FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.
A. Yuksak ma‘naviyat – yеngilmas kuch. –Toshkеnt: ―Ma‘naviyat‖,
2008.
2.
Boshlang`ich ta'lim konsеpsiyasi// ―Boshlang‘ich ta'lim, 1998 -yil, 6 –son.
3. Yoqubov
Sh.Mustafoqulov.R
Grammatik
o`yinlar
orqali
o`quvchilarni
faollashtirish// Yigirma birinchi asrda o`zbek tili ta`limi masalalari.-T.: Alisher
Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.2007.
«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
66
Ruzimatova Gulzoda Sharipovna, Razzoqova Sunbul Shermat qizi
(Xorazm, O`zbekiston)
MAKTABGACHA TA`LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI
Аннотация
: Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda
kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
Калит сўзлар
: maktabgacha ta`lim, kitobxonlik, badiiy adabiyot, bolalar
adabiyoti.
Аннотация
:
В этой статье описывается особенности культуры
чтения детей дошкольного возраста.
Ключевые слова
: дошкольное образование, чтение, художественная
литература, детская литература.
Abstract
: This article is describes the features of reading culture in pre-
school children.
Key words
: preschool education, reading, artistic literature, children`s
literature.
Barkamol avlodni tarbiyalash mustaqil O‘zbеkistonimiz oldida turgan eng
muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Bu masala «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunda ham,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida ta'kidlangan. Ma`lumki, barkamol
avlod tarbiyasida so‘z san'ati va tarbiya vositasi hisoblangan badiiy adabiyot,
ayniqsa, bolalar adabiyoti katta rol o‘ynaydi.
Jamiyatimizda aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini
boyituvchi vosita hisoblagan kitobxonlik masalasiga yondashuv turli davrlarda
turlicha bo‗lgan. Har bir davrning o‗z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi
belgilangan. Har qanday davlatning kuch-
qudrati o‗z fuqarolarining ongliligi bilan
belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e'tibor berilgan.
Borliqni anglash, bilim berish bilan birga ezgulikka muhabbat uyg'otish, yovuzlikdan
nafratlanish tuyg'usini paydo qiluvchi kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati
ma'naviy taraqqiyotidagi beqiyos o'rni azaldan ma'lum. Kitobxonlik haqida gap
ketganda, nemis mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir:
«Kitobxonlikka o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur
qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag'ishladim, lekin hali ham
o'rgandim, deb ayta olmayman». Professor V. F. Asmus o'zining «Kitobxonlik -
mehnat va ijod» nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta'rif beradi: «Mutolaa
vaqtida asar bir ko'zadan ikkinchi ko'zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga
quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi». Kitobxonlik - bu
insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo‗nalishga burib yuborish, ongida
ma'lum tuyg‘ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o'ylashga, hayotda
qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy,
estetik, badiiy, fuqarolik nuqtayi nazarini bilib olish, uning ma'naviy o'gitlarini ilg'ab
olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga
kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik to‘ish, ma'naviy dunyosini boyitishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |