«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
193
SECTION: PHYSICS AND MATHEMATICS
Safarov T. N.
ТеrDU
(Termez, Uzbekistan)
MATEMATIKA FANINNG FIZIKA FANI BILAN ALOQADORLIGI
Ma‘lumki, matematikani o‘qitishda mantiqiy tushunchalar muhim ahamiyat
kasb etadi. Mantiqiy tushunchalar: idealizasiya va modellashtirish, induksiya va
deduksiya, analogiya, fikriy tajriba, gipotez matematikasi va h.k. Bu metodlar ichida
analogiya alohida o‘rin tutadi. O‘qituvchi va talabalarda ilmiy nazariyaning
strukturasi va mohiyati haqida metadologik fikrlash, tabiatni o‘rganishning nazariy
asoslarini bilishga imkon beradi. Talabaning nazariy bilimi alohida metodlar va
matematik tushunchalar
butunligini ifodalovchi darajalarni o‘z ichiga oladi.
Analogiya deb, o‘xshatish orqali bir belgining ikki buyumda borligini aniqlab,
bu buyumlarning boshqa o‘xshash belgilarga ega ekanligini ko‘rsatishga aytiladi.
Analogiya xulosa chiqarishning maxsus shaklidir. Analogiya induktiv va deduktiv
xulosa chiqarish singari vositali bo‘ladi.
Matematikani o‘qitish jarayonida talabalarni kasbga yo‘naltirish yoki fanni
nazariy va amaliy qismlarini analogiya yordamida o‘rganish biz uchun muxim
bo‘lgan jihat, yoki farazlarni yodda tutib qolish orqali matematik ko‘nikma va
malakalarimizni shakllantirishimiz mumkin.
Analogiya ta‘limoti orqali biz quyida matematika fanini o‘qitishda boshqa
fanlar bilan aloqadorligidan foydalanib matematika fanini fizika fani bilan bevosita
aloqasini analogiya yordamida ko‘rsatamiz:
Fizika bilan matematika fani o‘rtasidagi o‘zaro aloqa uzoq tarixga ega.
Birinchi bo‘lib Fransiyalik olim R. Dekart fizikani (1650 yillarda) matematika bilan
bog‘lash g‘oyasini yoqlab chiqqan edi. Keyinchalik buyuk ingliz fizigi I. Nyuton
o‘zining mashhur ―Tabiat falsafasining matematik asoslari‖ nomli asarida (1687
yilda) fizik hodisalarni matematik ko‘rinishda ifodalashni boshlab beradi. Matematika
fanining zamo
naviy masalalari taraqqiyotimizning fizika fani bilan o‘zaro dialektik
aloqasi muhim omil bo‘ldi. Dialektika va matematik tahlil fizika fanining nazariy ilmiy
izlanish usuli hisoblanadi. Xuddi shuningdek, fizika fani tufayli matematika sohasida
ham bir ne
cha yo‘nalishlar vujudga keldi (Masalan: nazariy mexanika, fizikaning
matematik usullari va h.k.).
Quyida biz matematikaning fizika
bilan aloqasini to‘lalikcha keltirish
imkoniyati bo‘lmasada, uning asosiy qo‘llanish sohalari to‘g‘risida to‘xtalamiz:
1) Arifmetik amallar va sonlarni ifodalash: Sonlarni k
10
n
tarzda ifodalash
orqali fizik kattaliklarni hisoblashni osonlashtiradi.
2) Fizika qonunlari funksional bo
g‘lanishlar ko‘rinishda ifodalanadi.
Masalan: Matematikadagi y=kx; u=ax+b; y=ax
2
+bx funksiyalarga asoslanib S=v
t;
V=v
0
+at; S =v
0
t
at
2
/2 va h.k. kabi fizik munosabatlar yozish mumkin. Ushbu
funksiyalarning grafigi asosida fizik jarayonlarning dinamikasini, maxsus holatlarini
aniqlash imkoniyati tu
g‘iladi. Ba‘zan fizik jarayonlarni ifodalovchi munosabatlardan
qaysi kattalik funksiya, qaysisi argument ekanligini aniqlash muhim didaktik
Do'stlaringiz bilan baham: |