INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE
«ACTUAL ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL SECTOR OF THE
ECONOMY: DOMESTIC AND FOREIGN EXPERIENCE»
ANDIJAN, UZBEKISTAN, MAY 2020
336
«Иқтисодиётнинг ижтимоий секторини ривожлантиришнинг долзарб масалалари: миллий ва хорижий тажриба»
«Актуальные вопросы развития социального сектора экономики: отечественный и зарубежный опыт»
va firmaning bozordagi mavqeini mustahkamlanishi uchun о‘z vaqtida muhim shart
bо‘lgan edi.
1. Tovar harakatini tashkil etish va boshqarish;
2. Baho siyosati va baho belgilash;
“Pan- Amerika” aviakompaniyasining muvaffaqiyatli baho siyosati “Delta”
kompaniyasidan о‘zib ketishga imkon berdi. Baho bо‘yicha asosli ravishda “Tayota”
qisqa vaqt ichida AQSH avtomobillar bozoriga kirib, qaror topib olishga yо‘l ochdi.
Baho strategiyasi asosan firma rahbariyati doirasida amalga oshiriladi, ammo uni
tegishli marketing mutaxassislari bozor, raqiblar va iste’molchilarni tekshirish asosida
ishlab chiqadilar va asoslab beradilar. Tovarlarga baho belgilash – bu juda mushkul
vazifa, tovarning bahosi uning ishonchliligi va foydaliligi bilan kafolatlanishi kerak.
1.
Sotuv va servis hizmati.
Tovar satadigan filiallar tarmog‘i chet ellarda kengayib borioqda. Masalan,
“Ford motor”-27, “Jeneral motors”-24, “Ay-bi-em”-14, mamlakda о‘zining ishlab
chiqaruvchi va ish olib borayotgan filiallariga: “Fiat” firmasining “Someko” filiali,
“Toyota Motor Seylz”, “Toyota Doyland GMBX” filialilari, “Nissan Motor
Korporeyshn” firmasining “Nissan motor Korp” AQSH filiali va boshqalar. Bularning
samarali ishlab borayotgani nafaqat savdo sotiqni yaxshi yо‘lga qо‘yilgani, balki
faollik bilan tadqiqod ishlarini olib borilayotkanligi, ishonchli zarur axborotni yig‘ib
borilayotganligi bilan ham izohlanadi.
Endi servis xizmati haqida. “Folksvagen” firmasi texnika asbob uskuna
sotilgandan keyin xizmat kо‘rsatib turishni nazarda tutib “Bizning buyumimizni sotib
olib ishlataversangiz bas, qolganini hammasini bizning о‘zimiz qilamiz” deb kafolat
berar ekan. Jahonda “Tayota Motor korporeyshn”, “Panosonik”, “Xitichi”, “Ay-bi-
em”, “Jeneral Motorz”, “Mazda”, “San’o”, “Kodak”, “Polaroid” va boshqalar eng
uzoq muddat bilan о‘z mahsulotlariga kafolat beradilar va ishonchli hizmat tarmog‘ini
yaratganlar.
2.
Marketing faoliyatining tahlil va nazorat qilish.
Zamonaviy marketingning eng muhim vazifasi bozorning rivojlanish
tendentsiyalarini, iste’molchilarni nimalarni afzal kо‘rishlarini о‘z vaqtida payqab
olish, shuningdek zamonaviy bozor sharoitiga qarab faoliyatni tez о‘zgartirishdan
iborat. Bir necha yillardan beri AQSH bilan Yaponiya firmalari о‘rtasida chinakamiga
iqtisodiy urush ketayapti. Bu ayniqsa, raqobat kurashining bosh qahramonlari
avtomobilsozlarga tegishli.
Yaponlarning marketing maktabi, agar samarali marketing sistemasi о‘z
tovarining iste’molchi oldida barqaror bо‘lib qolishini istasa, u samarali ishlab
chiqarish sistemasini kо‘zda tutati, deb о‘rgatadi. “Toyota” sistemasi, “Nissan” dagi
yapon shovvozlarining sistemasi ratsional ishlab chiqarish sistemasidir, chunki ular
ishlab chiqarish jarayonining keraksiz elementlarini butunlay tugatishga imkon beradi.
Asosan ular F.Taylor (Ishlab chiqarishni ilmiy asosda boshqarish) bilan G.Ford
Do'stlaringiz bilan baham: |