Hayo bobi hadislari
740-hadis. Muttafaqun alayh.
741-hadis. Ziaf. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
742-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
743-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
744-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qildilar. “Sahihul-jome’”ga qarang.
745-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
746-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan.
747-hadis. Botil, asli yo‘q. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
748-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
OLTMISH YETTINCHI BOB AMAL VA NIYAT BIRLIGI
Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Zayd ibn Maysaradan rivoyat qiladilar: “Alloh taolo: “Men hamma hakim bandaning kalomini qabul qilavermayman, uning g‘ami va xohishiga qarayman. Agar g‘ami va xohishi Menga bo‘lsa, sukutini tafakkur, so‘zini, gapirsa- gapirmasa, zikr qilib qo‘yaman”, deydi”.
Ibrohim Naxa’iy (r.a.) aytadilar: “Kishi g‘azab bilan bir gap gapiradi va undan yaxshilikni niyat qiladi, Alloh shunda unga nisbatan odamlarning qalbiga uzr soladi. Hatto ular,
faqat yaxshilikni xohlagan edi, deyishadi. Yana bir kishi yaxshi so‘zni gapiradi, lekin yaxshilikni niyat qilmaydi. Alloh buni odamlarning qalblarida bildiradi. Hatto, ular, bir kalomida yaxshilikni iroda qilmadi, deyishadi”.
Avn ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: “Yaxshilik ahllari bir-biriga uch kalimani yozib turishar edi: kim oxirat uchun amal qilsa, Alloh uning dunyo amallarini to‘g‘irlab qo‘yadi. Kim ichini isloh qilsa, Alloh tashqarisini ham isloh qilib qo‘yadi. Kim Alloh bilan o‘zi orasini isloh qilsa, Alloh u bilan odamlar orasini isloh qilib qo‘yadi”.
Hasan (r.a.) Alloh taoloning:
“Ayting: har kim o‘z holicha amal qilur” (Isro, 84-oyat), degan so‘zini niyatiga ko‘ra, ya’ni amalning sihhati niyat bilan, deb tushuntirganlar.
749. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati uning amalidan yaxshidir”.
Ahli ilmlarning ba’zilari bu hadis haqida shunday deyishadi: “Chunki kishi niyatining yaxshiligi uchun savob olaveradi, garchi amal qilmagan bo‘lsa ham. Amaliga esa niyatsiz savob ololmaydi”.
Bir olim kishi aytadi: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshidir. Chunki niyati ko‘p amali kam. U tirik ekan yaxshi amal qilishni niyat etadi, ammo u o‘lgunicha, yaxshi amalni davom ettira olmaydi”.
Ba’zilar deyishadi: “Chunki niyat qalbning amalidir. Qalb ma’rifatning makoni. Nimaiki ma’rifat makonidan bo‘lsa, boshqasidan afzaldir”.
750. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni bir bandani keltirishadi. Uning yaxshiliklari katta tog‘lar kabi bo‘ladi. Keyin nido qiluvchi: “Kim mana bu odamdan zulm ko‘rgan bo‘lsa, kelib, undan haqqini olsin”, deb nido qiladi. Odamlar kelib, uning yaxshiliklaridan olishadi. Hattoki yaxshiliklaridan hech narsa qolmaydi. Banda hayron turganida, Rabbi unga: “Mening oldimda sening bir xazinang bor. Uni farishtalarimga ham, maxluqlarimga ham ko‘rsatmaganman”, deydi. Banda: “Ey Rabbim, u nima?” deb so‘raydi. Alloh taolo
aytadi: “U sening niyatlaring. Sen bir yaxshilikni niyat qilsang, unga yetmishdan oshirib, (savob) yozar edim”.
Xabarda rivoyat qilinadi: “Bani Isroil obidlari ichida bir kishi bor edi. Bir kuni u katta qum uyumi oldidan o‘tdi. Shunda ko‘ngliga, agar bu qum uyumi unga aylanib qolsa, och yotgan Bani Isroil xalqini to‘yg‘izardim, degan o‘y keldi. Shunda Alloh taolo ularning payg‘ambariga: “Bu obidga ayt, Men unga unni sadaqa qilgandek ajr berdim”, deb vahiy qildi”.
751. Yana bir xabarda rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni banda keltiriladi va oldiga nomai a’moli qo‘yiladi. Amal kitobida haj, umra, jihod, zakot va sadaqani ko‘rib, banda o‘zicha, bulardan hech birini qilgan emasman-ku, bu mening kitobim emas, deydi. Shunda Alloh taolo aytadi: “O‘qi, bu sening kitobing, sen bechora holda yashab, agar menda mol bo‘lganida, albatta, haj qilardim, agar menda mol bo‘lganida, zakot berardim, deb aytar eding. Men sening niyatingda sodiqligingni bildim va bularning hammasini savobini berdim”.
Faqih Abu Lays aytadilar: “Kishi ozgina narsasini qizg‘onmasa, niyatining to‘g‘riligi ma’lum bo‘ladi. Masalan, yo‘lda qolgan hojini ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, haj qilardim, ammo imkoniyatim yo‘q, faqat ikki dirhamimgina bor, ularni shu kishiga beray, desa, yoxud qiynalib qolgan g‘oziyni ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, albatta,
shunday qilardim, ammo imkonim yo‘q, faqat ozgina pulim bor, ularni mana shu muhtoj g‘oziyga yoki miskin qo‘shnimga beray, desa va bersa, niyatining xolisligi ko‘rinadi. Ammo ozgina narsasini ham qizg‘anib, baxillik qilsa (oziga baxillik qilgan kishining ko‘piga ham baxillik qilishini Alloh biladi), uning uchun haj qilay, yordam beray, degan niyatlarida savob yo‘q. Bir kishi: “Agar Qur’onni yodlaganimda, kechayu kunduz o‘qir edim”, desa va yodlagan bittagina surasini kechayu kunduz o‘qisa, Alloh taolo uning Qur’onni to‘la yod olganida, hammasini o‘qishini biladi va Qur’onning qolganini ham yodlashni nasib qiladi. Agar o‘zida bor narsani ham o‘qimasa, o‘z-o‘zidan uning niyati xolis emasligi bilinadi”.
752. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshi, munofiqning amali esa, niyatidan afzal”.
753. Muhammad ibn Ali Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: “Kim bir kishini, garchi uning do‘zaxi ekani Allohning ilmida bitilgan bo‘lsa ham, adolatliligi uchun Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rsa, Alloh taolo uni sevganga ahli jannatni sevgandek ajr beradi. Kim bir kishini Allohning ilmida jannati bo‘lsa ham, zolimligi uchun yomon ko‘rsa, Alloh taolo uni yomon ko‘rishiga xuddi ahli do‘zaxni yomon ko‘rgandek ajr beradi”.
Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Musoga (alayhissalom) dedi: “Ey Muso, Men uchun biror amal qildingmi?” Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Allohim, Sen uchun namoz o‘qidim, Sen uchun ro‘za tutdim, Sen uchun sadaqa qildim va Seni zikr qildim”. Alloh taolo dedi: “Namozing sen uchun dalil, ya’ni hujjatdir, ro‘za – to‘siq, sadaqa – soya, zikr nurdir. Ammo Men uchun biron kishini do‘st tutdingmi yoki Men uchun biron kishini dushman bildingmi?” Shundan keyin Muso (a.s.) amallarning afzali Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rish va Alloh yo‘lida yomon ko‘rish ekanini bildilar.
754. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringizga, mollaringizga va ahvollaringizga qaramaydi. Balki amallaringizga va qalblaringizga qaraydi”.
755. Oyisha onamiz ham (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilar: “Kim odamlarning g‘azabidan (qo‘rqmay) Allohning roziligini izlasa, Alloh ham, odamlar ham undan rozi bo‘ladi. Kim Allohning g‘azabidan (qo‘rqmay) odamlarning rizoligini izlasa, Alloh taolo ham, odamlar ham unga g‘azab qiladi”.
756. A’mash Abu Amr Shayboniydan, u kishi Abu Mas’ud Ansoriydan (hammalaridan Alloh rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga urushga chiqishni xohlagan bir kishi kelib, shunday dedi: “Ey Rasululloh, menga ulov bering”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Falonchiga bor, senga ulov beradi”. O‘shanga borgan edi, tuya berdi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib, buning xabarini aytdi. Shunda Nabiy (s.a.v.): “Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga uni qilgan kishining ajri kabi ajr bor”, dedilar.
Boshqa bir hadisda: “Yaxshilikka dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir”, deyilgan.
757. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir tilanchi kelib, narsa so‘radi. Qavm jim qoldi. Keyin bir kishi unga bir narsa berdi. Keyin boshqalar ham unga berdi. Nabiy (s.a.v.) shunda aytdilarki: “Kim bir yaxshilikni joriy qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, u ishning savobi va unga ergashganlarning savoblari hech kamaytirilmasdan unga ham beriladi. Kim bir yomonlikni joriy qilsa yoki unga sabab
bo‘lsa, uning gunohi va unga ergashganlarning gunohi hech kamaytirilmagan holda unga ham yoziladi”.
758. Tamim Doriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim qiyomat kuni beshta xislat bilan kelsa, jannatdan adashmaydi. Alloh uchun, rasuli uchun, kitobi uchun, musulmonlarning imomlari uchun va butun omma uchun samimiy-beg‘araz bo‘lgan (holda kelsa)”.
759. Boshqa xabarda rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglarki, din samimiyatdir”, dedilar. “Ey Rasululloh, kim uchun samimiyat?” deb so‘rashdi. Alloh uchun, rasuli, kitobi va jamiki musulmonlar uchun samimiyat”, deb javob qildilar.
Faqih aytadilar: “Alloh uchun samimiyat Allohga iymon keltirmog‘ing, odamlarni ham iymonga chaqirmog‘ing va odamlarning hammasini mo‘min bo‘lishini orzu qilmog‘ing. Payg‘ambar (s.a.v.) uchun samimiy bo‘lish esa, u kishiga Alloh taolo tomonidan nima kelgan bo‘lsa, tasdiqlashing, sunnatlarga amal qilishing va odamlarni ham bu ishga boshlashing. Kitobi uchun samimiyat – uni o‘qimog‘ing, unda bor narsalarga amal qilmog‘ing va odamlarning hammasi o‘qishini hamda amal qilishini orzu etmog‘ing. Musulmonlarning imomlariga samimiyat – ularning buyurganlariga itoat qilishing, qaytarganlaridan qaytishing, ularni yaxshilikka undab, yomon ishlardan qaytarishing va ularga qilich bilan qarshi chiqmasligingdir. Musulmonlar uchun samimiy bo‘lish – o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni ularga ham yaxshi ko‘rmog‘ing, o‘zing yomon ko‘rgan narsani ularga ham ravo ko‘rmasliging, ular orasida do‘stlik va inoqlik bo‘lishini xohlamog‘ing”.
Faqih (r.a.) yana aytadilar: “Qancha uxlayotganlar bor, ularga namoz o‘qiyotganning ajri
beriladi. Qanchalab uyg‘oq namozxonlar bor, ular uyquda, deb yoziladi. Kishi sahar vaqtida turib, tahorat qilib, so‘ng bomdod vaqti chiqqunicha namoz o‘qishga odatlangan bo‘lsa, ammo bir kecha o‘sha niyat bilan yotib, ertalabgacha uxlab qolsa, keyin uyg‘onib ketib, namozni o‘tkazib yuborganiga xafa bo‘lsa va istirjo’ aytsa, uni namozni vaqtida o‘qigan, deb yoziladi va niyati bilan uning savobiga erishadi. Yana bir kishi kechasi turib, namoz o‘qishga odatlanmagan, ammo kechasida tong otdi, deb gumon qilib, turib tahorat olib, masjidga kirsa, hali tong otmagan bo‘lsa, so‘ng bomdod namozi vaqti kirishini kutib, o‘ziga-o‘zi, hali bomdod namozi vaqti bo‘lmaganini bilganimda, o‘rnimdan turmasdim, desa, shu niyati uchun uyg‘oq bo‘lsa ham, uxlovchilardan deb yoziladi”.
Amal va niyat birligi bobi hadislari
749-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
750-hadis. Avvali Buxoriy va Muslimning hadislarida kelgan. So‘ngining isnodi noma’lum.
751-hadis. Isnodi noma’lum.
752-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
753-hadis. Isnodi noma’lum.
754-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
755-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan.
756-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
757-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
758-hadis. Ibn Najjor rivoyat qilgan.
759-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan.
OLTMISH SAKKIZINCHI BOB MAG‘RURLANISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): “Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik ila mag‘rurlanishda”, dedilar.
Vahb ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sizlardan avvalgilarning ichida Allohga yetmish yil ibodat qilgan kishi bor edi. Haftada bir kun, ya’ni shanbada og‘zi ochiq bo‘lardi. Qolgan kun ro‘zador edi. U Allohdan bitta hojatini so‘radi. Ammo hojati ravo bo‘lmadi. Shunda nafsiga, agar senda yaxshilik bo‘lganida, hojating bajarilar edi, ammo oldin gunoh ishlar qilgansan, dedi. Shu zahoti bir farishta tushib: “Ey odam farzandi, o‘zingni haqir hisoblaganing oldin qilgan yetmish yillik ibodatingdan yaxshidir”, dedi.
Sha’biy aytadilar: “Bir kishiga bulutlar soya solib yurardi. Buni ko‘rgan boshqa bir kishi: “Albatta, uning soyasida yuraman”, dedi. Shunda haligi birinchi kishi g‘ururlanib: “Mana bunga o‘xshashlar mening soyamda yuradi”, deb o‘yladi. Vaqti yetib, ular ajralishganida esa, soya ikkinchi kishi bilan ketdi”.
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: Tavbangning to‘g‘ri bo‘lishi gunohingni bilish, amalingning to‘g‘ri bo‘lishi mag‘rurlikdan voz kechishing bilandir”.
Umar ibn Abdulazizdan (r.a.) zikr qilinadi. U kishi xutba qilayotganlarida mag‘rurlanib qolishdan qo‘rqsalar, xutbalarini to‘xtatardilar, yozayotganlarida ham mag‘rurlanishdan xavfsirasalar, varaqni yirtib tashlardilar va: “Ey Parvardigor, Sendan nafsimning yomonligidan panoh tilayman”, derdilar”.
Mutarrif ibn Abdulloh aytadilar: “Kechasi uxlab qolib, pushaymon holda tong ottirishim
kechani uxlamay o‘tkazib, mag‘rurlanib tong ottirishimdan yaxshiroqdir”.
Oyishadan (r.a.) bir kishi: “Muhsin bo‘lganimni qachon bilaman?” deb so‘radi. Qachon gunohkorligingni bilsang”, deb javob qildilar. Kishi: “Qachon gunohkorligimni bilaman? deb savol qildi. Oyisha onamiz aytdilar: “Qachonki, o‘zingni muhsin bilsang”.
Zikr qilinadiki, Bani isroillik bir yigit dunyodan yuz o‘girdi, odamlardan uzoqlashdi, chet joylarda ibodat qila boshladi. Bu yo‘ldan qaytarish uchun qavmining ikki ulug‘i uning uyiga kelishdi. Keyin: “Ey yigit, sabring yetmaydigan qattiq ishni ushlading”, deyishdi. Yigit: “Odamlarning Alloh huzurida turishi mening bu turishimdan qattiqroqdir”, deb javob qildi. So‘ng: “Qarindoshlaring bor, ibodatingni ularning orasida qilganing afzal”, deyishdi. Yigit aytdi: “Agar mendan Alloh rozi bo‘lsa, boshqa hamma do‘st-qarindoshlar rozi bo‘lishadi”. Ikki shayx: “Sen hali yoshsan, ko‘p narsani bilmaysan, bizlar bu ishda
tajriba orttirganmiz va sening bu yo‘lda mag‘rurlanib ketishingdan qo‘rqamiz”, deyishgan edi, yigit: “Kim o‘zini bilsa, mag‘rurlanish unga zarar qilmaydi”, deb javob berdi.
Shayxlar shunda bir¬-biriga qarab: “Turdik, ketamiz. Bu yigit jannatning hidini topibdi. Endi bizning so‘zimizni qabul qilmaydi”, deyishdi.
Xabarda zikr qilinishicha, Dovud (alayhissalom) dengiz bo‘yiga chiqib, Parvardigorga
to‘la bir yil ibodat qildilar. Bir yil o‘tganidan so‘ng: “Ey Rabbim, qaddim bukildi, ko‘zlarim zaiflashdi, diydamda yosh qolmadi. Mening bu ibodatim nima bo‘lishini bilmayman”, dedilar. Alloh taolo qurbaqaga: “Bandam Dovudga javob bergin”, deb vahiy qildi. Qurbaqa aytdi: “Ey Allohning payg‘ambari, siz bir yil Allohga ibodat qilganingizni minnat qilyapsizmi? Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, men o‘ttiz-oltmish yildan beri qamishlar orasida yashab, Unga tasbeh, hamd aytaman. Muskullarim Allohdan qo‘rqqanimdan qaltiraydi”. Dovud (alayhissalom) bu gaplarni eshitib yig‘ladilar.
Zikr qilinishicha, ushbu holat Muso (alayhissalom) bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yganlarida ham yuz bergan ekan.
Faqih aytadilar: “Kim g‘ururini sindirmoqchi bo‘lsa, to‘rtta narsa qilishim kerak bo‘ladi:
1. Tavfiqni (muvaffaqiyatni) Alloh taolodan bilish. Shunda shukr qiladi, nafsiga mag‘rurlanmaydi.
2. Alloh taolo bergan ne’matlarga ibrat ko‘zi bilan qarash. Bunda ham shukr bilan mashg‘ul bo‘ladi, amalini kam sanaydi va qilgan ishiga mag‘rurlanmaydi.
3. Amalining qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish. Shunda xavfi kuchayadi, nafsiga mag‘rurlanmaydi.
4. Oldingi qilgan gunohlariga qarash. Agar gunohlarining yaxshiliklaridan og‘ir kelishidan qo‘rqsa, nafsiga bo‘lgan g‘ururi sinadi. Inson qiyomat kuni nomai a’molidan nimalar chiqishini bilmay turib, qanday g‘ururlanadi?! Albatta, g‘ururlanish va xursandchilik amal kitobini o‘qigandan keyin aniq bo‘ladi”.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Alloh taoloning:
“Mana, Mening kitobimni o‘qinglar” (Al-haqqa, 19-oyat), degan oyatini eshitardim, lekin uning kim uchun aytganini bilmasdim. Bir kuni biz Umarning (r.a.) oldilarida o‘tirganimizda Ka’b (rahmatullohi alayh) kelib qoldi. Umar unga: “Ey Ka’b, bizlarga hadis aytib ber. Aytsang, faqat Allohning kitobiga mosini ayt”, dedilar. Ka’b (r.a.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kuni barcha maxluqlarni katta bir vodiyda tiriltiradi. U yerda chaqiruvchi hammalarini eshitib, ko‘rib turadi. Keyin har bir qavm imomi bilan
chaqiriladi. Ya’ni, hidoyatga yoki zalolatga boshlovchi olimlari bilan chaqiriladi. Hidoyatga boshlovchi imom qavmidan oldin keltiriladi. Kelganidan so‘ng unga kitobi o‘ng tomonidan beriladi. Unda gunohlari yashiringan bo‘ladi, faqat o‘zi o‘qiydi. Bu ish, amalim bilan jannatga kirdim, demasligi uchundir. Odamlarga esa, uning yaxshiliklari ko‘rsatiladi.
Ular: “Falonchi qanday yaxshi, yaxshiliklari ko‘rinib turibdi”, deyishadi. Uning o‘zi gunohlarini o‘qiyotib, halok bo‘ldim, endi, deb o‘ylaydi. Kitobining oxiriga kelganida, gunohlaringni kechirdim degan so‘zni o‘qiydi. Keyin unga nurdan bo‘lgan toj kiydiriladi. Nurlari yaltirab turadi. So‘ng unga: “Birodarlaringga borib, ularga ham senikiga o‘xshash ish bo‘lishini aytib xursand qil”, deb turishadi. Keyin u: “Mana, mening kitobimni o‘qinglar. Gunohlarimni kechirdi. Xursand bo‘linglar. Hammalaringiz men kabi bo‘lasizlar”, deydi.
Agar zalolatga chaqiruvchi imom bo‘lsa, u ham olib kelinadi. Keyin kitobi beriladi. O‘ng qo‘li bilan ushlayman, desa, o‘ng qo‘li bo‘yniga o‘ralib qoladi. Bo‘yniga o‘girib, yolg‘iz o‘zi yaxshiliklarini o‘qiydi. Bu ish, faqat gunohlarim saqlanib, yaxshiliklarim yozilmabdi, demasligi uchundir. So‘ng unga aytiladi: “Falon amalni qilding va o‘sha ishga yarasha mukofotlaringni olding”. Shunday qilib, yaxshiliklari tugaydi. Gunohlari esa, odamlarga ko‘rinib, ma’lum bo‘ladi. Shunda ular: “Falonchiga vayl bo‘lsin, yomonliklari ko‘rinib turibdi”, deydi. U kitobini o‘qiy-o‘qiy oxiriga yetadi va eng so‘nggi sahifada: “Albatta, senga azob kalimasi haqdir”, degan so‘zni o‘qiydi. Yuzi qorong‘i kechadek qop-qora
bo‘lib ketadi, keyin boshiga o‘tdan bo‘lgan toj kiydiriladi, tojning tutunlari yaltiraydi. So‘ng unga: “Borib qavmingga xabarini ber. Ularning hammasi uchun mana shunday narsa tayyorlab qo‘yilgan”, deyiladi. Vodiy ahliga yetib kelganida, ular hammasi faqat: “Ey Parvardigor, buni biz bilan, bizni u bilan birga qilma”, deyish bilan ovora bo‘ladi. Qaysi qavm o‘tsa, unga la’nat o‘qiydi. Keyin do‘stlari kelib, ular ham la’nat aytadilar. hamma undan bezor bo‘ladi. Alloh taolo:
“Hali qiyomat kunida ayrimlaringiz (ya’ni peshvolaringiz) ayrimlaringizdan
(ergashuvchilaridan) tonur, ayrimlaringiz ayrimlaringizni la’natlar” (Ankabut,
25-oyat), deb aytgani kabi u ham qavmini la’natlaydi. So‘ngra ularga: “Bilib qo‘yinglar, hammalaringiz xuddi mana shu holga tushasiz”, deb aytadi”.
Masruq (r.a.) aytadilar: “Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqishi, ilmsiz qolishiga esa, amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi”.
760. Mujohid (r.a.) aytadilar: “Said ibn Os Usmonning (r.a.) huzurlariga bir qavmni yubordi. Ular kelib Saidni maqtashdi. Shunda ularning yuziga tuproq sochdilari va: “Men Payg‘ambarning (s.a.v.): “Agar maddohlarni ko‘rsanglar, ularning yuziga tuproq sochinglar”, deganlarini eshitganman”, dedilar”.
Mag‘rurlanish bobi hadislari
760-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
OLTMISH TO’QQIZINCHI BOB HAJNING FAZILATI
761. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bizlar Payg‘ambar (s.a.v.)
bilan birga edik. Yamandan bir toifa kelib: "Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin, bizga hajning fazilatlarini aytib bering", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Kim yurtidan haj yoki umra qilish uchun chiqsa, har bir qadamini ko‘tarib bosganida, badanidan gunohlari daraxg yaproqlari to‘kilgandek to‘kildi. Agar Madinaga kirib, men bilan salomlashsa, maloikalar unga salom berishadi. Agar Zul Hulayfaga tushsa va yuvinsa, Alloh taolo uni gunohlardan poklaydi. Qachon ikki yangi kiyim kiysa, Alloh taolo unga yaxshiliklarni yangilaydi. "Lab-baykallohumma, labbayk", desa, Alloh taolo: "Bi-labbayka va sa’dayka. So‘zingni eshityapman. Seni ko‘rib turibman", deydi. Agar Makkaga kirib tavof qilsa, Safo va Marva orasida sa’y qilsa, Alloh unga yaxshiliklarni yog‘diradi. Agar hojilar Arafotda to‘xgasalar, hojatlarini so‘rab, ovozlari ko‘tarilsa, Alloh taolo yetga osmon farishtalariga faxrlanib aygadi: ' Farishtalarim va osmonda turuvchilar, Mening bandalarimni ko‘rmaysizlarmi? Ular Menga turli yo‘l va daralardan o‘tib, chang- g‘uborlarni bosib, mollarini sarflab, tanalarini charchatib kelshtsdi. Izzatim va
ulug‘llgimga qasamki, ularning yaxshilari sababli yomonlariga ham yaxshilik beraman va ularni onasidan yangi tug‘ilganidek, gunohlaridan poklayman". Agar tosh otsalar, sochlarini oldirsalar, Baytullohni ziyorat qilsalar, nido qiluvchi arshdan nido "Gunoharingiz kechirilgan holda qaytib, amallaringnzni yangidan boshlanglar".
762. Ali ibn Abu Tolib (karramallohu vajhahu) aytadilar: "Allohning uyini Paygambar (s.a.v.) bilan birga tavof qilayottan edim. Shunda u zotdan: "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, bu uy qanaka uy?" deb so‘radim. Nabiy (s.a.v.): "Ey Ali, Alloh taolo bu dunyo hovlisida ummatimning gunohlariga kafforat bo‘lish uchun bino qildi", dedilar. "Ota- onam fido bo‘lsin, Hajarul asvad nima?" deb so‘radim keyin. "Bu tosh jannatda javhar edi. Alloh taolo uni yer yuziga quyosh shu’lasi kabi shu’lali holda tushirdi. Mushriklar qo‘llari bilan ushlagani uchun u qorayib, rangi o‘zgarib ketdi", dedilar Rasululloh (s.a.v.)".
763. Abbos ibn Mardos rivoyat qiladilar: "Nabiy(s.a.v.) arafa kuni oqshomida ummatga rahmat va mag‘firat so‘rab, Alloh taologa uzoq vaqg duo qildilar. Alloh taolodan: "Men shunday qiltanman (yabnii, rahmat va mag‘firat etganman), ammo ular bir-birlariga zulm qiladilar", degan javob keldi. Payg’ambar (s.a.v.) aytdilar: "Ey Rabbim, sen mazlumga zulm ko‘rgani uchun savob berishta, shuningdek, zolimni ham kechirishga qodir zotsan". O’sha kecha Allohstaolo javob bermadi.
Ergasi kuni Nabiy (s.a.v.) Muzdalifada shu duni yana takrorladilar. Keyin Alloh: "Men ularni kechyardim", deb javob qildi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) tabassum qildilar. Sahrbalarning ba’zilari: "Yo Rasulalloh, oldinlari hech tabassum qilmagan soatda tabassum qildingiz?" deb savol so‘rashdi. Rasululloh: “Allohning dushmani shaytonga kuldim. U mening ummatim uchun qilgan duoim mustajob bo‘lg‘anini bilib, o‘zini yerga otdi, nafsimga vayl va halokat bo‘lsin, deb boshiga tuproq sochdi", dedilar.
764. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdal (s.a v) rivoyag qiladilar. U kishi (s.a.v.) aytdilar: "Kim Alloh uyini hij qilsa, haj davomida yomon gaplarni gapirmasa, fosiqdik qilmasa, (uyiga) onasidan yangi tug‘ilgandek (pok holda) qaytadi"
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Kim bu uyga Allohni xohlab kelsa va tavof qilsa, onasidan yangi tug‘ilgandek pok bo‘ladi".
765. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Shaytonni arafa kunidagidek zaifroq, haqirroq, g‘azablanganroq xolda hech qachon ko‘rmagan. Buning sababi faqatgina Allohning
rahmati tushayotgani va Alloh taolo katga gunohlarni kechib yuborayotganidir. Bundan avval bu kabi shrsa faqatgina Badr kunida ko‘rilgan".
Umar ibn Abdulaziz aytadilar: " Alloh taolo Musoga (alayhissalom) Baytul haromning fazilatini zikr qilib vahiy yubordi. Muso (alayhissalom) shunda: "Ey Parvardigor, haj nima?" deb so‘radilar. Alloh aytdi: "Bu uyimni jamiki uylardan tanlab oldim. U xalilim — do‘stim Ibrohim bino qilgan haramimdir. Unga atroflardan odamlar keladilar. Qul hojasiga "labbay" deb turgani singari ular ham tahyail va talbiyalar aytadilar". Muso (alayhissalom): "Ey Parvardigor, ularning savobi nima?" deb so‘radilar. Alloh Ularni mag‘firat qilaman, xatgo ular qo‘shnilariga, qarindoshlariga shafoatchi bo‘ladi", dedi. Muso aytdilar: "Ey Parvardigor, ularning ayrimlarida yaxshi nafaqa ham, pok qalb ham yo‘q". Alloh: "Albatta, Men ularning yaxshilari sababidan yomonlariga ham yaxshilik beraman", dedi.
766. Abu Horun Abdiy Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Umar ibn Xattob bilan birga xalifalik davrining avvalgi yilida haj qildik. U kishi kirib, Hajarul asvad oldida to‘xtadilar. "Sen zarar ham, foyda ham bermaydigan bir toshsan. Agar seni Payg‘ambar (s.a.v.) o‘pganlarini ko‘rmaganimda men o‘pmisdim"» dedilar. Shunda Ali (r.a) aytdilar: "Bunday demang, ey Amirul mo‘minin. U Allohning izni bilan zarar ham, foyda ham beradi.Agar Quronni o‘kimagan va undagi bor narsani bilmagan bo‘lganingizda, sizga e’tiroz qilmasdim". Umar (r.a.): "Ey Abul Hasan, uning ta’vili nima?" deb so‘radilar. Ali: "Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: |