Aim.uz
Hadis ilmidan saboqlar. Imom Muhammad Ismoil al-Buxoriy. “Al-Adab al-Mufrad” asari
Dars rejasi:
1. Hadis haqida ma’lumot ;
2. Imom Muhammad Ismoil al-Buxoriy buyuk muhaddis olim ;
3. Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati ;
Tayanch so’z va iboralar: Olimning tarjimai holi, hadis atamasi, hadislarning yuzaga kelishi, muhaddis, Muhammad alayhissalom, hadislarda tarbiya, rahm-shavqatlilik, yaxshi qo’shnichilik, ota-onaga hurmat, yetimparvarlik, odamiylik, nafsni tiyish, imon-e’tiqod xususida hadislar sabog’i.
Hijriy 194-yil shavval oyining 13-kuni, hozirgi hisobda 810-yil 20-iyulida Buxoroda bir inson tavallud topdi. Shu kundan e’tiboran islom olami o’zgacha ruh, o’zgacha tarovat bilan yashay boshladi. Shu shahar Buxoroi Sharif deb atala boshladi, uning farzandlari esa Buxoriylar deb e’zozlanib tilga ola boshladilar. Bu inson “Hadis ilmining amiri” deb nom olgan Imom al-Buxoriy edi. Ul mo’tabar zotning tuliq ismi shariflari Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibroxim ibn Mug’aivra Ibn Bardazbex al Juafiy – Buxoriydir.
Buyuk muhaddis otadan yosh qoladi va asosan volidasi qo’lida tarbiya topadi. Yoshligidan aql – idrokli, o’tkir zenhli bo’lgan al-Buxoriy barcha ilohiy va dunyoviy ilmlarni chuqur o’rganishga kirishadi, tezda ulamolar nazariga tushadi. U ayniqsa, hadis ilmini zo’r ishtiyoq bilan egallashga kirishadi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, u 10 yoshidan boshlab o’z yurtidagi roviylardan eshitgan hadislarni, Abdulloh ibn al Muborak val Valiy kabi olimlarning hadislarini mutolaa qilib yodlagan. 825-yili 16 yashar al – Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Xijozga qarab yo’l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Xijozda yashab hadis ilmidan astoiydil ta’lim oladi. O’z bilimini yanada oshirish maqsadida o’sha paytda ilm fanning yirik markazlaridan xisoblangan Damashq, Qoxira, Basra, Kuta, Bag’dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fikr ilmidan ham ta’lim oladi. Imom Al – Buxoriy hayotining ko’p qismi xorijiy ellarda musofirchilikda o’tib, ilm talabida u Sharqning ko’pgina shaharlarida bir necha martadan bo’ladi.
Nishopurlik al – Hakimning yozishicha, al-Buxoriy ustozlarining soni to’qson atrofida bo’lgan. Xususan, Muhammad ibn Yusuf al-Farobiy, Ubaydullo ibn Musa al – Abasiy, Abu Bakir Abdullo ibn Az – Zubayr al – Xamidiy ibn Raxavayx nomi bilan mashur bo’lgan Imom Ishoq ibn Ibrohim, Imom Ahmad ibn Xahbal, Ali ibn al – Madaniylar al – Buxoriy ijodining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatgan.
Al – Buxoriy ham ko’pgina muhaddislarga ustozlik qilgan. Isloq ibn Muhammad al – Masnadiy, Muhammad ibn Xalif ibn Qutayba, Ibroxim al – Harbiy, Abu Iso at – Termiziy, Muhammad ibn Nasr al – Marvaziy, Muslim ibn al Xojasoj kabi olimlar uning rahbarligida yetuk darajaga yerishganlar.
Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at – Termiziy al – Buxoriyga ham shogird, ham safdosh, ham yurtdosh hisoblanadi.
Al–Buxoriy umrining oxirlarida (863-868) Nishopurda yashab, Madrasada hadis ilmidan dars bergan. Al – Buxoriy nafaqat yirik bilim edi, balki o’zining g’azal xulq – atvori, odamoxunligi, muruvvatligi, himmatligi va beqiyos saxovatligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan.
U zehni o’rkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g’oyat shuhrat qozongan.
Tarixchilar Al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilganini ta’kidlaydilar. Imom Al–Buxoriy xorijdan qaytgach, o’z Vatani Buxorada ulamolarga Al – Buxoriyni ko’ra olmas edilar. Natijada hasadgo’ylar qutgusi bilan Buxoriy hadis ilmidan saboq berish bilan mashg’ul bo’ladi.
Ko’pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba’zi hasadgo’y, qora niyatli kishilar amri bilan Homid ibn Ahmad az – Zuxaliy bilan Al – Buxoriyning orasi buzilib qoladi.
Bunga sabab amir olimdan huzuriga kelib “Al-Jome’ as - sahiyh”, “At - Tarix” kitoblarini o’qib berishni talab qiladi. Lekin al–Buxoriy “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo’lsa, o’zi kelsin. Lekin Olloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilganim uchun meni kechiradi”, degan javobni aytadi. Amirga bu javob yoqmay, fitnachi shaxslarning gapiga kirib, al – Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin al – Buxoriy Samarqandga qarab yo’l oladi va bir muncha muddat Xartang qishlog’ida o’z shogirdlari va qarindosh – urug’larinikida yashaydi.
Hijriy 256-yil (milodiyda 870-yil 1-sentabr) 62 yoshida og’ir kasalga chalinib vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
Imom al – Buxoriy avlodlariga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo’lib, u yozgan asarlarining soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al – Jome’ as-sahiyh”, “Al-adab al - Mufrad”, “At – Tarix as-sag’ir”, “At – Ta’rix al-kabiyr”, “Kitob al - Ilal”, “Bir ul - volidayn”, “Asmoi us -saxoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni ko’rsatib mumkin. Buyuk allomaning ilm olamiga mashhur asarlaridan biri, shubhasiz, “al-Jome’ as-sahiyh”dir. Bu asar “Sahiyh –al Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. Buxoriygacha o’tgan muhaddislar o’z to’plamlariga eshitgan barcha hadislarni tanlab o’tirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni toifalarga bo’lib ularni ishonchilarini ajratib oldi, chala hadislarni mazmunini tikladi. Imom al-Buxoriy ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo’ldi, o’sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom ta’limotida Qur’ondan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan ikkinchi manba sifatida yuqori baholanib kelmoqda. Imom al-Buxoriy to’plamlarga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mexr-muhabbat, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqr-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da’vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali targ’ibotlar qomusidir.
Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o’zini tiyish lozimligi haqida yoshlarimizga tarbiyaviy ahamiyatga ega yo’l-yo’riqlar, pand-nasihatlar va o’gitlar aks ettirilgan.
Imom al-Buxoriy hikmatlaridan ota-onaning duosi haqida.
Abu Hurayra aytadilar. Rasululloh Uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz, Olloh Taolo qoshida maqbuldir. Mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi”, deganlar.
Raxm qilmaydigan kishining gunohi haqida Rasululloh: Sira rahm qilmaydigan kishi jannatga kirmaydi”, dedilar.
Savol va topshiriqlar :
1. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
2. Imom Buxoriy ustozlaridan kimlarni bilasiz?
3. Hadis ilmidagi saboqlar badiiy adabiyotda qanday davom etdi?
4. Hadislarning hozirgi zamondagi ahamiyati nimada deb o’ylaysiz?
5. Ota-onani rozi qilish, hurmat qilishga oid hadislar mazmunini sharhlang, fikringizni hayotiy voqealar yoki badiiy adabiyotdagi misollar bilan izohlashga harakat qiling.
Hadislardan o’ntasini yod oling.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |