Baliqchilik - keyingi 30-40 yil ichida O’zbekistonda ayniqsa Qashqadaryoda Qarshi cho’lini, yangi erlarni o’zlashtirish oqibatida ko’pgina suv omborlari vujudga keldi. Bu vohamizda baliqchilikni sun’iy suv havzalarining yaratilishiga asos bo’ldi.
Hozirgi kunda viloyatimizda bir qancha baliqchilik xo’jaliklari tashkil etilgan bular Chimqo’ron, Tallimarjon va h.k.o.
Viloyatimizda baliqchilikni rivojlantirish uchun qimmatbaho baliq turlari materikning turli regionlaridan keltirib iqlimlashtirilmoqda. Qadimdan viloyatimiz suvliklarida uchta baliq turi uchrasa bugungi kunda 28 ta baliq turi iqlimlashtirilgan.
Er yuzida baliqlarning 20 mingdan ortiq turi tarqalgan bo’lib umrtqali hayvonlarning qariyb 50 % ini tashkil etadi. Baliqlar – butun er yuzi suvliklarida (chuchuk va sho’r) er osti suvliklarida, qaynoq buloqlarda ham yashaydi.
Baliqlarning tabiatdagi roli nihoyatda katta, jumladan inson kundalik hayotida ahamiyati juda salmoqli, ayniqsa oziq-ovqat maxsulotlari eng ko’p qismi (ba’zi mamlakatlar axolisi uchun qazib hammasini) to’ri keladi.
Bevosita baliqlar bilan shuullanadigan fan ixtiologiya deb ataladi
(ixtios-baliq , logos-fan grekcha)
Insonlar qadimddan baliqlar bilan shuullanib kelgan. Qadimgi ibtidoiy odam ham baliq ovlagan. Buni usha davrga mansub orlar devoridagi rasmlardan ko’rish mumkin.
Baliqlar xaqidagi dastlabki ma’lumot Aristotel (Eramizgacha 384-322) asarlarida uchraydi.
Akvarium (lotincha aqua – "suv", arium – "joy", "xona") manzarali baliqlar saqlash va boqish uchun ishlatiluvchi shaffof devorli idishdir. Ba’zan akvariumlarda baliqlardan tashqari suvoʻtlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar yoki suvda yashovchi sut emizuvchilar boqilishi mumkin. Akvariumni suvli vivariy deb ham atashadi.
Akvarium (lot. aqua – suv) – 1) suv hayvonlari va oʻsimliklarini tirik saqlash va koʻpaytirish uchun foyda-laniladigan shisha idish. Foydalanish maqsadi va organizmlar uchun zarur boʻlgan sharoitga binoan A.ning tuzilishi, shak-li va oʻlchami har xil boʻladi. A.odatda yaxlit shishadan yoki sinchi metalldan, devori shishadan yasaladi. A. yasash uchun ba’zan organik shishadan ham foydalaniladi: Standart A. toʻgʻri burchakli, ba-landligi bilan eni bir xilda, boʻyi enidan 1,5-marta uzunroq qilib yasaladi. Devorga qoʻyiladigan A.ning oldingi devori egik boʻladi. A. tubiga yuvib tozalangan daryo qumi (zarrachalarning oʻlchami 2–4 mm) solinadi. Baliq boqish uchun A. suvi kislorodga toʻyingan, undagi mineral tuzlarning tarkibi va nisbati muayyan miqdorda boʻlishi lozim. Suvni kislorodga toʻyintirish uchun A. da suv oʻsimliklari oʻstiriladi, oʻsimliklar har kuni 10–12 soat davomida yoritib turiladi. Yorugʻlikda oʻsimliklar akvari-um baliqlari nafas olganida chiqadigan karbonat angidrid gazini oʻzlashtirib, 259kislorod ajratib chiqaradi, suvdagi mineral moddalarni shimib oladi. Suvni doimo toza saqlash uchun A. devo-ri tozalab turiladi, suv tubiga choʻkkan chiqindilar olib tashlanadi, bugʻlangan suvning oʻrni toʻldirib turiladi. A. da suv yuzasida (ruchchiya, salviniya, suv sa-lati va boshqalar) va suv qa’rida qalqib turadigan (elodeya, urut, lyudvigiya va boshqalar), suv tubiga yopishib oʻsadigan (vallisneriya, oʻqyoybarg, aponogeton, exinodorus, krip-tokorina va boshqalar) oʻsimliklar oʻstirish mumkin. A.ning ustini shisha bilan yopib, qopqoqni cheti havo kirib turishi uchun bir oz ochib qoʻyiladi. Ilmiy laboratoriyalarda, ba’zan xonadonlarda ham A. suvi nasos yordamida havo yuborish bilan kislorodga toʻyintiriladi, qum va faollashtirilgan koʻmir orqali oʻtkazib tozalab turiladi; 2) ilmiy tadqiqot oʻtkazish yoki namoyish qilish maqsadida dengiz yoki chuchuk suv hayvonlari va oʻsimliklari namunalarini tirik holda saqlaydigan muassasa. U suv hayvonlari va oʻsimliklarining hayoti oʻrganiladigan va namoyish etiladigan ilmiy muassasalar va hayvonot bogʻlarida (shu jumladan Toshkent hayvonot bogʻida) barpo etilgan. Dast-labki A. 19-asrning 2- yarmida qurila boshlagan (Sevastopol –1871, Neapol –1872). Dengiz hayvonlarini oʻrganish uchun A. odatda dengiz sohiliga yaqin joyda quriladi. Eng yirik A. Neapol, Bombey, Sevastopolda qurilgan. Dengiz A. ba’zan okeanarium deb ham ataladi.[1]
Odatda akvarium deyilganda, xonaki akvarium tushuniladi. Xonaki akvarium hajmi koʻpi bilan 1000 litr boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, jamoat akvariumi deb ataluvchi katta hajmli (7500 kub metrgacha) akvariumlar ham mavjud boʻlib, ular hayvonot bogʻlarida, okeanariumlardagi yirik dengiz hayvonlarini saqlash va namoyish qilish uchun quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |