Aktyorlik mahorati


III-Ma’ruza: USLUBNING OBRAZ YARATISH JARAYONIDAGI



Download 0,88 Mb.
bet232/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

III-Ma’ruza: USLUBNING OBRAZ YARATISH JARAYONIDAGI


О‘RNI
ADABIYOTLAR

    1. Q. Xо‘jayev “Sahnaga yо‘l”, Toshkent “О‘qituvchi”. 1982 y.

    2. Chto je takoye teat kukol (sbornik statey), M. VTO. 1980 g.

    3. M. Qodirov “О‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatri”, Toshkent. 1979 y.

Har bir ijodkor hayotda sodir etiladigan ma’lum voqea va hodisalarga о‘zgacha yondoshadi. Voqelikni tasvilashda u о‘z uslubiga ega bо‘ladi. Bitta davrda bir xil voqelikdagi asar personajlari о‘z xarakterli hususiyatiga, hayotda tutgan о‘rniga qarab har xil tasvirlangan bо‘ladi.


Shuning uchun spektakl yaratishda hamda undagi obrazlarning talqinida pedagog-rejissyor va talabalar avtor uslubiga katta e’tibor berishi va avtor g‘oyasiga bо‘ysungan holda ishlashni bilishi zarur. Bu asar mohiyatini, asosini ochishda ijodkorga katta yо‘l ochib beradi. Misol, uchun biz bir davrda yashab ijod qilib kelayotgan Pirimqul Qodirov bilan О‘tkir Hoshimovning asarlarini о‘qiganimizda, ularning har biri о‘zining mualliflik uslubiga ega ekanligiga guvoh bо‘lamiz. P. Qodirov о‘z romanlarida kо‘pincha tarixga nazar tashlab, tarixiy shaxslarning boshidan kechirgan ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlarni va tarixda о‘chmas iz qoldirgan ulug‘ faoliyatlarni yoritadi.
Bunga uning “Bobur”, “Humoyun va akbar” romanlarini misol tariqasida
keltirish mumkin.
Adib О‘tkir Hoshimov esa, о‘z romanlarida zamonasining ilg‘or kishilarini bosib о‘tgan hayot yо‘li, ularning qismatini yorqin bо‘yoqlarda tasvirlaydi. Uning “Nur borki, soya bor” yoki “Ikki eshik orasi” romanlari fikrimizga dadil bо‘lishi mumkin.
Bolalarning sevimli yozuvchisi Sa’mi Abduqahhor satira janrida ijod qilib kelmoqda. U bir qancha masal, hajviy hikoya, she’riy felyeton va parodiyalar avtori. Yozuvchi о‘zining asarlarida jamiyatimizdagi kishilarning tinch yashab, ijod qilib, unumli ishlashi uchun halal beruvchi yulg‘ich, aldoqchi va ishyoqmaslarga satira janri orqali ayovsiz kurashadi. Uning “Hijolat”, “Bekatda”, “Tush”, “Ayron”, “Jumboq” va boshqa asarlaridagi kishilarning salbiy hislatlari tanqid qilinadi. Anvar Obidjonov esa Sharqning bir dono hukmdorining “Men xalqning qahridan kо‘ra mazaxlaridan kо‘proq qо‘rqaman”, degan fikriga qо‘shilgan holda jamiyatimizdagi turli nuqsonlarni yо‘qotishga “kulgini” qurol qilib olgan. “Kulgi umrni uzaytiradi”, degan donishmandlarning fikriga qо‘shilgan holda о‘zining hangomalaridan dardni kulgi bilan yengish mumkinligini isbotlagan yozuvchi. Uning “Sovugan kо‘ngil”, “Shubha”, “Dardingni stadionga ayt”, “Ming sо‘mlik pо‘stak”, “Poygadagilar”, “Rо‘zg‘orni qumsash” va boshqa asarlarida nuqsonlar tanqid ostiga olinadi.
Qо‘g‘irchoq dramaturgiyasiga murojaat qiladigan bо‘lsak, shu sohani yirik vakillaridan biri adib Muhsin Qodirov о‘z asarlarida poetik falsafa orqali xalq ijodiyoti hamda ertak motiviga murojaat qilib, voqelikni zamonaviy qahramonlar hayoti orqali tasvirlaydi. Bunga adibning “Sirli nay”, “Chin dо‘st”, “Susambil”, “Kenja qiz” asarlari misol bо‘la oladi. Adib Anatoliy Qobulov esa о‘z asarlarida ertak mavzusiga murojaat qilib, asar qahramonlari hayot yо‘lini, ularning ichki kechinmalarini sehr orqali hal etadi. Bunga uning “Sehrli kiyik” asarini kо‘rsatish mumkin.
Avtorning asar yaratishda о‘ziga xos uslubi bо‘lganidek rejissyor, aktyor, rassom-haykaltarosh va qо‘g‘irchoq ustasining ham spektaklni tayyorlash, obraz yaratish jarayonida о‘ziga xos uslubi bо‘ladi. Shuning uchun sahnada yaratiladigan har bir ijodiy ish о‘zining alohida hususiyatga ega bо‘ladi. Bitta dramatik yoki qо‘g‘irchoq teatriga mо‘ljallangan asar har bir alohida olingan teatrda avtor uslubidan kelib chiqqan holda aynan ma’lum teatr ijodkorlari tomonidan о‘z yechimiga va talqiniga ega bо‘ladi. Misol uchun, rejissyor Iso Yoqubov bilan hamkorlikda ishlagan rassom-haykaltarosh Yevgeniy Akudinning qо‘g‘irchoq teatr sahnasida yaratgan spektakllari о‘zining jozibadorligi, ranglarni tо‘g‘ri tanlanganligi, qо‘g‘irchoqlarni ustalik bilan yasalganligi, sahnada boy, rang-barang anjomlarning har biri о‘z о‘rnini topganligi, spektaklda albatta musiqa, qо‘shiq, о‘yinlarning kо‘pligi va о‘z о‘rnida aniq ishlatilishi, spektaklning ixchamligi personajlarning tomoshabinlar bilan kо‘proq muloqotda bо‘lishi, bir sо‘z bilan aytganda, ular yaratgan spektakl har doim gо‘zalligi va tomoshabinni bir qarashda о‘ziga maftun eta olishi bilan ajralib turadi. YE. Shvarsning “Zolushka, Isfandiyorning “Temirchi va malika haqida ertak”, H. Olimjonning “Oygul
bilan Baxtiyor”, M. Halilning “Sirli nay” va boshqa asarlar asosida ishlangan
spektakllar e’tiborni tortadi. Rejissyor Shomurod Yusupov bilan rassom haykaltarosh Yevgeniy Akudinning ijod yо‘liga nazar soladigan bо‘lsak, bu ijodkorlarning birgalikda yaratgan “Baxt izlagan Xasan”, “Olovuddinning sehrli chirog‘i”, “Alpomish”, “Chodir jamol” va boshqa spektakllari sahnada kenglikni talab qiladigan, sehr va mо‘jizalarga boy, spektaklda aktyor о‘yinidan kо‘ra kо‘proq texnika va chiroqlarni ishlatilishi bilan ajralib turadi.
Bundan kо‘rinib turibdiki, har bir ijodkorni alohida bir-biridan ajratib turadigan о‘z qalami va о‘z uslubi bor. Shuning uchun bitta asarni о‘nta rejissyor о‘nta teatrda sahnalashtirsa, asar ma’lum aniq asoslanishiga qaramasdan, uning talqini har xil bо‘ladi.
Uslub tо‘g‘risida gapirganda, aktyorlarda ham obraz talqinida о‘ziga xos yо‘nalish borligini guvohi bо‘lamiz. Shuning uchun qо‘g‘irchoq teatri sahnasida yaratilgan jodugar kampir, shox, malika, bо‘ri, quyon, tulkioylar obrazlari har xil aktyorlar ijrosida turlicha talqin qilingan. “Yangi yil mо‘jizasi”, “О‘lmas Kashshey” spektaklidagi jodugar kampir о‘zining hususiyatiga kо‘ra bir xil xarakterga ega bо‘lgan obraz. YA’ni atrofdagilarga faqat yomonlik istovchi personaj. Shunga qaramasdan bu obraz bolalar teatrining spektaklida juda kо‘p talqin qilingan obrazlardan biri bо‘lib kelmoqda. Yoki yosh tomoshabinlarning sevimli qahramoniga aylangan “Quyon” bilan “Bо‘ri” obrazlari ham shular jumlasidan hisoblanadi. Har xil spektakl yoki multfilmda turli xil talqin qilingan Quyonvoy obrazi kichkintoylarning sevimli qahramoniga aylangan. Uni bolalar jon-dillari bilan sevib, himoya qilishadi. Bо‘ri obrazini oladigan bо‘lsak, u har ikki pyesaning birida uchrab turadi. U kо‘pincha о‘z xarakterli hususiyatiga kо‘ra, bir xilda salbiy obraz tariqasida kо‘rsatilgan. Lekin aktyorlar bu personajni gohida hammani qо‘rqitib yuradigan, gohida landovur, gohida rahimdil qilib, obrazni kо‘p qirralarini ochib berish imkoniga ega bо‘lgan.
Demak, aktyor obrazni rо‘yobga chiqarish uchun о‘zining aktyorlik mahorati hamda iste’dodini turli vosita, usul bilan bir qatorda sahna san’atida yaratilgan ijodiy yо‘l-yо‘riqlaridan ham foydalanish imkoniga ega bо‘lishi kerak. ana shunda talaba bolalarning sevimli qahramoniga aylangan Polvon Kachal, Zumrad, Zolushka, G‘ozcha, Quyonvoy, kiyin va h.k.larni har safar sahnaga olib chiqqanda bu personajlarni yangi bо‘yoqlarda ifodalab, ularga xos bо‘lgan yangi-yangi hislatlarni topib, obraz talqiniga yangicha jilo bera oladi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish