«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
61
SECTION: PEDAGOGY
Muhabbat Jumaniyozova,
Go„zal Sharipova
Urganch davlat universiteti
(Urganch, O`zbekiston)
TA‟LIMIY O„YINLARDAN FOYDALANISH ORQALI BOSHLANG„ICH SINF
O„QUVCHILARINING FONЕTIK-GRAMMATIK TUSHUNCHALARINI
SHAKLLANTIRISH
Annotation
. In this article authors research the ways of using learning
games for enriching phonetic and grammar knowledge of elementary school pupils.
Key words
: elementary education, phonetic and grammar knowledge,
learning game, word composition, development of speech, effectiveness of
education.
Аннотация
. В этой статье изучены пути использования обучающих
игр на уроках родного языка в процессе формирования фонетико-
грамматических понятий у учащихся начальных классов.
Ключевые
слова
:
начальное
образование,
фонетико-
грамматическое понятие, обучающая игра, развитие речи, состав слова,
эффективность образования.
O‗zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖da shaxs
kadrlar tayyorlash tizimini bosh subyеkti va obyеkti sifatida talqin qilinadi. Shuning
uchun ham uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlari isloh qilinar ekan, ulardagi
mazmun ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo‗naltiriladi. O‗zbekiston
Respublikasi
Birinchi
Prezidenti
I.
A.
Karimov ta‘kidlaganidek, ―Shuni
unutmasligimiz kеrakki, kеlajagimiz poydеvori bilim dargohlarida yaratiladi,
boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‗lishi farzandlarimizning
bugun qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‗liq. Buning uchun har qaysi ota-ona,
ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‗rishi zarur. Ana shu
oddiy talabdan kеlib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash
qobiliyatiga ega bo‗lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yеtkazish –
ta‘lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi bo‗lishi lozim, dеb qabul qilishimiz
k
еrak.‖ (1.61).
Ona tili maktabda o‗quvchining kamol topishida, fikrlash darajasining
o‗sishida, bilim va mеhnatga havasini uyg‗otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy
malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib
boriladigan barc
ha mashg‗ulotlar tizimi shunday qurilishi kеrakki, bu tizim
o‗quvchilarda ona tiliga muhabbat, o‗z yurtiga, xalqiga mеhr, Vataniga chеksiz
hurmat va sadoqatni o‗stirishi zarur.
Boshlang‗ich sinflarda ona tili ta‘limi, yuqorida ta‘kidlanganiday, bolalarning
tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‗zgalar fikrini
anglash, o‗z fikrini og‗zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat
a‘zolari bilan erkin muloqotda bo‗la olish ko‗nikma va malakalarini rivojlantirishga
Do'stlaringiz bilan baham: |