3.Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.
I.ch.x.ni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, I.ch.x. quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot i.ch.ga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar (yana q. Muomala harajatlari).
Ishlab chiqarish tannarxiga mahsulot yoki xizmatlarni yaratish uchun zarur bo'lgan xarajatlar kiradi. Har qanday korxona uchun ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari sotib olingan ishlab chiqarish omillari uchun to'lov sifatida xizmat qilishi mumkin. Xarajatlar individual korxona nuqtai nazaridan ko'rib chiqilganda, biz xususiy xarajatlar haqida gapirishimiz mumkin. Agar xarajatlar butun jamiyat nuqtai nazaridan tahlil qilinadigan bo'lsa, unda umumiy xarajatlarni hisobga olish kerak.
Davlat xarajatlari ijobiy va salbiy tabiatning tashqi ta'siri bilan tavsiflanadi. Xususiy ijtimoiy xarajatlar faqat tashqi ta'sirlar bo'lmaganda yoki ularning umumiy ta'siri nolga teng bo'lganda mos kelishi mumkin. Shunday qilib, ijtimoiy xarajatlar xususiy xarajatlar va tashqi ta'sirlarning yig'indisiga teng deb ayta olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |