10.1.2. Jarrohlik operatsiyasiga tayyorgarlik
Akusherlik operatsiyalari homiladorlik vaqtidagi kabi tug‘uruq
vaqtida ham o‘tkaziladi. Bunday operatsiyalami zudlik bilan qilishga
to ‘g‘ri kelganligi uchun ko ‘p hollarda ayollarni operatsiyaga
tayyorlab ulgurish qiyin.
Qin orqali qilinadigan operatsiyalar.
Ham shira qin orqali o'tkaziladigan jarrohlik operatsiyasiga
bem orni tayyorlashni bilishi lozim.
Jihozlar:
Raxm anov karavoti yoki operatsiya stoli, steril
oqliklar, bog'lov m ateriallari, 5% li yod eritmasi yoki 1% li
yodonat eritmasi, kornsang, sirli tog'ora, kateter, sovun, iliq
suv, dez.eritm a, narkoz uchun stol, chaqaloqlar uchun stol,
asfiksiya holatida tug'ilgan chaqaloqni jonlantirish uchun zarur
birinchi yordam anjomlari.
139
Agar operatsiya zudlik bilan qilinmaydigan b o ‘lsa, muolaja
quyidagi tartibda o ‘tkaziladi.
Muolajani bajarish tartibi:
—
tozalovchi huqna o'tkaziladi;
— qov sohasidagi tuklar qiriladi;
— qorinning pastki qismi, sonning ichki yuzasi, tashqi jinsiy
a ’zolar, oraliq sovun bilan iliq suvda kornsang va paxtali tam pon
yordamida yuviladi;
— dez.eritma bilan zararsizlantiriladi;
— quruq tam pon bilan artiladi;
— yumshoq kateter yordamida siydik tushiriladi.
Agar operatsiya zudlik bilan qilinadigan bo'lsa, bu muolajalar
qisqa vaqt ichida o'tkazilishi kerak, chunonchi:
— ayol operatsiya stoli yoki Raxmanov karavotiga yotqiziladi;
— oyoqlar oyoq ushlagich bilan mahkamlanadi;
— ayolga steril ko'ylak va baxillalar kiydiriladi;
— qov, tashqi jinsiy a ’zolar, sonning ichki yuzasi, anal soha
yodning 5 %li eritmasi yoki 1 %li yodonat eritmasi bilan ishlov
beriladi;
— anal teshik steril taglik yoki yopishtirgich bilan yopiladi;
— dumba ostiga steril taglik qo'yiladi;
— qorin va son ham steril oqliklar bilan yopiladi;
— oyoq tomonga tog'ora qo'yiladi.
Operatsiya hamshirasi steril stolga igna, shpris, bog'lov m ate
riallari, asboblar joylaydi. Hamshira-anestezist esa narkoz uchun
kerakli asboblarni alohida stolga tayyorlaydi. Bir vaqtning o'zida
chaqaloq uchun maxsus stol tayyorlanadi.
Akusherlikda ham qorin bo ‘shlig‘i orqali qilinadigan jarrohlik
amaliyotiga bemorni tayyorlash qorin bo'shlig'i operatsiyalariga
tayyorlangandek olib boriladi.
Bachadon b o‘ynini tekshirish uchun ishlatiladigan asboblar
1) keng qin ko'zgulari va ko'targichlar (2 dona);
2) kornsanglar (2 dona);
3) uzun pinsetlar (2 dona);
4) pulyovka yoki uchli qisqichlar (2 dona);
5) Koxer qisqichlari (2 dona);
6) uzun igna tutqich (1 dona);
7) yoysimon ignalar (2 dona);
8) qaychi (1 dona);
9) ketgut, ipak iplar, steril salfetkalar va shariklar.
140
i
e
f
g
ce=EEEE)EE)E)-
j
Do'stlaringiz bilan baham: |