Aktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash shakli maqsad va vazifalari maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi kattalar va tengdoshlari bilan muloqatning o`rni



Download 190,5 Kb.
bet5/6
Sana10.07.2022
Hajmi190,5 Kb.
#769987
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yoqubjonova Munisa Kurs ishi

2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi kattalar va tengdoshlari bilan muloqatning o`rni.
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga kola, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin: birinchi davr — bu 3—4 yosh oraliglda bolib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bogliqdir; ikkinchi davr — bu 4—5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish; uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Maktabgacha yosh davridagi bolalarning kattalar bilan muloqoti ularda nutqning rivojlanishi hisobiga chuqurlashadi. М.I.Lisina maktabgacha yoshdagi bolani kattalar bilan muloqotining vaziyatdan tashqari xarakterini ta’kidlab, uning. Bola 3—4 yoshga to‘lganida hamkorlik o‘rniga muloqotning bilish shakli shakllanadi. Vaziyatdan tashqari bilish muloqoti shakllanadi. Muloqotning bu shaklida yetakchi motiv — bilishdir. Bunda kattalar bilan hamkorlik qilib tevarak-atrof bilan tanishadi, kattalar bilan «nazariy hamkorlik» jarayoni amalga oshadi. Bola hayvonlar, narsalar, planetalar, nimadan yasalganligi haqida juda ko‘p «Nima uchun?» degan savollar beradi. Kattalar bola tomonidan bilim manbayi sifatida idrok qilinadi, savollariga va o'ziga jiddiy munosabatda bo'lishni, hurmatni talab qiladi. Bu ehtiyojning muhimligi shundaki, bu yoshdagi bolalarga xos bo'lgan tez xafa bo'luvchanlikda namoyon bo'ladi. Bola 6—7 yoshga to'lganda muloqotning oliy shakli — vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqotga o'tiladi. Bunda bola kattalarga oila haqida, qayerda ishlashi, nima ish qilishi haqida savollar bera boshlaydi. Endi kattalar bola uchun ijtimoiy bilish manbayi sifatida namoyon bo'ladi. Bolaning kattalar bilan muloqoti hamdardlik, o'zaro bir-birini tushunish, qarashlarning umumiyligiga intilish kabilar bilan chuqurlashadi. Uch yoshda bolada tengdoshlari bilan muloqotda emotsiyalar, ifodali qarashlardan foydalanadi. 3—4 yoshli bola uchun tengdoshi birgalikdagi amaliy faoliyatning ishtirokchisiga aylanadi, uning individual xarakterologik xislatlarini sherigi payqamaydi. 4 yoshda tengdoshi muloqot sherigiga aylanadi. 4—5 yoshda sherigini o'zi bilan teng mavjudot sifatida ko'rib o'zini u bilan taqqoslaydi. 5—7 yoshga kelib tengdoshi bolaning ko'z o'ngida individuallikka aylanadi, u bola uchun muhim suhbatdoshga aylanadi, muloqotning ko'pchilik ko'rsatkichlari bo'yicha kattalardan o'zib ketadi. Bola o'zini va tengdoshini bir butun shaxs sifatida idrok qiladi, unga shaxsiy munosabat bildiradi. S.A.Axundjanova tomonidan «Maktabgacha yoshdagi bolaning turli muloqot vaziyatlarida nutqi funksiyalari va shakllari xususiyatlari» mavzuidagi tadqiqotida aniqlanishicha, bu yosh davrida nutq shakllarining rivojlanishida sujetli-rolli o‘yinlar jarayonida muloqot bilan birgalikda tengdoshlari bilan mahsuldor faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi1. Bunday faoliyat turlari maqsadga yo‘nalganligi, ma’lum darajada ixtiyoriylikni talab qiladi. Bajarilayotgan harakatlarning mazmunini va harakat predmeti tavsifini nutqda mos aks ettirish uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblanadi. E.Z.Usmanova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan «Maktabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini modellashtirish faoliyatining tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi» mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilgan2. B.B.Nurullayevaning tadqiqotida aniqlanishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning modellashtiruvchi faoliyati bu yosh davri uchun xos bo‘lgan faoliyat bo‘lib, unda bolalarning intellektual imkoniyatlari to‘liq namoyon boladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan muloqot tafakkurning modellashtiruvchi faoliyatini o‘zlashtirishning asosiy shartidir. Modellashtirish vazifalarini birgalikda hal qilish tashqi predmetli faoliyatning ichki rejaga o‘tishiga imkon tug‘diradi. Bola tengdoshini modellashtirishga o‘rgatib, ushbu faoliyatni egallashning sifat jihatidan yangi darajasiga o‘tadi, diadada o‘zaro ta’sir qilish sheriklarning o‘zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. SHaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta –sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egalash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish motivlari qo‘shiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiy qiziquvchanligi o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini ko‘rsatish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi
Kichik va o‘rta maktabgacha yoshda bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan bolalarning kattalar harakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. SHu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan –iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy hususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta MTM yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda o‘rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota –onalari xaqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoli, asosan, ularning turli-tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Birok, shu narsa diqqatga sazovorki, agar maktabgacha yoshdagi bolalarda hayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning hayoli ham xilma-xil bo‘lmas edi. M Maktabgacha yoshdagi bolalar hayolining o‘sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar xayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat yuzaga keladi
Maktabgacha yoshdagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuygular g‘oyat kuchli va juda tez namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning his- tuygulari ular organik ehtiyojlarining kondirilishi va kondirilmasligi bilan bog‘likdir. Bu ehtiyojlarning kondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yokimsiz), norozilik, iztiroblanish tuygularini qo‘zg‘aydi. Katta maktabgacha yoshidagi bolalarda burch hissi – nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan ahloqiy tasavvurlari o‘rtasida bog‘liklik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg‘ulari paydo bo‘lsa, biron tartib qoidani buzib qo‘yganlarida xafalik, ta’bi xiralik hissi tug‘iladi

XULOSA

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z milliy qadriyatlarini tiklash yo‘lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobitqadamlik bilan ish olib bormoqda. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan boshlamoq kerak


Shunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida murg‘ak qalblarga ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan voqeahodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim
Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zahiralarining tez ortishiga olib keladi.Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar, va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid qiladilar.

Ma’lumki, bolaning yoshi ulgayib mustakil xarakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyokarashi kengayib boradi. Bogcha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bulishiga intiladi. Bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi ham etmaydigan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bulishga intiladi. Birok tabiiyki bola uzidagi bunday extiyojlarning birontasini xam xakikiy yul bilan kondira olmaydi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiejlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasidagi karama - karshilik yuzaga keladi.


Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab chikarishga karatilgan faoliyat emas. SHuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas balki shu o‘yin jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir.



Download 190,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish