusha’ ibn Nun alayhissalomga vahiy qildi: “Albatta, Men sening qirq mingta yaxshi ummatingni o‘z ixtiyori bilan halok qiluvchiman va yomon ummatingdan ham oltmish mingtani!” Yusha’ alayhissalom aytdilar: “Yo Rabbim, yomonlarni jazolashing mumkin, yaxshilarga nima uchun jazo berasan?” Alloh aytdi: “Ular Mening g‘azabim keladigan ishlardan g‘azablanmadi, o‘shalar bilan birga yeyishdi va ichishdi”.
91. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta olimlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir. Odamlarning ba’zisida yaxshilikni yopuvchi yomonlik kalitlari bordir. Yaxshilik kalitlarini Alloh ularning qo‘llariga tutgan kishilar qanday ham yaxshi odamlardir! Vayl (azob) bo‘lgay Alloh taolo yomonlik kalitlarini qo‘llariga tutgan kishilarga!” Ya’ni kishilarki, yaxshilikka buyuradilar, yomon ishlardan qaytaradilar. Shu yaxshilikni ochuvchi va yomonlikni yopuvchi kalitlardir. Bu toifadagi kishilar mo‘minlardan bo‘ladi. Alloh taolo aytadiki:
“Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar...” (Tavba, 71).
Ammo shunday kishilar borki, ular yomonlikka buyuradilar, yaxshi ishlardan
qaytaradilar. Shu yomonlikni ochuvchi kalitdir. Bu munofiqlarning alomatidir. Alloh taolo aytganidek:
“Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandirlar. Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar” (Tavba, 67).
Hazrati Ali ibn Abu Tolib aytadi: “Amallarning yaxshirog‘i yaxshi ishlarga buyurmoqlik, yomonlikdan qaytarmoqlikdir, fosiqni yomon ko‘rmoqlikdir. Yaxshi ishlarga buyurish mo‘minlik alomatini kuchaytiradi. Kim yomon ishlardan qaytarsa, munofiqning burnini yerga ishqabdi!”
92. Said Qatodadan rivoyat qildi. Bizga eslatildiki, bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga keldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘sha kuni Makkada edilar. Aytdiki: “Siz o‘zingizni payg‘ambar deb da’vo qilasizmi? Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ha”. Aytdi:
“Alloh taolo uchun qaysi amallar yaxshiroq?” “Allohga imon keltirishing, qarindoshchilikni bog‘lashing”. “Keyin-chi?” Aytdilar: “Yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarmoqlik” Yana: “Alloh taologa qaysi amallar yomonroq?” deb so‘radi. Javob
berdilar: “Allohga shirk keltirishlik”. “Keyinchi?” deb yana so‘radi. “Qarindoshlikni uzishlik”. “Keyinchi?” “Yaxshilikka chaqirishni hamda yomon ishlardan qaytarishni tashlash”, deb javob berdilar.
Sufyon Savriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “O‘z qo‘shnisi oldida yaxshi ko‘ringan va do‘stlari oldida maqtalgan qorini ko‘rsang, bilginki o‘sha kishi xushomadgo‘y, laganbardordir”. Ya’ni kishi odatda o‘zining qo‘ni-qo‘shniisni va birodarlarining xatosini va kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurishga buyurilgan, demakki agar qo‘ni-qo‘shnisining xato-kamchiligini aytmasa, zotan ular tomonidan yaxshi ko‘riladi. Xuddi shu kabi yor- birordarlarini ham xato-kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurmasa, ular tomonidan maqtovga erishadi. Zeroki, inson tabiati agar islomiy ruh bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, undagi biror xato-egrilikni tuzatgan kishini yaxshi ko‘rmaydi.
93. Ubaydulloh ibn Jarir otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Odamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa, uni o‘zgartirishga qodir bo‘lib, o‘zgartirmasalar, Alloh taolo o‘shalarning hammalariga barobar azobni yuboradi, o‘lmaslaridan oldin”.
Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) qudratni shart qildilar.
Ya’ni ko‘pchiligi ahli solihlar bo‘lsa, o‘sha gunohkorlarni gunohlaridan qaytarishliklari ahli solihlarga vojib bo‘ladi, agar ular gunohni zohir qilsalar. Chunki Alloh taolo bu ummatni maqtab:
“(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero sizlar yaxshi ishlarga buyurasizlar, yomon ishlardan qaytarasizlar va Allohga imon keltirasizlar. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari fosiq, itoatsizlardir” (Oli Imron, 110). Buning ma’nosi shuki, sizlar Lavhul-mahfuzda, odamlar uchun chiqarilgan yaxshi ummat, deb yozilgansizlar. Alloh taolo sizlarni odamlarni yaxshi ishlarga buyurmoqlik uchun chiqardi, yaxshi ishlarga, ya’ni ibodat va toatlarga chaqirishlaringiz uchun, yomon ishlardan qaytarishlaringiz uchun. Yaxshi ishlarga buyurishlik Allohning kitobiga, sunnatiga va ahlga to‘g‘ri keladigan narsalarga buyurmoqlikdir.
Yomon ishlar bu narsalarga muxolif (qarama-qarshi) keluvchi narsalardir. Alloh taolo boshqa oyatda aytdi:
“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohlardan qaytaradigan bir jamoa bo‘lsin! Ana o‘shalar najot topguvchilardir” (Oli Imron, 104).
Alloh taolo yaxshi ishlarga buyurmaydigan, yomon ishlardan to‘smaydigan qavmlarni yomonladi. Bas, aytdi:
“Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish” (Moida, 79).
Boshqa oyatda:
“Olim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, haromxo‘rlikdan qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar!” (Moida, 63). Ya’ni o‘shalarning olimlari, faqihlari, qorilari fahsh so‘zlardan, harom yeyishlikdan qaytarmaydilarmi, deyilmoqda.
Amri ma’ruf qilish uchun lozim bo‘ladigan narsa, agar qodir bo‘lsa, yolg‘izlik vaqtida buyurishlikdir. Bu nasihat va mav’izada yetukroq bo‘lgani uchun.
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: o‘zining birodariga oshkora mav’iza qilgan odam birodarini yomonlabdi, uni yashirib (odamlardan xoli joyda) qilgan bo‘lsa, uni yaxshilabdi. Agar mav’iza tanholikda foyda bermasa, uni oshkoralik bilan buyuradi, gunohdan uni uzoqlashtirish uchun solih va yaxshilik egalaridan yordam so‘raydi. Agar solihlar, yaxshilar bu ishni qilmasalar, gunohkor ulardan ustun kelsa, keyin ularga azob kelib, hammalari halok bo‘lishadi”.
94. Nu’mon ibn Bashir, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, deb aytdi: “Alloh taoloning huquqida riyokor va Allohning huquqlarida o‘shanga tushib qolgan va uni bajaruvchining misoli kemadagi uch kishi misoli kabidir. Ular kemada edilar, bittalari tepaga, bittalari o‘rtaga, bittalari pasta joylashdilar. O‘sha holatda ketishayotganida bittalari boltani oldi. “Boltani nima qilasan?” deb so‘rashdi. “O‘zimning joyimda bir teshik teshaman, suv menga yaqinroq bo‘ladi. Kemada to‘rvam bo‘ladi, suv ichadigan idish bo‘ladi”, dedi. Ba’zilar aytishdi: “Unga indamanglar, o‘zi uchun xohlagancha teshaverin”. Va ba’zilar: “Uni teshishiga yo‘l qo‘ymanglar, bizni ham, o‘zini ham halok qiladi!” dedilar. Agar uni to‘xtatsalar, ular ham, uning o‘zi ham qutilar edi. Agar uni bu ishdan to‘smasalar, ular ham, bu ham halok bo‘ladi”.
95. Huzayfadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytaringizlar, agar qilmasangizlar, Alloh taolo o‘z huzuridagi azoblarni yubormoqligi yaqin bo‘ladi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi”.
96. Hazrati Ali, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Agar ummatim zolimni ko‘rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo‘rqsalar, ular foyda bermaydigan kishilarga aylanadi”.
97. Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Albatta, yaxshi ishga buyurib,yomon ishlardan qaytarasizlar. Bu ishni qilmasangizlar, sizlarga zolim podshohni ega qilib qo‘yadi. Kattalaringizni hurmat, kichiklaringizga rahm qilmaydi. Yaxshilaringiz duo qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so‘raydilar, yordam berilmaydi. Gunohlarini kechirishni so‘raydilar, gunohlari kechirilmaydi”.
98. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlardan birontalaringiz munkar (yomon) ishni ko‘rsa, uni bu ishdan qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan, o‘sha dili bilan qaytarishi imonining zaifligidir”.
Ba’zilar aytdilar: “Qaytarishlik amrlar uchun qo‘l bilan, olimlar uchun til bilan, ummiylar uchun dil bilandir”. Ba’zilar, kimiki shularga qodir bo‘lsa, o‘shalardan qaytarishligi vojib bo‘ladi, dedilar.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Yaxshi ishlarga buyuruvchilar shu ishi bilan Alloh taolo uchun, dinni ulug‘lashni, yuksaltirishni qasd qilishi lozim bo‘ladi. O‘zini bildirish uchun, o‘zining himoyasi uchun, dimog‘dorlik uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Albatta, bu bilan
Allohning o‘zi uchun dinni aziz qilishni qasd etsa, Alloh taolo unga yordam beradi, uning uchun muvofiq qilib qo‘yadi. Agar o‘zining nafsini bildirish, takabburlik bo‘lsa, Alloh uni xor qilib qo‘yadi.
Ikrimadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinidi: Bizga aytdiki: “Bir kishi Allohni qo‘yib, daraxtga sig‘inadigan joydan o‘tib qolibdi. U kishi Alloh uchun bu ishdan g‘azablanibdi. Xudoni qo‘yib bu daraxtga sig‘inishayotgan edilar. Keyin u boltasini olib, eshagiga minib, o‘sha daraxt tomonga, uni chopib tashlash uchun otlanibdi. Shaytoni la’in odam suratida uning yo‘lidan chiqib: “Qaerga ketyapsan?” deb so‘rabdi. «Bir daraxtni ko‘rdim, odamlar Allohni qo‘yib, o‘shanga ibodat qilishyapti. O‘sha daraxtni bolta bilan chopib tashlayman, deb Allohimga ahd berdim», dedi. Iblis: “U senga nima
qildi? Qo‘ygin, ibodat qilishayotgan bo‘lsa, ibodat qilaverishsin. Ularni Allohning o‘zi uzoqlashtiradi”, dedi. U kishi qaytmaydi. Iblis la’natulloh alayh aytdi: “Qaytgin, har kuni senga to‘rt dirham beraman, har kuni ko‘rpachangning bir chetini ko‘tarsang, uni olasan”. “Shunday qilasanmi?” deb so‘radi. Iblis: “Albatta, har kuni senga o‘sha pulni to‘layman”. Keyin haligi kishi uyiga qaytdi. O‘sha pulni ikki-uch kun Alloh xohlagancha topdi. Shundan keyin bir kuni ertalab turib, ko‘rpaning quyi tarafini ko‘tarsa, hech narsa ko‘rmadi. Kiyin bir kun kutdi, dirhamlarni topolmagandan keyin, boltasini olib eshagiga minib, o‘sha daraxt tomon otlandi. Iblis odam suratida uning oldiga chiqdi. “Qaerga ketayapsan?” deb so‘radi. U kishi: “Allohni qo‘yib, sig‘inilayotgan daraxt oldiga boryapman, uni kesib tashlayman”, dedi. Iblis aytdi: “Bunga kuching yetmaydi. Ammo oldingi gal sen Alloh uchun g‘azablangan holda chiqqan eding. O‘sha paytda osmon va yer ahllari jam bo‘lsalar ham, seni qaytara olmas edi. Ammo hozir sening chiqishing nafsing uchun, sen dirhamlarni topa olmaganing uchun chiqyapsan. Agar o‘sha joyga o‘tsang, boshingni yoramiz”. U daraxtni tinch qo‘yib uyiga qaytibdi.
Faqih aytadi: Yaxshi ishlarga buyurguvchi kishi besh narsaga muhtoj bo‘ladi:
1. Ilmga, chunki johil amri ma’ruf va nahiy munkarni chiroyli qila olmaydi.
2. Allohning roziligini va dinni kuchaytirishni qasd qilmoqlikka.
3. Bu ishlarni bajaruvchi rahmdil bo‘lmoqligi, buyurganda ham yumshoqlik bilan, do‘stona buyurishligi lozim bo‘ladi. Qalbi qattiq, qo‘pol bo‘lmasligi kerak. Chunki Alloh taolo, Muso va Horunni Fir’avn oldiga yuborayotib aytdi:
“Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar” (Toha, 44).
4. Sabrli, halim bo‘lmoqligi, chunki Alloh taolo Luqmon qissasida aytdi:
“Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga)
sabr qil!” (Luqmon, 17.)
5. O‘zi buyurgan narsalarga amal qilmoqligi, amal qilish bilan boshqalarga ibrat bo‘lishi lozim. Ushbu oyatga rioya zarur.
“Odamlarni yaxshilikka chaqirib, o‘zlaringizni unutasizlarmi?” (Baqara, 44).
99. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isro kechasida lablarini qaychilar bilan kesib tashlayotgan kishilarni ko‘rdim. “Ey Jabroil, ular kimlar?” deb so‘radim. Jabroil aytdi: “Ular odamlarni yaxshilikka buyurib, o‘zlarini unutgan xatiblaringiz, ular Allohning kitobini o‘qib, unga amal qilmaydilar”, dedi”.
Abu Qatodadan bizga zikr qilindi. Tavrotda yozilgan: “Ey odam farzandi! Meni eslatsang- u, o‘zing unutsang, Menga chaqirsang-u, o‘zing qochsang, bas, botildir sizlar qilayotgan narsalaringiz!”
100. Abu Muoviya Fazzoriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan ravshan hujjat ustidadirsizlar. Batahqiq Alloh sizlarning yo‘llaringizni ravshan qilib berdi, agar sizlarda ikki mastlikning ko‘rinishi bo‘lmasa. Hayot mastligi va ilmsizlik mastligi. Sizlar bugun yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasizlar va Alloh taolo yo‘lida jihod qilasizlar, yaqinda o‘sha narsalardan o‘girilib qolasizlar, agar sizlarda dunyoni sevish ko‘paysa, yaxshi ishlarga buyurmaysizlar,
yomon ishlardan qaytarmaysizlar. Allohdan boshqasining yo‘lida jihod qilasizlar. O‘sha og‘ir kunda Alloh kitobiga oshkora va pinhona amal qiluvchi zotlarning birinchilar qatori o‘tgan muhojir va ansorlar kabi martabalari barobardir”.
101. Hasandan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimiki dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa, agar bir qadam bo‘lsa ham. Jannat uni talab qiladi va u Hazrati Ibrohim alayhissalom va Muhammad (s.a.v.) bilan rafiq bo‘ladi”. Ya’ni Ibrohim alayhissalom Xarron (Iroq)dan Shom (Suriya) yeriga hijrat qildilar, Allohning kalomida aytiladi: “(Ibrohim) aytdi: “Albatta men Parvardigorim (buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, uning o‘zigina qudrat va hikmat egasidir” (Ankabut, 26). Va yana Ibrohim alayhissalom aytdilar:
“Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman, uning o‘zi meni hidoyat qilur” (Vas-saffot, 99) Ya’ni, Rabbim toatiga, Uning rizosiga ketaman, deydilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qildilar.
Kimning yerida fahsh-gunohlar ko‘rinsa, o‘sha kishi u yerdan Allohning rizoligini istab chiqsa, Ibrohim va Muhammad alayhissalomlarga ergashgan bo‘ladi. Oxiratda ikkovlari bilan jannatda birga bo‘ladi. Alloh taolo aytdi:
“Kim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu yo‘lda) unga o‘lim yetsa, haqiqatki, uning ajri – mukofoti Allohning zimmasiga tushar. Alloh mag‘rifatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Niso, 100).
Ya’ni, kimki Allohning va rasulining toatida yo‘lga chiqib, keyin o‘lsa, uning savobi
Allohga vojib bo‘ladi.
102. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi mo‘min Alloh va rasulining toatida o‘z uyidan chiqib, ulovining uzangisiga oyog‘ini qo‘ysa, agar bir qadam bo‘lsa ham yursa, keyin o‘limini topsa, Alloh taolo unga muhojirlar ajrini beradi va qaysi mo‘min o‘z uyidan Alloh yo‘lida qasd qilguvchi bo‘lib chiqsa, so‘ngra oti uni yiqitib, o‘lsa yoki urushga kirishdan oldin bir narsa chaqsa yoki qandaydir o‘limni topsa, u shahiddir. Qaysi muslim o‘z uyidan Allohning uyiga chiqsa, keyin unga yetmasdan ajali yetsa, Alloh taolo unga jannatni
vojib qiladi”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kimiki o‘z yeridan muhojir bo‘lmasa, u Allohning farzlarini ado etishga qodir bo‘lsa, o‘sha joyda turishining zarari yo‘qdir. Ularning qilayotgan gunohlarini yomon ko‘rguvchi holida bo‘ladi. Bu uzrlidir.
Abdulloh ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Agar kishi munkar ishni ko‘rib, o‘zi o‘zgartirishga qodir bo‘lmasa-da, qalbida bu ishni Alloh xush ko‘rmaydi, degan e’tiqodda bo‘lsin”.
Ba’zi sahobai kiromlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Sizlardan birortangiz bir munkar ishni ko‘rsa, lekin uni qaytarishga qodir bo‘lmasa, uch marta: “Ey Parvardigor, bu yomon ish, bunga rozi emasman”, deb aytsin. O‘shani aytsa, amri ma’ruf va nahiy munkar qilguvchi savobini oladi”.
103. Rivoyat qilindi: Abu Umayya aytdi: Abu Sa’laba Xushniydan
“Ey imon keltirganlar, o‘zlaringizni bilingizlar!” (Moida, 105) oyati to‘g‘risida so‘radim. So‘ngra aytdi: “Sen olim kishidan buning ta’vilini so‘radingmi?” Buni Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radim, u kishi aytdilar: “Ey Abu Sa’laba, yaxshilikka buyuringlar, yomon ishlardan qaytaringlar, bas, agar g‘alaba qilguvchi dunyoni va
hamma ergashgan baxillikni va har bir kishi o‘zining fikri bilan gerdayish holatini ko‘rsang, o‘zingni saqlagin, albatta, bu ishlaringizdan keyin faqat sabrdir, o‘sha kunda o‘zini saqlaganlar hozirgi amal qilguvchilardan ellik kishining ajriga barobardir”.
So‘radilarki: “Yo Rasululloh, ellikta amal qiluvchi ulardanmi (oldingilardanmi) yoki bizlardanmi?” Aytdilar: “Sizlardan ellikta amal qiluvchining ajri kabidir”.
104. Qays ibn Abu Hozim aytdi: “Abu Bakr Siddiqdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, eshitdim, u zot aytdi: “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u, uni o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa qo‘yasizlar: “Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingizlar! (Ya’ni gunohlardan saqlaningizlar.) Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmagay. Barchangiz ham Allohga qaytguvchisizlar” (Moida, 105). Va Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi bir qavm, gunohlarni qilsa-yu, ularni bu ishlaridan qaytarmasalar, o‘shanda Alloh taolo hammalariga azobini beradi”.
Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, yuqoridagi oyatning ta’vili so‘raldi, aytdilar: “Bu zamon hozirgi zamon emas, qachon insonlarning havolari ko‘paysa, talashib-tortishishni yaxshi ko‘rsalar, har bir kishi o‘zining nafsini lozim topsin (saqlasin)!”
VIII bob. Yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish bobi hadislari
1. Anas ibn Molik. “Albatta, odamlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir...” Hasan*. Ibn Moja (237) va Tayolisiy
(2082).
2. Qatoda. “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldi...” Isnodi yaxshi*. “At-targ‘ib” kitobi (224/3) ga va “Al-majma’a” (151/8) ga qarang.
3. Ubaydulloh ibn Jabar. “Odamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa...” Sahih*. Abu Dovud (4339) va Ibn Moja (4009).
4. No‘’mon ibn Bashir. “Alloh taoloning haqqida...” Sahih*. Buxoriy (2686-2493/5).
5. Huzayfa. “Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki...” Hasan*. Termiziy (2169) va Ahmad (288/5), “Al-mishkot” (5140) ga qarang.
6. Ali ibn Abu Tolib. “Agar ummatim zolimni ko‘rib...” Isnodi yaxshi*. Ahmad (190/2) va Hokim (96/4).
7. Abu Dardo. “Albatta, yaxshi ishga buyurib...” Zaif*. Bazzor (3307), “Zaiful jome’”ga (4650) qarang.
8. Abu Said Xudriy. “Sizlardan birontalaringiz...” Sahih*. Muslim (49), Abu Dovud (1140), Termiziy (2172), Nasoiy (111/8) va Ibn Moja
(4014/1275).
9. Ikrima. “Bir kishi Allohni qo‘yib...” Zaif*. Uni Abu Dunyo “Shayton hiylalari” kitobida zikr qilgan (60) va Javziyning “Talbisul-iblis” kitobida keltirilgan (32-bet).
10. Abu Muoviya G’azzoriy. “Bugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan...” Zaif*.
11. Hasan. “Kim dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa...” Zaif*
12. Hadis. “Qaysi mo‘min Alloh va Rasulining toatiga...” Isnodi zaif*. Ahmad (36/40).
13. Sa’laba Qushniy. “Bu oyat to‘g‘risida so‘radim...” Zaif*. Abu Dovud (4341), Termiziy (3058) va Ibn Moja.
14. Abu Bakr Siddiq. “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u...” Sahih*. Ahmad (2), Abu Dovud (4338), Termiziy (3057, 2168), Ibn Moja (4005).
IX BOB. TAVBA
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayrdan rivoyat: Odam alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor, shaytonni mening ustimga ega qilib qo‘yding. Men Sening yordamingsiz undan o‘zimni saqlay olamayman”. Alloh: “Sening qaysi farzanding tug‘ilsa, iblisning makridan va yomonlik egalaridan ham qaytaradigan farishtani himoyachi qilib qo‘ygayman”, dedi. “Ey Parvardigor, ziyoda qil!” Alloh aytdi: “Bir yaxshilikka o‘n barobar savob ziyoda qilgayman. Bir yomonlik qilsa, uni bitta qilib yozgayman yoki kechirgayman!”
“Ey Rabbim, ziyoda qil!” Alloh dedi: “Uning ruhi jasadida bo‘lgan vaqtning o‘zida tavbasini qabul qilgayman” “Alloh o‘z kalomida aytdi: “(Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmati-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir”
(Zumar, 53).
105. Faqih aytadi, Ibn Abbos rivoyat qiladiki, payg‘ambarimizning amakilarini o‘ldirgan Vahshiy Payg‘ambarimizga (s.a.v.) Makkadan xat yozdi: “Men musulmon bo‘lishni xohlayman, lekin sizga tushgan bu oyatlar meni qaytaryapti:
“Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan bittasi)ni qilsa, uqubatga duchor bo‘lur” (Furqon, 68). Men oyatda aytilgan shartlarning uchchalasini ham qilganman, men tavba qilsam bo‘ladimi?”
So‘ngra bu oyat tushdi:
“Magar kim tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblariga aylantirib qo‘yur” (Furqon, 70).
Payg‘ambar (s.a.v.) shuni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy: “Albatta, oyatda shart bor ekan. Bu shart amali solihdir, bilmaymanki, amali solihga qodir bo‘lamanmi yoki yo‘qmi?” deb yozdi. So‘ngra Allohning ushbu so‘zi tushdi: “Albatta, Alloh o‘ziga sherik qilinishini kechirmas, shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalar uchun kechirur” (Niso, 48). Buni Vahshiyga yozdi. Vahshiy javob qildiki, «Bu oyatda yana bir shart bor ekan, bilmaymanki, Alloh mening gunohlarimni kechiradimi yoki yo‘qmi?» Keyin Alloh bu oyatni tushirdi: “(Ey Muhammad), Mening o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |