Fanning о‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan о‘zaro bog‘liqligi
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar aktyorlik mahoratidan yetarlicha ma’lumotga ega bо‘lishlari lozim Aktyorlik mahorati “Sahna nutqi”, “Sahna harakati”, “Rejissyorlik mahorati”, “Qо‘g‘irchoq yasash texnalogiyasi”, “Qо‘g‘irchoq boshqarish asoslari”, “Qо‘g‘irchoq teatri tarixi”, “Raqs”, “Ritmika”, “Vokal ” va boshqa fanlarni о‘rganishda asos bо‘lib hizmat qiladi.
Talabalarning aktyorlik mahorati fanini о‘zlashtirishlari uchun о‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot– pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni о‘zlashtirishda darslik, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, plakatlardan foydalaniladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |