1. Tovush almashini yuqoridagilar kabi so’zning turli o’rinlarda bo’lishi mumkin.
so’z boshida tovush almashinishi fabrika-pabrika, fartuk-partuk, faqat-paqat
so’z o’rtasida tovush almashinishi ibrohim-ibroyim, sohib-soyib
so’z oxirida tovush almashinishi kitob- kitop, obod-obot
Talaffuzda bazan j-li undosh o’zining jarangsiz jufti bilan almashinishi mumkin, bu hodisa “jarangsizlashish” deyiladi. Maktab-maktap, ozod-ozot, aktiv-aktif
Talaffuzda yonma-yon kelgan 2 undosh shunchaki o’rin almashtirishi ham mumkin bu hodisa “metateza” deyiladi. –tuproq-turpoq, daryo-dayro, o’xshaydi-o’shxaydi, tebratmoq- terbatmoq.
Ayrim so’zlar borki ular hozirgi adabiy tilimizga metatezaga uchragan ko’rinishda qabul qilingan.- yomgir tarixan yog’mir shaklida ya’ni o’zagi yog’ bo’lgan metatezaga uchrab yomg’ir shaklini olgan.
5.Tovush almashinishi tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ham yuz berishi mumkin, bunda assimiliyatsiya va dissimilyatsiya hodisalari yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |