Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

X V f \
 
0 ‘SMAOLDI KASALLIKLARI VA
Г 
] AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING
B O B
J
0 ‘SMALARI
16.1. O ‘smaoldi holatlari
O'smalar
to 'q im ala r hujayralarining sifat va shakl jih atd an
o ‘zgarib, patologik ravishda ortiqcha o'sib ketishi holatidir. O 'sm a­
larning o'ziga xosligi shuki, hujayra ko'payishiga sabab bo'luvchi 
tashqi ta ’sir to'xtagandan keyin ham hujayralar ko'payishda davom 
etaveradi.
Rakoldi (saratonoldi) holatlari va o 'sm a tushunchalari bo'lib, 
o'sm alar, o 'z navbatida, xavfsiz va xavfli bo'lishi m um kin.
Xavfsiz o 'sm alar to 'q im a ichiga o'sib kirish, ularni buzish va 
m etastaz hosil qilish xususiyatiga ega bo'lm ay, ular o'sib borishi 
davom ida yon to 'q im alarn i siljitib, odam organizm ida ch uq ur 
o'zgarishlar keltirm aydi.
Xavfli o 'sm alar to 'q im a ichiga o'sib kiradi, ularning o'sishini 
buzadi ham da qon va limfa tom irlari orqali yaqin va uzoqdagi a ’zo 
va to 'q im a la rg a ta rq a lib m e ta sta z hosil q ila d i, o rg a n iz m n i 
holsizlantirib, ozib-to 'zib ketishga olib keladi, oxir oqibatda o 'lim
bilan tugashi m um kin.
O 'sm aoldi holatlari deb, to 'q im a va a ’zolarda distrofik o 'zg a­
rishlar keltirib chiqaradigan jarayonlarga aytiladi. Bunday holatga 
o 'z vaqtida tashxis qo'yilsa, ularning keyinchalik to 'q im alard a 
ko'payib ketishi va rivojlanishining oldi olinadi. Rakoldi holatlariga 
tashqi jinsiy a ’zolar, qin, bachadon b o'y ni, endom etriy va tuxum - 
donlarda uchraydigan o'zgarishlar kiradi. Tashqi jinsiy a ’zolar va 
qin sohasi rakoldi kasalliklariga leykoplakiya va krauroz kiradi.
Leykoplakiya
— shilliq qavat ustida salgina b o'rtib turuvchi 
tovlanuvchi oq dog' ko'rinishida bo'ladi. Lokalizatsiyasi (joylashishi), 
asosan, kichik jinsiy lablar, klitor atrofi va qin sohasida bo'ladi. 
Tarqalgan jo y chegarasi aniq sezilib tu radi, o 'sib borgan sari 
leykoplakiya qalinlashadi. Kasallik qichishish bilan kechadi.
Krauroz
— tashqi jinsiy a ’zolar to 'q im alarin ing atrofiyasi va 
burishib qolishi bilan nam o yo n b o 'lad i. Shilliq qavat va teri 
elastikligini y o'q o tad i, tabiiy dog‘lar rangsizlanadi. O 'ta yupqa- 
lashgan shilliq qavat pergam ent qog'ozi ko'rinishini oladi. Rivojlanib 
boruvchi atrofiya klito rn in g kichik va k atta jin siy lablarning
198


tekislanishiga, qinga kirish joyining keskin torayishiga olib keladi. 
Bem orni qichishish, siydik ajrashi, defekatsiya, jinsiy hayotning 
qiyinlashishi kabi noxushliklar bezovta qiladi. K o'pincha ikkilamchi 
infeksiya qo'shiladi.
K o ‘p hollarda krauroz va leykoplakiya birga uchraydi, bunday 
hollarda kasallik xavfli o'sm aga aylanishi m um kin.
Tashqi jinsiy a ’zolar va qinning rakoldi holatlarini davolash 
birm uncha qiyinlik tug'diradi. Davolashda um um iy quw atlovchi 
(m ehnat va dam olishni to'g'ri yo'lga qo'yish, achchiq, sh o 'r ovqatlar 
va spirtli ichim liklar iste’m ol qilishni chegaralash), desensibi- 
lizatsiyalovchi terapiyani q o 'llash , trank vilizato rlar buyuriladi. 
M ahalliy 10% li anestezin va 2% li dim edrol mazi, 2% li rezorsinli 
bog'lam lar, 0,1% li gistam in eritm asi q o'llaniladi, shuningdek, 
novokainli blokada qilinadi.
B achadon b o'ynin in g rakoldi holatlariga: p o lip , b achadon 
b o 'y n i eroziyasi va ektropion kiradi. Rakoldi jarayonlari tu g 'm a 
yoki orttirilgan xarakterdagi patologik h o lat bo 'lib , uning asosida 
m a’lum b ir sharoitda b ach adon b o 'y n i raki rivojlanadi.
Bachadon bo‘yni polipi —
bach ad on b o 'y n i sohasidan o'sib 
ch iq ib , kam u chray di va k o 'p in c h a e n d o m e triy x astaligidan
rivojlanadi.
Bachadon bo‘yn i eroziyasi —
bach ad o n b o 'y n i qin qism ining 
yem irilishi, chaqalanishi.
Ektropion —
asosan, tu g 'u ru q v aq tid a b a c h a d o n b o 'y n i 
yirtilishining sifatsiz choklangan sohasida rivojlanadi. B achadon 
bo 'y n in i qin oynalari, kolposkop yordam ida k o 'rish natijalariga 
qarab tashxis qo'yiladi. Shiller probasi (bach ad on b o 'y n i 2% li 
Lugol eritm asi bilan artilganda zararlangan soha bo'yalm aydi), 
sitologik tekshirish va biopsiya natijalari ham aniq tashxis qo'yishga 
im kon beradi.
B achadon b o 'y n i rakoldi kasalliklarini davolash konservativ 
va jarrohlik yo'li bilan o'tkaziladi.
Y allig'lanish jarayonini y o 'q otish u ch u n to 'q im a trofikasini 
(o z iq la n is h i) y ax sh ilash g a q a ra tilg a n k o n se rv a tiv d av o lash
(vannochkalar, yog'li tam ponlar, gorm onal m azlar) tavsiya etiladi. 
A tipik hujayralar bo'lm asa, koagulatsion, kriojarrohlik va jarrohlik 
yo'llari bilan bachadon b o 'y n i am putatsiyasi o'tkaziladi.
E ndom etriyning rakoldi kasalliklariga ad en om atoz, ad en o- 
m atoz poliplar va endom etriyning atipik giperplaziyasi kiradi. 
E ndom etriy giperplastik jarayonining ko 'rinishi b o'lib, k o 'p in ch a 
qon ketish holati kuzatiladi.
199


Tashxis aniq yig‘ilgan anam nez, ginekologik ko'rish va aspiratni 
sitologik tekshirish, gisteroskopiya natijalariga asosan qo'yiladi.
С1реф1а511к jarayo nlar aniqlanganda, asosan, m enopauza 
davrida ehtiyot bo'lish talab etiladi. Bunday kasallar „xavfli" guruhga 
kiradi.
U lar dispanser nazoratiga olinib, doim o tekshirib turiladi va 
davo choralari o'tkaziladi.
Yosh ayollarni davolash u ch u n funksional diagnostika testlari 
nazorati ostida, hayz funksiyasining neyrogum oral boshqarilishi­
ning buzilishini tiklashga qaratilgan dori m oddalar qo'llaniladi. Shu 
m aqsadda sin tetik p ro g estin lard an foydalaniladi (n o n -o v lo n , 
infenkudin, bisekurin va boshqalar). M enopauza davrida ayollarda 
bachadon b o'yn i kanali, b achadon bo 'sh lig 'id a alohid a-alohida 
diagnostik qirish o'tkazilad i, keyinchalik gistologik tekshirilib, 
androgenlar (m etiltestosteron, testenat, sustanon - 250 va bosh­
qalar) bilan davolanadi. K onservativ davo natijasiz b o 'lg an d a 
kastratsiya va jarrohlik yo'li bilan davolash o'tkaziladi.

Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish