Al bukhari university


“Ichingdagi Ichingdadur sari” – komil insonni tarbiyalovchi omil sifatida



Download 421 Kb.
bet3/3
Sana07.07.2022
Hajmi421 Kb.
#754898
1   2   3
Bog'liq
“Ichingdagi Ichingdadur

3. “Ichingdagi Ichingdadur sari” – komil insonni tarbiyalovchi omil sifatida
Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Ichingdagi ichingdadur” (Fihi mo fihi) asari hayot savollariga munosib javoblardan iborat. Unda baxtning eng baland cho’qqisidan tortib, musibat eshigini ochguvchi sabablargacha bayon etilgan. Quyida saralaganlarimiz esa ana shu bayonlarning parchalaridir.
So’z haqiqatning soyasi va parchasidir.
***
Inson xayolidagi narsa uni o’z orqasidan yetaklaydi. Masalan, bog’ xayoli boqqa, do’kon xayoli do’konga olib boradi.
***
Umid – ishonch yo’lining boshi.
***
Dengizga borib, undan faqatgina bir ko’za suv olmoq bilan qanoatlanish – achinarli. Dengizdan olish mumkin bo’lgan dur-javohirlar va boshqa qanchadan-qancha narsalar bo’la turib, birgina suv olishning nima qimmati bor?
***
Inson bu dunyoga bir ish uchun kelgan: g’oya udir, agar uni qilmasa, hech bir ish qilmagan bo’ladi.
***
Odam borki, dengizlarga qonmas, odam bo’ladiki, bir tomchi suv bilan kifoyalanadi.
***
Bir haqiqat yuzta shubhadan a’lodir.
***
Qaysi yo’ldan borsang, to’g’ri yo’l tutgan bo’lasan? O’ylab ko’r va sening ilgarilashingni qaysi biri ta’min etsa shuni qil.
***
Butun olam bir uyqudan ortiq narsa emas.
***
Ichkaridagi kelib eshikni ochib bermasa, tashqaridagi o’g’ri uyga kira olmaydi.
***
Ezgu tushunchalar yovuz tushunchalar o’rnini egallamog’i uchun kurashmoqdamiz.
***
Zavq va orzular zinapoyaga o’xshaydi. Zinalar o’tirib, dam olishga moslashmagan. Umrni shu zinalarda behuda o’tkazmaslik uchun g’ofillikdan tez uyg’ongan va hayotning mohiyatini to’g’ri anglab yetgan odam naqadar baxtli!
***
Maydonga kelgan noxushligu kasalliklarning barchasi qachonlardir qilgan yomonliklaring va gunohlaring mevasidir.
***
Jo’yali savol bilimning yarmidir.
***
Amal – insondagi ma’nodir.
***
Menga qo’rquvsiz bir umid yoxud umidsiz bir qo’rquv ko’rsating-chi? Ular bir-biridan ayro emas.
***
Inson ko’rinishidan hech narsa demasa ham ichida doimo gapiradi.
***
Maqsad – ma’nodir.
***
So’z ko’payganda maqsad unutiladi.
***
G’am va xafagarchilik – zaiflikning vasfidir.
***
Siz yoqtirmagan bir qancha narsalar borki, balki siz uchun ular xayrlidir.
***
Ba’zilar ibtidoga boqsa, boshqalar intihoga nazar soladilar.
***
Ehtiyoji bo’lmagan kishiga berilgan har qanday narsa ortiqcha yukdir.
***
Inson navbatdagi hollarga erishgan sayin avvalgi holining xomlik, bolalik bo’lganini va hatto hech narsa bo’lmaganini anglaydi.
***
Yaxshilik – yomonlikni tark etmakdir.
***
Bolalar dunyoni bilmaganlari, undan zerikmaganlari uchun beg’ubordir va o’ynamoq orzusi bilan yashaydilar.
***
Aql va qalbsiz inson tuyg’ularining hech biri harakatga kelmasdi.
***
Javob bermaslik ham o’ziga xos javobdir.
***
Har bir yong’oq yumaloq, lekin har bir yumaloq narsa yong’oq emas.
***
Qidirmaguningcha hech narsani topolmaysan.
***
Agar muhtoj bo’lmasang, Ka’baning yonida turib ham uni ko’ra olmaysan.
***
Eng yaxshi so’z ko’p bo’lgani emas, foydalisidir.
Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish