«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 5(39) PART 1
ISBN 978-83-949403-3-1
150
6)
shikastlanish va kasalliklar kelib chiqqanida dastlabki - 1 (birinchi) tibbiy yordam
ko‘satish;
7)
davolashni, zarur hollarda dispanserlar va umumtarmoqli davolash muassasalarida
tashkil qilish.
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra va akademik
Yu.P.Litsisinning
olib borgan tadqiqotlariga binoan inson sihat-salomatligi, ya’ni sog‘ligi
quyidagi omillarga bog'liq:
1)
sog‘lom turmush tarzi – 55%;
2)
nasl-nasab-irsiy - 18%;
3)
atrof-muhit sharoitlari - 17%;
4)
sog'liqni saqlash uchun tadbirlar- 10%.
Butunlay sihat-salomatlikda organizm a’zolari faoliyatining o‘zgarib turishi kuzatiladi.
Ma'lum sharoitlarga ko‘ra bu ko‘rinishlar, keng doirada bir kuchayib, bir pasayib o‘zgarib turishi
mumkin. Fiziologlarni ma’lumotlariga ko‘ra, organizm har bir a’zosida kattagina zahiraviy
imkoniyatlar mavjud. Shunga e’tiboran, sog‘lom tana va uning ayrim a’zolari hamda tizimlari
boshqarilish yo‘li bilan o‘z faoliyatini keng ko‘lamda o‘zgartirishlari mumkin.
Sport tibbiyotining qonuniyatiga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi
odamlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish:
dastlabki, takroriy, qo‘shimcha
turlarga bo‘linadi:
Dastlabki nazorat
- ya’ni birinchi marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanishga ruxsat etish - etmaslik masalasi hal qilinadi va tekshiriluvchini
salomatligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
Tibbiy ko'rik umumklinik tekshiruvi asosida olib boriladi. So‘rab - surishtirish (anamnez),
ko‘zdan kechirish, paypaslash (palpatsiya); perkussiya, auskultatsiya va asbob uskunalar
yordamida tekshirish usullari qo‘llaniladi.
Bundan tashqari pasport ma’lumoti va sport anamnezi aniqlanadi. O‘quv trenirovka
jarayonini tashkil etish uchun organlarning funksional imkoniyatlarini va ish qobiliyatini
oshirish maqsadida maxsus sinamalar yordamida tekshiriladi.
Takroriy nazorat
ko‘rikda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda
shug‘ullanuvchilarning sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi va funksional holatida sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlar tekshiriladi. Takroriy tibbiy ko‘rik bir yilda bir marta o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha nazorat
tibbiy ko‘rik, asosan musobaqa o‘tkazishdan oldin, bevosita
sportchilarni musobaqalarda qatnashish masalasi ko‘rilayotganda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar quyidagi tibbiy guruhlarga ajratiladi:
asosiy,
tayyorlov
va
maxsus tibbiy
.
1. Asosiy guruh
- jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lgan sog‘lom yoki salomatligida
deyarli o‘zgarishlar bo‘lmagan shaxslar asosiy tibbiyot guruhlariga kiradi. Bu guruhdagilar
jismoniy tarbiyaning to‘la dasturini bajaradilar, sport bilan shug‘ullanishlari va musobaqalarda
qatnashishlari mumkin.
2. Tayyorlov guruhi
- sog‘ligida biroz salbiy o‘zgarishlar bo‘lgan jismoniy rivojlanish va
jismoniy tayyorgarlikdan orqada qolayotgan shug‘ullanuvchilar kiradi. Ularga sport bilan
shug‘ullanish qat’iyan man etiladi, jismoniy tarbiya normativlarini topshirish muddati
uzaytiriladi, o‘quv mashg‘ulotlari soni ham cheklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |